Surxondaryo viloyati hokimligi
24.9K subscribers
30.9K photos
3.07K videos
1 file
13.6K links
Surxondaryo viloyati hokimligi

Web site: http://surxondaryo.uz/

Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088

Elektron pochta: gov@surxondaryo.uz

Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy.

@surxondaryouz_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Vengriyaning “Agrometal” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Oleg Volovikni qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda “Agro Processing Group” MChJ ta’sischisi Ramazon Po‘latov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Vengriya kompaniyasi tomonidan Surxondaryoda qator loyihalarni amalga oshirish takliflari bildirildi. Xususan, Arundo (Gigant qamish) o‘simligini yetishtirish, undan yoqilg‘i, chorva mollariga ozuqa hamda cho‘llanishlarni oldini olish maqsadlarida foydalanish, echki junini qayta ishlash, granulalar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan suvlarni tozalash hamda cho‘l o‘simliklarini ekish loyihalari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Muzrabot tumanida kompaniya bilan hamkorlikda “Pomir agro klaster” MChJ tomonidan qurilayotgan sut mahsulotlarini qayta ishlash loyihasini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Viloyat rahbari muhokama yakunida bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlab, mas’ullarga kompaniya bilan hamkorlikda ishlarni boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

#Surxondaryo #Vengriya #muzokara

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Hunan Industrial Equipment Installation Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda M41 “Bishkek—Dushanbe—Termiz” avtomobil yo‘liga parallel yo‘nalishda 171 kilometr uzunlikdagi, barcha zamonaviy sharoit va qulayliklarga ega bo‘lgan pulli avtomagistral qurish loyihasi muhokama qilindi. Muzokaralar davomida yo‘l qurilishining ekologik va iqtisodiy jihatlariga, xususan, turar joylar va daraxtlar ko‘chirilishini minimal darajaga tushirish, loyihaning tabiatga ta’sirini imkon qadar kamaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yakunda mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihani takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlar kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, “Hunan Industrial Equipment Installation Co., Ltd” Xitoyning yirik kompaniyalaridan birib bo‘lib, o‘zining 66 yillik faoliyati davomida 40 ming kilometrdan ziyod uzunlikdagi yuqori sifatli pulli yo‘llarni qurgan.

#Surxondaryo  #Xitoy  #pulliavtomagistral  #loyiha  #muzokara

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Daniya va Eron investorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Daniya qirolligining “Depa Commerce and Consult” Ltd kompaniyasi direktori Nik Kianzad hamda Eron Islom Respublikasining “Ashkina Bino Group” kompaniyasi direktori Madina Kianzadni qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy biznes assotsiatsiyasi rahbari Baxtiyor Muhammadiyev ham ishtirok etdi.

Muzokaralarda vohamizda “Depa Commerce and Consult” Ltd kompaniyasi bilan quyosh elektrostanitsiyasi qurish, chiqindini qayta ishlash orqali 25 turdagi mahsulotlar, havodan ichimlik suvi va sug‘orish suvi olish texnologiyalari ishlab chiqarish, avtobuslar keltirish hamda gaz va neft qazib olish, shuningdek, “Ashkina Bino Group” kompaniyasi bilan organik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari investorlar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor bo‘lishini ta’kidlab, loyihalarni amalga oshirishning texnik va iqtisodiy tomonlarini kompaniyalarning mutaxassislari bilan ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

#Surxondaryo #Daniya #Eron #muzokara

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Fransiya kompaniyasi bilan turizm loyihalarini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Fransiyaning MND kompaniyasi Osiyo, Turkiya va Bolqon mintaqalari bo‘yicha koordinatori Orxan Shirinni qabul qildi. Kompaniya dor va kanat yo‘li, osma ko‘priklar qurish bilan shug‘ullanadi va dunyo bo‘ylab ko‘plab loyihalarni amalga oshirgan.

Uchrashuvda vohamizning ekoturizm salohiyati, ekstremal turizmdagi ishga solinmagan imkoniyatlar, yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi. Mehmonlar viloyatimizning tog‘li hududlari, jumladan, Sariosiyo va Boysunning tog‘li hududlarida dor va kanat yo‘li qurish loyihalarini amalga oshirish taklifini bildirishdi. Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan loyihalar, qurilgan dor yo‘llari, osma ko‘priklar taqdimot qilindi.

Uchrashuv yakunida taklif etilgan loyihalarni tomonlarning mutaxassislari ishtirokida joyida ko‘rib chiqish, uning texnik va iqtisodiy tomonlarini puxta ishlab chiqishga kelishildi.

#Surxondaryo #Fransiya #MND #muzokara

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Quvayt davlatining “Al Asaad Co For Food Stuff” kompaniyasi asoschisi Al Asaad bilan onlayn muloqot qildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Onlayn muloqot O‘zbekistonning Quvaytdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi. Kompaniya bilan kelgusida Surxondaryo viloyatida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishilib olindi hamda viloyat rahbari Al Asaadni Surxondaryoga taklif qildi.

Shundan so‘ng, viloyat hokimi Xitoy Xalq Respublikasining “CHINA GEO ENGENIRING” kompaniyasi direktori Van Lyu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Kompaniya bilan sanoat, energetika, transport va kommunal obyektlarni qurish va geologiya sohasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini, yangi loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirishga tayyorligini qayd etishdi.

#Surxondaryo #Quvayt #Xitoy #hamkorlik #loyihalar #muzokara

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Ozarbayjon delegatsiyasi bilan yo‘l qurilishi loyihalari muhokama qilindi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Ozarbayjonning “Kaspian kapital grup” kompaniyasi asoschilari Elxan Pashayev va Taxir Iskandarov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda, shuningek, Ozarbayjonning “Aztimont” va “Tovuz-Baltiya” korxonalari rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Dastlab, avvalgi uchrashuvlarda kelishilgan loyihalarning borishi yuzasidan ma’lumot berildi. Xususan, vohamizda ozarbayjonliklar bilan hamkorlikda anor sharbati ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilganligi qayd etildi.

Shundan so‘ng, kelgusidagi hamkorlik rejalari, xususan, viloyatimiz hududida pullik yo‘l qurish loyihasi muhokama qilindi. Viloyat rahbari yo‘l qurilishida Ozarbayjon kompaniyalarining katta tajriba va salohiyatga ega ekanligi ta’kidlab, bu boradagi hamkorlikdan mamnunligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar yo‘l qurilishi loyihasini mutaxassislarni jalb qilgan holda texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, loyiha takliflarini taqdimotga tayyorlashga kelishib olishdi.

#Surxondaryo  #Ozarbayjon  #uchrashuv  #muzokara  #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X