BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.43K subscribers
19K photos
5.07K videos
1.51K files
4.91K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus
https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Download Telegram
Meni oshiq etgan fasl.

Fasl oʻzgaruvchanlik ifodasi.
Insonlarni oʻzgaruvchan tabiatiga monand o'zgaruvchi ketma-ketlik.
Inson oʻz tabiatidan kelib chiqib biror faslni sevadi.
Tanasiga, qalbiga, ruhiga orom beruvchi ketma-ketlikni izlaydi. Ushbu moʻjizalarni oʻzida jamlagan faslida qalbi orom topadi.
Mening bu adabiyotga oshiq qalbim esa bahorning yomgʻiri-yu betakror gullariga oshiq. Qishdan toliqib chiqqan yerlarga issiq mehr olib keladigan shoshqaloq yomgʻiriga oshiq. Toliqqan yer bagʻridan insonlar uchun otilib chiqadigan murgʻak maysalar-yu gullariga oshiq.
Sovuqning qahraton mehridan toliqqan yerlarga qaynoq mehr hadya qiladigan bahor fasli meni ham oʻziga mubtalo qilgan.
Sizni ham oʻz bagʻriga olib suygan oʻsha yomgʻir. Har safar yogʻganda shoshqaloqlik ila mehr ulashuvchi o'sha betakror tomchilar shaydosiman..
U endi ochilgan, endi hayotni koʻrgan ammo sevgi ulashib yer bag'riga oshiqqan o'sha jajji gulning xaridoriman.

Boshqa fasllarni yomon deya bilmayman. Ammo bahor faslini ulardan quyi qoʻya olmayman.
Menga erkinlikni hissini hadya etgan bu fasl singari qolganlar ham biror fasl shaydosi ekanligiga aminman.

Xo'sh, meni kuzatuvchi aziz kitobxon siz qaysi faslni xush koʻrasiz?

🎄
#7_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

Filologiya 6 11 rus20
Imomova Madina

@Buxdu_5tashabbus