Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.5K subscribers
11.4K photos
1.04K videos
29 files
4.35K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://adliya.uz/
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 https://www.facebook.com/minjustuz
📲https://www.youtube.com/c/Adliya
📲https://www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Ikki yildan ortiq vaqt mobaynida insoniyat kurashib kelayotgan virusning yangi-yangi shtammlari paydo bo‘lib, nisbatan izga qaytayotgan ijtimoiy hayot yana keskinlashdi. So‘nggi bir hafta ichida dunyoda COVID-19ni yuqtirish holatlari 20 foizga oshgan. Ya'ni bu davr ichida 18 milliondan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xulosasiga ko‘ra, emlash koronavirus kasalligini oldini olishning yagona yo‘lidir. Kasallik zanjirini uzish, o‘zimiz, yaqinlarimiz, qolaversa biz har kuni muloqotda bo‘ladigan shaxslarningning salomatligiga daxldorlikni his qilgan holda bugun Adliya vazirligi xodimlari ham navbatdagi vaksinani qabul qilishdi.

Shu kunga qadar vazirlikda o‘n martadan ko‘proq vaksinasiya jarayonlari tashkil etildi. Bunda xodimlar erkin tanlov asosida ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, Moderna, Pfizer/BioNTech, Sinovac vaksinalaridan biri bilan emlandi.

Befarq bo‘lmang! O‘zingiz va yaqinlaringizni virusdan asrab, zanjirni uzing!

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Fuqaro nomiga foydalanilgan tabiiy gaz uchun asossiz qarzdorlik bartaraf qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan #Adliya_fermerga_madad

Ulug‘nor tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan “Fermerga madad” aksiyasi doirasida tuman hokimining qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan qarori bekor qilinib, “Asl brilliant tosh” fermer xo‘jaligidan olib qo‘yilgan 76,3 gektar yer maydonlari qaytarib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_munosabat

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Yangibozor tuman hokimining 2022-yil yanvar oyidagi “E-qaror” elektron tizimi orqali ayrim qarorlari e'lon qilinmaganligi yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi.

Yangibozor tuman hokimining 2022-yil 6-yanvardagi 1-12-178-Q/22 va 2-12-178-Q/22-son, 10-yanvardagi 13-12-178-Q/22-son qarorlari mazmunan jihatdan qonunchilikka muvofiq cheklab qo‘yilgan axborotlarni o‘z ichiga olmaganligi sababli tizim orqali e'lon qilinishi ta'minlandi.

Qonunchilikka muvofiq tuman (shahar) hokimlarining vasiylik va homiylik belgilash bilan bog‘liq qarorlari shaxsga doir axborotlar jumlasiga kirishi sababli, Yangibozor tuman hokimining 2022-yil yanvar oyidagi 3-12, 14-16 raqamdagi qarorlari “E-qaror” elektron tizimi orqali e'lon qilinmagan.

Hududiy adliya organlari tomonidan “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilingan barcha qaror va farmoyishlar doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda hamda tegishli ta'sir choralari qo‘llanilmoqda.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi uchinchi marta ketma-ket yilning eng namunali vazirligi deb e'tirof etildi

Rost24 sayti tomonidan tashkillashtirilgan “Yil tanlovi-2021” yakunlariga ko‘ra jurnalist va blogerlar tomonidan Adliya vazirligi “Yilning eng namunali vazirligi”, vazirlik huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi esa “Eng namunali davlat tashkiloti” nominasiyalarida ketma-ket uchinchi marta yuksak e'tirofga loyiq ko‘rildi. Shuningdek, tashkil etilganiga ikki yildan sal ko‘proq vaqt bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi notarial palatasi “Eng namunali jamoat birlashmasi” nominasiyasida 2-o‘rinni egalladi.

Ta'kidlash joizki, ushbu tanlovda ishtirok etish uchun hech bir tashkilot yoki shaxs avvaldan ariza yo boshqa hujjatlar topshirmaydi. Xususan, Adliya vazirligi ham butun tanlov jarayonini faqat chetdan kuzatdi, ya'ni bu sof jamoatchilik tanlovi bo‘ldi. Ilk bora ushbu tanlov nodavlat ommaviy axborot vositasi tashabbusi bilan o‘tkazilgani va unda davlat tuzulmalariga baho berilishi jamiyatda demokratlashuv jadallashayotgani, ochiqlik siyosati tabora bo‘y ko‘rsatayotganidan darakdir.

Shunday o‘ziga xos, xolis va shaffof tanlovdagi yuksak e'tirof hamda ishonch uchun Adliya vazirligi jamoasi OAV hamda jamoatchilik faollariga o‘z minnatdorligini bildiradi.

Shuningdek, ushbu tanlovni tashkillashtirib kelayotgan jamoaga mashaqqatli, ayni paytda jamiyat taraqqiyoti va davlatimiz ravnaqi uchun manfaatli ishlarida kelgusida ham omad tilaydi.

Ommaviy axborot vositalari va blogerlar bugungi kunda mamlakatimizda kechayotgan jarayonlarda o‘zlarining dadil, xolis va faol yondashuvlari bilan ishtirok etmoqda, ta'sir ko‘rsatmoqda va hissa qo‘shmoqda. Ya'ni kuchli fuqarolik jamiyati qurish va tizimli muammolarni bartaraf etishda OAVning roli nihoyatda muhim.

Xususan, adliya tizimi misolida, notariat yoki davlat xizmatlari sohasida qator qoidabuzarliklar va muammolarni hal qilishda jurnalistlar va blogerlarning hissasi katta bo‘lganini e'tirof etish lozim.

Rost24 sayti esa ish boshlaganiga ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa-da, o‘z ovozi va o‘rniga ega bo‘lishga ulgurdi. Biz kelgusida ushbu saytni mamlakatimizning ilg‘or, xolis, yuqori standartli, ishonchli axborot manbalari qatorida uzoq yillar yetakchi o‘rinlarda bo‘lishiga tilakdoshmiz.

Adliya tizimi ushbu e'tirofning qiymatini yuksak baholaydi va qadrlaydi. Shuningdek, mas'uliyatni his qilgan holda bundan keyin ham xalqni rozi qilish yo‘lida o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni sidqidildan, halol va qonunlarga tayangan holda olib borish yo‘lidan chekinmaydi.

@adliyangiliklari
Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti (17—22-yanvar kunlari)

17-yanvar
▪️Adliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyati bo‘yicha shartnoma namunalari ishlab chiqildi.

18-yanvar
▪️
Taraqqiyot strategiyasi takliflar asosida takomillashtirilmoqda. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ma'lum qildi.

▪️ Adliya vazirligi tashabbusi bilan fermer xo‘jaliklari hamda tuman hokimlari o‘rtasida yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomalari to‘liq tuzilishini ta’minlash maqsadida tuman hokimliklari hamda kadastr organlari bilan birgalikda tegishli tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

#Mutaxassis_sharhi
▪️Advokatlik faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish orqali ortiqcha byurokratiya va qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish belgilanmoqda.

19-yanvar
▪️
Adliya vaziri va Ruminiyaning Oʻzbekistondagi elchisi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

▪️Adliya vazirligi xodimlari navbatdagi vaksinani qabul qildi.

21-yanvar
▪️
Rost24 sayti tomonidan tashkillashtirilgan “Yil tanlovi-2021” yakunlariga ko‘ra jurnalist va blogerlar tomonidan Adliya vazirligi “Yilning eng namunali vazirligi”, vazirlik huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi esa “Eng namunali davlat tashkiloti” nominasiyalarida ketma-ket uchinchi marta yuksak e'tirofga loyiq ko‘rildi.

22-yanvar
#Adliya_munosabat
▪️Ijtimoiy tarmoqlarda Yangibozor tuman hokimining 2022-yil yanvar oyidagi “E-qaror” elektron tizimi orqali ayrim qarorlari e'lon qilinmaganligi yuzasidan munosabat.

@adliyangiliklari
Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro foydasiga javobgar Chiroqchi tuman hokimligidan 50 754 700 so‘m kompensatsiya undirib berildi.

🔹Shirin shahar adliya bo'limi ko'magida fuqaro nomiga foydalanilgan tabiiy gaz uchun asossiz qarzdorlik bartaraf qilindi.

🔹Ulug‘nor tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan “Fermerga madad” aksiyasi doirasida tuman hokimining qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan qarori bekor qilinib, “Asl brilliant tosh” fermer xo‘jaligidan olib qo‘yilgan 76,3 gektar yer maydonlari qaytarib berildi.

🔹Xo‘jaobod tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan o‘qituvchi foydasiga 60 mln so‘m undirildi.

🔹Andijon viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan “Bernino Lyuks” MChJga 138 mln 976 so‘m qo‘shimcha soliq va 27 mln 795 so‘m moliyaviy jarima qo‘llash haqidagi viloyat soliq boshqarmasi qarori haqiqiy emas deb topildi.

🔹Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Adliya vazirligining “Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq 2021-yil 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

🔹To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan «NAMANGAN TO‘QIMACHI CLUSTER» MCHJ foydasiga 206 mln so‘m undirib berildi.

🔹Shayxontohur tuman adliya bo‘limi tomonidan aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan 48-oilaviy poliklinikaga taqdimnoma kiritilib, fuqaroga 1 276 388 so‘m miqdorda 2 oylik kompensatsiya va 638 194 so‘m miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab to‘lab berilishi taʼminlandi.

🔹Mirobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq taʼlimi bo‘limi hisobidan fuqaro foydasiga 33 733 421 so‘m miqdorida ish haqi undirildi.

🔹To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaro xonadonidagi nosoz elektr hisoblagich soz holatdagi yangi hisoblagichga almashtirib berildi.

🔹Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 55-sessiyasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nurievning 2021 yil davomida viloyatda adliya organlari tomonidan norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti va huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

🔹Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “UNION STATION SERVISE” MCHJ foydasiga 80 mln soʻm undirib berildi.

🔹Jizzax viloyati yuridik texnikumi yuridik klinikasining volontyorlari uchun seminar tashkil etildi.

🔹Yuristlar malakasini oshirish markazining professor-oʻqituvchilari tomonidan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari uchun masofaviy (onlayn) shaklda oʻquv kurslari boʻlib oʻtmoqda.

🔹Shovot tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan o‘qituvchi foydasiga 55 million so‘m undirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan “HELVETAS Swiss Intercooperation”ning O‘zbekistondagi filiali davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Tashkilotning asosiy maqsadi — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami sharoitlari va turmush sifatini yaxshilashga ko‘maklashish, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalar va dasturlarni amalga oshirish, shuningdek davlat organlari va muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar ta’limi tizimini takomillashtirish va innovatsiyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shish va boshqalardan iborat.

Tashkilot ta’lim tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash” loyihasini 2021-2025-yillar davomida amalga oshirishni rejalashtirgan. Mazkur loyiha byudjeti 4,8 million frankni tashkil etadi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📹 Yer uchastkalaridan foydalanish sohasida 2022-yil 1-yanvardan boshlab bo‘ladigan o‘zgarishlar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Jizzaxlik xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning litsenziyasi 2022-yilning 13-martga qadar to‘xtatildi

O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Jizzax viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 12-yanvardagi 3-um-son buyrug‘iga asosan Jizzax viloyati Sh. Rashidov tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Ilhom Najmiddinovich Nuriddinovga tegishli SI 0012-sonli litsenziyaning amal qilish 2022-yil 13-yanvardan 13-martga qadar to‘xtatilganligi ma'lum qilinadi.
_________

#Сообщение_юстиции

Лицензия джизакского нотариуса, занимающегося частной практикой, приостановлена до 13 марта 2022 года

В соответствии со статьей 15-2 Закона Республики Узбекистан «О нотариате» на основе приказа начальника управления юстиции Джизакской области № 3-ум от 12 января 2022 года, с 13 января до 13 марта 2022 года приостановлена лицензия нотариуса Илхома Нажмиддиновича Нуриддинова (лицензия № SI 0012), занимающегося частной практикой в Шараф-Рашидовском районе.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining hal qiluv qarori bilan ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim sahifalar va kanallar ekstremistik deb topildi

To‘liq ro‘yxat bilan Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti hamda Ochiq ma'lumotlar portali orqali tanishishingiz mumkin.

👉Batafsil
_________

#Сообщение_юстиции

Окончательным решением Верховного суда Республики Узбекистан некоторые страницы и каналы в социальных сетях признаны экстремистскими

С полным списком организаций (материалов) можно ознакомиться на веб-сайте Министерства юстиции, а также на Портале открытых данных.

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi bojxona xizmati organlari xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda kasb bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ijro_va_nazorat

📹 Prezident qarorlari ijrosi natijalarini ilg‘or texnologiyalar yordamida tekshirish yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayon qanday kechadi?

▫️ Prezident tegishli farmon yoki qarorga imzo qo‘yadi.
▫️Hujjat Prezident Administratsiya tomonidan «E-xat» elektron tizimi orqali Adliya vazirligiga jo‘natiladi.
▫️U vazirlik tomonidan «ijro.gov.uz» tizimiga kiritiladi va har bir vazifa tegishliligi bo‘yicha tashkilot va idoralarga taqsimlanadi.
▫️Bandlar ijro etishga kirishiladi.
▫️Mas'ul ijrochilar ijro holati yuzasidan axborotni «ijro.gov.uz»ga joylaydi.
▫️Adliya vazirligi ushbu ma'lumotlarni birdan qabul qilmaydi, o‘rganadi. Buning uchun hududiy adliya organlariga ko‘rsatmalar berilib, zarurat bo‘lsa, ishchi guruh tuzilib, «respublika—viloyat—tuman—mahalla» vertikal tizimi asosida ko‘rib chiqiladi
▫️O‘rganish natijasiga ko‘ra hisobot qabul qilinadi yo rad etiladi.

Hozirda Adliya vazirligi hisobotlarni o‘rganishda «O‘zbekkosmos» agentligi bilan hamkorlik qilmoqda.

Batafsil videoda 👆

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuristlar malakasini oshirish markazida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbar va mutaxassislarining norma ijodkorligi faoliyati boʻyicha malakasini oshirish maqsadida oʻquv kurslari boʻlib oʻtmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari