BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.43K subscribers
19K photos
5.07K videos
1.51K files
4.91K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus
https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Download Telegram
#tonggi_tavsiya

Kitob oʻqishning 7 foydali tomoni:

atrof-muhitni, dunyoni va oʻzingizni anglashga yordamlashadi;

yodda saqlash va oʻylash qobiliyatini rivojlantiradi. Yaʼni, koʻp kitob oʻqigan odamning yodda tutish darajasi yaxshi, tez oʻylab, tez xulosa chiqaradigan boʻladi;

talqin qilish, analiz yasashga va shaxsiy fikrning shakllanishiga yoʻnaltiradi;

koʻpgina yutuq va muvaffaqiyatlarga asos boʻladi;

odamlar bilan toʻgʻri muomala qilishga oʻrgatib, toʻgʻri gapirishni shakllantiradi;

soʻz boyligini va savodxonlik darajasini oshiradi;

odamdagi yashirinib yotgan ijodiy qobiliyatni yuzaga chiqaradi.
#Қалб_гавҳари

Тақдиримни мен танламадим.
Уни менга Раббим инъом этди.


Жалолиддин Румий
#Ҳикмат

Бир оқил зотдан сўрашибди:

– Коинотдан оғирроқ нима бор?
– Ердан кенгроқ нима бор?
– Денгиздан бойроқ нима бор?
– Тошдан қаттиқроқ нима бор?
– Оловдан даҳшатлироқ нима бор?
– Муздан совуқроқ нима бор?
– Заҳардан аччиқроқ нима бор?

У жавоб берибди:

– Одамларни ноҳақ айблаш коинотдан оғирроқдир.
– Ҳақиқат ердан ҳам кенгроқдир.
– Шукрли банда денгиздан ҳам бойроқдир.
– Мунофиқнинг юраги тошданда қаттиқроқдир.
– Золим ҳукмдор оловдан ҳам даҳшатлироқдир.
– Миннатчига муҳтож бўлмоқ музданда совуқроқдир.
– Ҳасад тўла қалб заҳарданда аччиқроқдир.
⚡️ DXX akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.