Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida 24,5 gektar, Termiz tumanida 28,5 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.

Mas’ullar, qurilish-pudrat korxonalari vakillarining axboroti tinglanib, turar-joylar va ijtimoiy soha obyektlari qurilishida zamonaviy, energiyatejamkor qurilish materiallaridan keng foydalanish, ishlarni jadallashtirish, ko‘p yillik loyihaning joriy yilga mo‘ljallangan bosiqichini muddatida yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumanida 100 gektar maydonda tashkil etilayotgan limonchilik issiqxonasi loyihasi bilan ham tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/1947

#Surxondaryo #YangiUzbekiston #massiv #limonchilik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida turar joylar, ijtimoiy soha obyektlari va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining qurilishi, tuman markazini obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, Termiz tumani Ayritom mahallasida 54 gektar maydonda joylashgan “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”da qurilayotgan loyihalar, Qahramon mahallasi hududida “Janub Surxon eksport” MChJ tomonidan faoliyatsiz issiqxonani tiklash, mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2040

#Surxondaryo #YangiUzbekiston #turarjoylar #EIZ #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida "Yangi O‘zbekiston" massividagi turar joylar qurilishi bilan tanishib, mas’ullarga qator vazifalarni belgilab bergan edi.

Kunning ikkinchi yarmida ushbu topshiriqlar ijrosi bo‘yicha boshlangan ishlar holati o‘rganildi. Mas’ullar amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berishib, ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash hamda markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish tadbirlarini olib borish yuzasidan taqdimot qilishdi.

Mutasaddilarga ishlarni tizimli tashkil etish hamda jadallashtirish vazifasi topshirildi.

#Surxondaryo #YangiUzbekiston #ijro #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X