Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
28.7K photos
2.85K videos
1 file
12.9K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qiziriq tumaniga tashrif: Migratsiyadagilar bilan onlayn muloqot, loyihalar taqdimoti va "Sayxunobod tajribasi" asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishuv

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Aholiga ichimlik suvini yetkazib berishda yaratilayotgan qulayliklar

“To‘palang” suv omboridan Surxondaryoning 11 ta tumani va Termiz shahridagi 1 mln 700 ming aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi mega loyiha amalga oshirilmoqda.

Hozirda loyihaning birinchi bosqichi ishga tushirilgan bo‘lib, vohaning to‘rtta hududi aholisiga ichimlik suvi yetkazib berish ishlari boshlangan.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 Diqqat e’lon: Tanlovda ishtirok etib, mahallangizda sport maydonchasi qurilishi tashabbusini yutib oling!

O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda.

Sport maydonchalari ovoz berish yo‘li bilan g‘olib bo‘lgan mahallalarga qurib beriladi.

❗️Ovozlar joriy yil 10-may tashabbus.sport.uz sayti orqali qabul qilish boshlangan.

Siz ham o‘z mahallangizni tanlang va quyidagi havola orqali ovoz berib, mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi qurilishi tashabbbusini yutib oling!

https://tashabbus.sport.uz/vote

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
UzA | Prezident topshirig‘i – amalda: Hokim mehnat migrantlari bilan onlayn muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida mahallalarda bandlikni ta’minlash va mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish, bandligini ta’minlash hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratish kabi masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgandi.

Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Qiziriqda bo‘lib, tumandan xorijga chiqib mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida ularning ota-onalari ham ishtirok etdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/597790

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumanining Guliston va Kushon mahallalarida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash va turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi hamda maishiy xizmat ko‘rsatish markazi foydalanishga topshirildi. Tuman markazida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2042

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #tomorqachilik #issiqxona

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sho‘rchida aholi bandligini ta'minlash, daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Termiz shahri bo‘ylab infratuzilmani yaxshilash, turar joylar va yo‘llar qurilishi, ko‘chalarni obodonlashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, “Surxondaryo” daryosi yoqalarini obodonlashtirish, tozalash ishlari hamda Termiz tumanidagi avtomagistral yo‘llari bo‘ylab obodonlashtirish ishlari, loyihalar qurilishining holati ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2043

#Surxondaryo #infratuzilma #qurilish #taqdimot #daryo #avtomagistral #obodonlashtirish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X