Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
“So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar e’lon qilindi

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilingan tavsiyalarda bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 gacha faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilishi ma’lum qilingan.

Shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran, kafelar va xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli pul mablag‘larini yig‘ish;

bitiruv tadbirlarida o‘quvchilardan qimmatbaho sovg‘alar uchun pul yig‘ish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish;

o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
📹 Xalq deputatlari viloyat Kengashining sakson oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda

Sessiya ishida o‘n sakkizta masala ko‘rib chiqilishi belgilangan.

❗️ Sessiya ishini Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining You Tube platformasidagi rasmiy sahifasi hamda viloyat televideniesining jonli efiri orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.

Jonli efirni tomosha qilish uchun havola:
📎 https://www.youtube.com/live/bcoRKyVOlIU?si=hgN3wn1bGJ-CaSjh

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qiziriq tumani paxta zavodida videokonfrensaloqa shaklida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi oldidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Markaziy va hududiy studiyalardan sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari hamda klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishdi.

Vohamizda 2024-yil hosili uchun 89 325 gektar maydonda g‘alla ekilgan bo‘lib, hosilni qisqa muddatda nes-nobut qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish uchun 127 ta otryad shakillantirilgan, 282 ta kombayn, 1 275 ta tashish texnikalari, 130 ta traktor tirkamalari, 127 ta ko‘chma ustaxona va 81 ta yoqilg‘i tashish texnikalari shay holatga keltirilgan.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2051

#Surxondaryo #galla2024 #seminar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun viloyat rahbari hududlarga tashrifi davomida Sherobod tumanida ham bo‘lib, “Pomir agroklaster” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilik kompleksi qurilishi bilan tanishdi.

Umumiy qiymati 392 mlrd so‘m bo‘lgan, 175 ta doimiy ish o‘rni yaratiladigan loyiha doirasida 5 ming bosh zotdor qoramollarni parvarishlash kompleksi va yiliga 30 ming tonna sutni qayta ishlash zavodi qurilmoqda.

Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbatda qurilish ishlarini jadallashtirish uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ta’kidlab, doimiy ish o‘rinlari yaratish hamda aholini go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qoplashda muhim bo‘lgan loyihani muddatida ishga tushirish lozimligini qayd etdi.

Shuningdek, mas’ullarga hudud atrofida infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘alla o‘rim-yig‘imi oldidan seminar o‘tkazildi va yirik chorvachilik kompleksi qurilishi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng Termiz shahridagi Yangi O‘zbekiston, Islom Karimov, Fidokorlar, Alisher Navoiy, Istiqlol, Ibn Sino ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yashil hududlar, daraxt va gul ko‘chatlarining sug‘orilishi, avtomobil yo‘li va piyodalar yo‘lagi qurilishi jarayonlari bilan tanishdi.

Xususan, shahardagi 300 o‘rinli tibbiyot klasteri hamda harbiy gospitalida olib borilayotgan ishlar, tibbiyot maskanlarini jihozlash, atrofini tartibga keltirish, yashil hududlarni barpo etish ishlari holati o‘rganildi.

Shuningdek, viloyat rahbari Termiz tumanidagi avtomagistral yo‘llarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.

Tashrif yakunida mas’ullarga o‘rganilgan hududlardagi kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘chalarni obod va toza saqlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X