BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.51K subscribers
18K photos
4.88K videos
1.51K files
4.64K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
Download Telegram
​​🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲

Buxoro davlat universitetining har sohada ilg'or, shijoatli talabalari!
Yangi mega loyihani e'tiboringizga taqdim qilamiz!
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Kumush qishning betakror manzaralari sizni zavqlantiryaptimi?

Unda ushbu tanlov siz uchun!⬇️⬇️

Qish fasli va yangi yil bayrami haqida o'zingizning hech kimnikiga o'xshamaydigan fikrlaringiz muhrlangan ijodiy ishlaringizni 📝
@ShaxloAzamatovna telegram manziliga yuboring va tanlov ishtirokchisiga aylaning!

❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️

#eng_yaxshi_esse
#ism_familiya
#fakultet ko'rinishida 5ta screenshot bilan yuborishingiz talab qilinadi!

🌲❄️🎄❄️🌲❄️🎄❄️🌲❄️🎄❄️🌲

Tanlov g'oliblari -
eng yaxshi ijodiy ish mualliflari hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi.

📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌
Boshqa tanlovlardan farqli ravishda bu tanlovda kuchli 3 lik emas.
Eng yaxshi 10 talik aniqlanadi.‼️

Barcha g'oliblar diplomlar bilan taqdirlanadi.Kuchli 3 lik esdalik sovg'alari bilan mukofotlanadi!

🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊
Shoshiling qabul 19-dekabr sanasidan 29-dekabr 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉

Har biringiz iste'dodli va iqtidorlisiz!O'zingizni sinab ko'ring va yangi qobiliyatingizni kashf eting!Olg'a!


@Buxdu_5tashabbus
Kumush qish-yilning eng ajoyib fasllaridan biri. Atrofdagi hamma narsani qor qoplaydi. Mana o‘lkamizga qish fasli ham kirib keldi. Kunlar qisqarib bormoqda. Biz bo‘lsa qor yog‘ishini intiqlik bilan kutyapmiz lekin hali qordan darak yo‘q. Qish faslida yilning ajoyib bayramlaridan biri, hamma intiqlik bilan kutadigan bayrami--YANGI YILni nishonlaymiz.
Mana 2021-yil ham o‘z nihoyasiga yetib kelmoqda. 2021-yil ham esda qolarli yillardan biri bo‘ldi. Hammada har xil taassurot qoldirdi. Hammadan ham ko‘proq 2021-yil talabalik baxtiga muyassar bo‘lganlar uchun juda ajoyib yil bo‘ldi. Yana kimdir esa bu baxtdan mosuvo bo‘ldi.
2022-yil yangi yilimiz ham hammamiz uchun baxtli, omadli yillardan biri bo‘lsin.
HAMMANI YAQINLASHIB KELAYOTGAN 2022-YIL BILAN CHIN QALBIMDAN TABRIKLAYMAN.

🎄
#5_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

#Mehmonova_Mohidil
#Tabiiy_fanlar_fakulteti

@Buxdu_5tashabbus
Qish.

Har bir faslning o'ziga yarasha ko'rki, diltortar betakrorligi bo'ladi. Qish fasli haqida so'zlar ekanmiz, avvalo ko'z oldimizga oppoq qor keladi...Albatta, qorsiz qish, qish emas...
Qish... Qor... bolaligimning takrorlanmas damlari yodimga tushdi... beg'ubor bolaligim... sho'x qiyqiriqlar... bolalarning shodon tabassumi...qorbo'ronlar va... qorbobo yasashga urinib, bir amallab yasab bo'lgach qo'llarim sovqotib qolgani keyin yasagan qorbobomga qarab baqirib yig'laganlarim... barcha barchasi xuddi kechagidek ko'z oldimda turibdi. Balki bu damlar sizlarga ham tanishdir... balki, siz ham bu xotiralarim orqali, unitilmas bolalik damlaringizning shirin xayolotida bir dam yashab ko'rgandirsiz...
Xa, bu damlar oppoq qor ustiga chizilgan nafis bahor gullariday betakror...

🎄
#6_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

#Eshqulova_Gulhayo
#maktabgacha_va_boshlang'ich_ta'lim_fakulteti_14-5BT_20 guruh_talabasi.

@Buxdu_5tashabbus
Meni oshiq etgan fasl.

Fasl oʻzgaruvchanlik ifodasi.
Insonlarni oʻzgaruvchan tabiatiga monand o'zgaruvchi ketma-ketlik.
Inson oʻz tabiatidan kelib chiqib biror faslni sevadi.
Tanasiga, qalbiga, ruhiga orom beruvchi ketma-ketlikni izlaydi. Ushbu moʻjizalarni oʻzida jamlagan faslida qalbi orom topadi.
Mening bu adabiyotga oshiq qalbim esa bahorning yomgʻiri-yu betakror gullariga oshiq. Qishdan toliqib chiqqan yerlarga issiq mehr olib keladigan shoshqaloq yomgʻiriga oshiq. Toliqqan yer bagʻridan insonlar uchun otilib chiqadigan murgʻak maysalar-yu gullariga oshiq.
Sovuqning qahraton mehridan toliqqan yerlarga qaynoq mehr hadya qiladigan bahor fasli meni ham oʻziga mubtalo qilgan.
Sizni ham oʻz bagʻriga olib suygan oʻsha yomgʻir. Har safar yogʻganda shoshqaloqlik ila mehr ulashuvchi o'sha betakror tomchilar shaydosiman..
U endi ochilgan, endi hayotni koʻrgan ammo sevgi ulashib yer bag'riga oshiqqan o'sha jajji gulning xaridoriman.

Boshqa fasllarni yomon deya bilmayman. Ammo bahor faslini ulardan quyi qoʻya olmayman.
Menga erkinlikni hissini hadya etgan bu fasl singari qolganlar ham biror fasl shaydosi ekanligiga aminman.

Xo'sh, meni kuzatuvchi aziz kitobxon siz qaysi faslni xush koʻrasiz?

🎄
#7_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

Filologiya 6 11 rus20
Imomova Madina

@Buxdu_5tashabbus
O‘lkamizda kumush qish. Daraxtlar,yon-atrof ham uyquda. Ko‘kda erinibgina nur sochayotgan quyosh ham boshqacha,go‘yoki mayusgina jilmayiib turganday. Haa to‘g‘ri qish tinch - oppoqqina beg‘ubor fasl.Yilning sarhisob davri. Qish mo‘minning bahoridir.Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam bu faslning fazilati haqida:-,,Qish mo‘minning bahoridir, Kunduzi qisqa bo‘ladi ro‘za tutib oladi,kechasi uzun bo‘ladi tahajjudga turadi ‘‘ degan edilar.Mana nima uchun aynan kumush qishni yoqtiraman.
Qishni birinchi qor(garchi bizda kam yog‘gan bo‘lsa ham shukur bor🙂) va yangi yil bayramlarisiz tasvvur qilib bo‘lmaydi. Bir necha kun yog‘gan birinchi qor hammaga shodlik ulashdi. To‘g‘ri unchlik ko‘p yog‘madiyu insonlarni bir biriga mehr ulashishiga bir bahona bo‘ldi.Bir-biriga ulashilgan qorxatlar buning isbot dalilidir.Sharimizning har bir ko‘chalarida yangi yil shukuhi. Yangi yil kirib kelib eshik qoqishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bayram tarovati bar bir o‘zgachadaaa🙂Yaqinlar bilan bir dasturxon atrofida to‘planish, ayniqsa hammamizni qalbimizdan joy egallab ulgurgan ,,UYDA YO‘G‘IZ " filimi va boshqa bir qancha bayramona dasturlarni popkorin yeb tamosha qilish maroqli-aaaa to‘g‘rimi?😌😇 . 2022-yil barchamizga baxt-omad, quvonch olib kelsin. 🤲🤲Baxtdan o‘zmizga qasr qurib, poydevorini esa ishonchdan mustahkam qilaylik. Yangi yilni tabassum, dadillik, yangi g‘oya va orzular bilan qarshi olaylik.Faqat orzular armon bo‘lib qolmasin☝️☝️☝️Yangi yilni yangi orzular bilan boshlashlik barchamizga nasib qilsin☃️🥰⛄️

🎄
#8_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

🎄# Qurbonova Lobar
🎄# Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim fakulteti 14-2BTK-20 guruh talabasi

@Buxdu_5tashabbus
KUTILGAN BAYRAM

Yangi yil bu biz kutgan
eng katta bayram. Yangi yil degani bu hayotimizga yangi hayot kelganini anglatadi . Albatta yangi yilda orzularimiz yangilanadi va koʼpayadi. Har bir orzu albatta ushaladi, men bunga ishonaman. Orzularimizni bizlar sabr toqat bilan kutamiz, ular albatta roʼyobga oshadi, bizlar orzularimiz ushalgandan soʼng yana yangi orzu topamiz va uni ushalishini kutamiz va u albatta yangi yil bayramida ushaladi . Bolalar esa juda umid qilib kutsalar albatta ushaladi, chunki yangi yil bu orzular ushaladigan makon orzularsiz oʼtib ketmaydigan bayram. Chunki xamma xattoki kattalar xam orzu qiladilar, yangi yilda ushalganda esa ular juda xursand boladilar orzularsiz- yangi yil yoʼq, yangi yilsiz- orzular yoʼq.

Yangi yil.

Mana kirib kelmoqda, yana yangi yil,
Quvonchdan porlasin, sof boʻlsin koʻngil.
Archa bezagini niyat qilib il,
Niyatlar ezgusi -ushalar bilgil.

Yangi yil bezagi, boʻladi archa,
Qoʻgʻirchoqlar ilinib, taqilar zarcha.
Atrofida toʻplanib sheʼr aytar barcha,
Osmondan sochilar, yogʻib qor parcha.

Ikki ming yigirma ikki kirib kel tezroq,
Koʻngillar,orzular, sendayin oppoq.
Ezgulik gʻolibdir,gʻolibdir har yil,
Yaxshiliklar koʻpaysin,koʻpaysin bu yil.

Yangi yil bizlarga bagʻrini ochsin,
Qalblar ham quvonchga limmo-lim toʻlsin.
Niyat qilgan insonlar roʻyobin koʻrsin,
Barchangizga yangi yil muborak boʻlsin!!!

🎄
#9_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

#Yodgorova_Gulchehra
#Tarix va madaniy meros fakulteti talabasi.


@Buxdu_5tashabbus
Qishning ko’rki!!! 🌨️🌨️🌨️
Olam naqadar go’zal,
Ertakdaman shu mahal.
Osmonlardan yog’ar qor,
Atrofga sochib chiroy.
Qish mening
eng yoqtirgan faslim deyolmayman. Chunki har bir faslning o’z zahmati va tarovati bor. Men uchun har bir fasl qadrli va yoqimlidir. Bilasizmi, shunday insonlar borki, qishni, qorni yoqtiraman deyishadi-yu, sovuq va bo’ronli kunlarda: ”Uf! Zerikib ketdim;😌 Sovuq qotdim;😨 Internet yaxshi ishlamayapdi;😠Musqaymoq yegim kelyapdi;🍦Qaniydi, shu la’nati qish ⛈️tezroq o’tib ketsa-yu, yoz kelsa🏖️”- deyishadi. Yozda esa aksincha…🙃
Qish- mo’jizali fasl! Qishdagi sokinlik, yog’duli tunlar, laylak qor-u qiziqarli ertaklar men uchun ajoyibdir. Ammo bu hammasi emas. “Yangi yil” bazmi qishning asosiy ko’rkidir🌲🌲🌲. Kelinglar,bir tasavvur qilib ko’raylik… Siz issiqqina uyingizda,🌃oila a’zolaringiz bilan mashhur bola ,KEVIN🙋, qatnashgan filmni tomosha qilyapsiz. Bu orada Coca cola reklamasi bo’ldi. Siz deraza tomon yurdinggiz va oynadagi muzli naqshlarga ko’ziz tushdi. Jilmayib qo’ydinggiz. Derazani ochib, oppoq qorga burkangan atrofga nazar soldinggiz. Ko’kdan haliyam laylak qor tushmoqda.❄️❄️❄️ Osmonga qaradinggiz. Samoning rangi oq, binafsha va ko’k ranglarining qorishig’idan hosil bo’gandek. To’yib nafas oldinggiz va yana hayratlandinggiz!
Xulosa qiladigan bo’lsak, qishdagi hodisalar va oppoq laylak qorlar hayratlanishimizga sababchidir. Xona o’rtasidagi jimjimador bezaklar bilan bezatilgan katta archa🌲🌲🌲, soat 12:00 da bong urganida osmonni yoritib, insonda ajib hislarni uyg’otuvchi salyutlar🎆🎇🎆🎇 bazmi kishilarni zavqlantiradi, menimcha!!!

🎄
#10_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

6-3 Uzb-20- guruh talabasi Fayzullayeva Nilufar


@Buxdu_5tashabbus
​​🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲🎄🌲

Buxoro davlat universitetining har sohada ilg'or, shijoatli talabalari!
Yangi mega loyihani e'tiboringizga taqdim qilamiz!
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
Kumush qishning betakror manzaralari sizni zavqlantiryaptimi?

Unda ushbu tanlov siz uchun!⬇️⬇️

Qish fasli va yangi yil bayrami haqida o'zingizning hech kimnikiga o'xshamaydigan fikrlaringiz muhrlangan ijodiy ishlaringizni 📝
@ShaxloAzamatovna telegram manziliga yuboring va tanlov ishtirokchisiga aylaning!

❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️

#eng_yaxshi_esse
#ism_familiya
#fakultet ko'rinishida 5ta screenshot bilan yuborishingiz talab qilinadi!

🌲❄️🎄❄️🌲❄️🎄❄️🌲❄️🎄❄️🌲

Tanlov g'oliblari -
eng yaxshi ijodiy ish mualliflari hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi.

📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌📌
Boshqa tanlovlardan farqli ravishda bu tanlovda kuchli 3 lik emas.
Eng yaxshi 10 talik aniqlanadi.‼️

Barcha g'oliblar diplomlar bilan taqdirlanadi.Kuchli 3 lik esdalik sovg'alari bilan mukofotlanadi!

🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊
Shoshiling qabul 19-dekabr sanasidan 29-dekabr 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉

Har biringiz iste'dodli va iqtidorlisiz!O'zingizni sinab ko'ring va yangi qobiliyatingizni kashf eting!Olg'a!


@Buxdu_5tashabbus
🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄🎄Xush kelding Yangi yil!!!
❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️❄️

Yangi yil bu barchamiz orziqib kutadigan bayram. Archa bezatishni haligacha yaxshi ko‘raman. Yangi yil kelsa hamma ishni o‘zim qilib, tashkillashtirib yuraman. Esimda bir yili maktabimizda karnaval bo‘lgan edi. O‘shanda shamollab bora olmagan edim. Rosa alam qilgan edi.
Bizning maktab ihod maktabi bo‘lgani uchunmi rosa ko‘p san‘atkorlar kelgandi. Ana o‘shanda muzday gazli ichimlik ichib, tomog‘im og‘rib qolgan edi. O‘sha kuni yangi yilda hech qachon muzdek narsa ichmayman deb o‘zimga so‘z bergan edim.
Men asli ijodkorman. Yangi yilga atab she‘r ham yozganman. Qani bir baholang-chi!
☃️☃️☃️☃️☃️☃️☃️☃️☃️

Soat chiqqilar hech to‘xtovsiz,
Ko‘chamizda zo‘r qor guppillar.
Uyimiz skunat tovushsiz,
O‘n ikkida yangi yil kelar.
🌨🌨🌨🌨🌨🌨🌨🌨🌨

Yangi yil kelar salomlashib,
Eski yil ketar xayrlashib.
Kutib olinglar ey, do‘atlarim,
Qo‘shiq aytamiz birgalashib.
🎅🎅🎅🎅🎅🎅🎅🎅🎅

Oila davrasida archa,
Yonida tilak aytar barcha!
Qorbobojon kelar "Xo-xo" lab,
Bir qop to‘la sovg‘a orqalab.
🦌🦌🦌🦌🦌🦌🦌🦌🦌🦌

She‘rim sizga yoqqan umiddaman. To‘g‘ri hayotdda qorbobo yo‘q lekin,
tilaklarimizni bajaruvchi ota-onamiz va Xudo bor.
Yangi yil ajoyib bayram. Undagi oliviye, mayda mandarin va boshqa noz- ne‘matlar... Voyey ishtaxam ochilib ketti. Qani endi tezroq yangi yil kirib kelsa. Oila davrasida o‘tirish mazada. Ularning mehri sovuq qorlarni eritib yuboradi!!!
AZIZLAR, QADIRDONLAR BARCHANGIZGA YANGI 2022-YIL MUBORAK BO‘LSIN! SIZLARGA BAXT, SOG‘IK TILAB QOLAMAN!

#11_ishtirokchi
#eng_yaxshi_esse
#Javohir_Keldiyorov
#Sirdaryo_viloyati_Oqoltin_tumani
Qish faslining birinchi bayrami "Birinchi qor ilk bor qor yog'ganda boshlangan" birinchi kuni "O'z vaqtida yoqqan qorning qadri bo'ladi" deyishadi.Darhaqiqat vaqtida yoki kuttirib yoqqan qor o'lkamizni oq libosga o'rab xalqimizga olam-olam quvonch olib keladi.Qor yoqqan kuni dalalarda qor otish bólib o'yin kulgu qilinadi.Qor sovuq bo'lsa ham, oq bo'lgani uchun e'zozlanadi.Qorboboning sovg'asi, Qor qiz tabrigi,Yangi yil archasi, insonlar bir-biriga ulashadigan sovg'alar,tabriklar paydo bo'ladi.Bolalarni ko'zlarida qorbo'ron o'ynash,kanki uchish kabi o'yinlarni juda sog'inib kutishganligi ko'rinib turadi.
Ushbu bayramda bizning ózbek oilalarida katta dasturhon tuzaladi, oila davrasida, ota-onalari,farzandlari bilan yoki qarindosh-urug'lari bilan birgalikda hursandchilik qiladilar.Shu bahona yaqinlardan xabar olinadi,bayram bilan tabriklab ko'ngillari olinadi.
Niyatimiz 2022- yilni ko'nglimizda kimgadir alam,nafrat bilan emas,balki quvnoq,xotirjam va omadli kutib olishdir.Yangi yil hammaga yangicha orzular va xayrli amallar bilan boshlashingizga tilakdoshman.

#12_ishtirokchi
🌲#eng_yaxshi_esse☃️

34IQT20 talabasi Jumayev Muxriddin
@Buxdu_5tashabbus