BESH TASHABBUS | BIZ BILAN BIRGA BO‘LING
1.38K subscribers
19.8K photos
5.21K videos
1.51K files
5.08K links
@buxdu_5_tashabbus_bot - ijodiy ish yuborish, savol va murojatlar uchun
@buxdu_5_tashabbus- расмий гуруҳ
@buxdu_5tashabbus - расмий канал
https://www.facebook.com/buxdudabeshtashabbus
https://youtube.com/@buxdubeshtashabbus5584
Download Telegram
O‘lkamizda kumush qish. Daraxtlar,yon-atrof ham uyquda. Ko‘kda erinibgina nur sochayotgan quyosh ham boshqacha,go‘yoki mayusgina jilmayiib turganday. Haa to‘g‘ri qish tinch - oppoqqina beg‘ubor fasl.Yilning sarhisob davri. Qish mo‘minning bahoridir.Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam bu faslning fazilati haqida:-,,Qish mo‘minning bahoridir, Kunduzi qisqa bo‘ladi ro‘za tutib oladi,kechasi uzun bo‘ladi tahajjudga turadi ‘‘ degan edilar.Mana nima uchun aynan kumush qishni yoqtiraman.
Qishni birinchi qor(garchi bizda kam yog‘gan bo‘lsa ham shukur bor🙂) va yangi yil bayramlarisiz tasvvur qilib bo‘lmaydi. Bir necha kun yog‘gan birinchi qor hammaga shodlik ulashdi. To‘g‘ri unchlik ko‘p yog‘madiyu insonlarni bir biriga mehr ulashishiga bir bahona bo‘ldi.Bir-biriga ulashilgan qorxatlar buning isbot dalilidir.Sharimizning har bir ko‘chalarida yangi yil shukuhi. Yangi yil kirib kelib eshik qoqishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Bayram tarovati bar bir o‘zgachadaaa🙂Yaqinlar bilan bir dasturxon atrofida to‘planish, ayniqsa hammamizni qalbimizdan joy egallab ulgurgan ,,UYDA YO‘G‘IZ " filimi va boshqa bir qancha bayramona dasturlarni popkorin yeb tamosha qilish maroqli-aaaa to‘g‘rimi?😌😇 . 2022-yil barchamizga baxt-omad, quvonch olib kelsin. 🤲🤲Baxtdan o‘zmizga qasr qurib, poydevorini esa ishonchdan mustahkam qilaylik. Yangi yilni tabassum, dadillik, yangi g‘oya va orzular bilan qarshi olaylik.Faqat orzular armon bo‘lib qolmasin☝️☝️☝️Yangi yilni yangi orzular bilan boshlashlik barchamizga nasib qilsin☃️🥰⛄️

🎄
#8_ishtirokchi❄️
🌲
#eng_yaxshi_esse ☃️

🎄# Qurbonova Lobar
🎄# Maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim fakulteti 14-2BTK-20 guruh talabasi

@Buxdu_5tashabbus