Surxondaryo viloyati hokimligi
25.1K subscribers
29.5K photos
2.93K videos
1 file
13.1K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Hunan Industrial Equipment Installation Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda M41 “Bishkek—Dushanbe—Termiz” avtomobil yo‘liga parallel yo‘nalishda 171 kilometr uzunlikdagi, barcha zamonaviy sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan pulli avtomagistral qurish loyihasi muhokama qilindi. Muzokaralar davomida yo‘l qurilishining ekologik va iqtisodiy jihatlariga, xususan, turar joylar va daraxtlar ko‘chirilishini minimal darajaga tushirish, loyihaning tabiatga ta’sirini imkon qadar kamaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yakunda mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihani takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, “Hunan Industrial Equipment Installation Co., Ltd” Xitoyning yirik kompaniyalaridan birib bo‘lib, o‘zining 66 yillik faoliyati davomida 40 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi yuqori sifatli pulli yo‘llarni qurgan.

#Surxondaryo  #Xitoy  #pulliavtomagistral  #loyiha  #muzokara

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢 Muzrabot tumani aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 11-may kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Muzrabot tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishi, tuman markazini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, Termiz tumani Ayritom mahallasida 54 gektar maydonda joylashgan “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”da qurilayotgan loyihalar, Qahramon mahallasi hududida “Janub Surxon eksport” MChJ tomonidan faoliyatsiz issiqxonani tiklash, mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2040

#Surxondaryo #YangiUzbekiston #turarjoylar #EIZ #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jarqo‘rg‘onda "Yangi O‘zbekiston" massivi, Termiz tumanida sanoat zonasi loyihalari va issiqxona, Muzrabotda qishloq xo‘jaligi ishlari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida videokonferensaloqa orqali migratsiyadagi fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek, Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha taqdimotlar hamda Qiziriq tumani Xalqobod mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2041

#Surxondaryo #migratsiya #uchrashuv #taqdimotlar #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X