Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.5K subscribers
11.4K photos
1.04K videos
29 files
4.35K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://adliya.uz/
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 https://www.facebook.com/minjustuz
📲https://www.youtube.com/c/Adliya
📲https://www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Namanganda “
Adliya kuni” tadbiri oʻtkazilmoqda.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari tomonidan Namangan tumanida uyma-uy yurib, aholining huquqiy muammolari oʻrganildi.

Shuningdek, mahalladagi fuqarolar uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda, aliment, uy-joy, kadastr va boshqa masalalar yuzasidan 10 nafar fuqaroning murojaati tinglandi.

Namangan tumani adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan mahalla ahliga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 8-iyuldagi 7-son yig‘ilish qaroriga asosan Navoiy viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 9-iyuldagi tegishli buyrug‘i bilan

▫️Qiziltepa tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius S.Djumayevga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 10-iyuldan 1 oy muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi delegatsiyasi Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo davlatlar Bosh assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etmoqda

2024-yilning 9–17-iyul kunlari bo'lib o'tadigan Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga (BIMT) a’zo davlatlar Bosh assambleyasi yig‘ilishining 65-sessiyasi Shveysariyaning Jeneva shahrida o'z faoliyatini boshladi.

Ushbu tadbirda O'zbekiston nomidan adliya vaziri o'rinbosari M.Ikramov boshchiligidagi delegatsiya qatnashmoqda.

Joriy yilning 9-iyul kuni sessiyaning ochilish marosimida M. Ikramov nutq so‘zlab, O'zbekistonda intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar va Jahon savdo tashkilotining Intellektual mulk huquqlarining savdo aspektlari bo‘yicha bitimi (TRIPS) qoidalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, bojxona organlariga kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash bo‘yicha maxsus vakolat berilganligi (ex-officio), farmatsevtika sohasida klinik tadqiqot natijalarini himoya qilish, O‘zbekistonning sohadagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilganligi hamda sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida ishlab chiqilgan qonun loyihalari haqida ma’lumot berildi.

BIMT Bosh assambleyasi doirasida delegatsiya kun tartibida bir nechta davlat va intellektual mulk idoralari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuvlar va hamkorlik memorandumlarini imzolash rejalashtirilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mahalla yettiligi hayotiy zaruratga aylanib bormoqda

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Uchko‘prik tumanining “Katta kenagas” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axboroti tinglandi.

Adliya vaziri MFYdagi "mahalla yettiligi" bilan suhbatlashib, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashga doir vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹
Adliya vaziri A.Toshqulovning Fargʻona viloyatiga xizmat safari tafsilotlari

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Mirzaobod tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Mirzaobod tuman adliya boʻlimida boʻlib, boʻlim xodimlarining ish jarayonlari, xususan davlat xizmatlari koʻrsatilishi sifati, davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatilayotgan yuridik xizmatlar, FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.

Tizim xodimlari bilan muloqotda aholiga koʻrsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, kasbiy rivojlanish, doimiy ravishda oʻz bilim va koʻnikmalarini oshirib borish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini samarali tashkil qilish masalalari muhokama qilinib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o’rinbosari X.Meliyev tomonidan Guliston shahrida sayyor qabul o'tkazildi

2024-yil 24-maydagi PF–80-son Prezident Farmoniga asosan adliya organlari tomonidan joylarda sayyor qabul o'tkazish, uyma-uy yurgan holda aholining kundalik hayotidagi muammolarini o'rganib, hal etish choralari ko'rilmoqda.

Jumladan, Guliston shahridagi “Ulugʻ yoʻl” mahallasida "Adliya kuni" tadbiri hamda vazir o'rinbosari X.Meliyevning sayyor qabuli o'tkazildi.

Sayyor qabul davomida 50 ga yaqin fuqarolarning ishga joylashish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator muammolari masʼullar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Qabul davomida 10 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi, 15 nafar fuqarolarga muammolarining huquqiy yechimlari tushuntirildi, qolgan 20 dan ortiq murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Shu bilan birgalikda, aholining yashash sharoiti bilan joyiga chiqqan holda tanishish maqsadida mazkur mahallada uyma-uy yurib, fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolari mas'ullar bilan birga o'rganildi.

Mahalladagi tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga faoliyatini samarali yo'lga qo'yish yuzasidan qonunchilikdagi imtiyozlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari yuzasidan huquqiy tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Hokim va hokim oʻrinbosarlari uchun manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va va tartibga solish boʻyicha koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan seminar oʻtkazildi


“Transparency International”ning 2023-yilgi korrupsiyani qabul qilish indeksiga koʻra, 180 ta davlat orasida Oʻzbekiston 33 ball bilan 121-oʻrinni egalladi. Eʼtiborlisi, mamlakatimiz ballarini 2 taga oshirib, oʻrnini 5 pogʻonaga yaxshilashga muvaffaq boʻldi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bilan bogʻliq huquqiy mexanizmlar takomillashtirilib, bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni huquqni qoʻllash amaliyotida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va tartibga solish maqsadiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Sirdaryo viloyat hokimligida tuman shahar hokimlari va hokim oʻrinbosarlari ishtirokida tashkil etilgan seminarda mazkur qonun mazmun-mohiyati xususida soʻz bordi.

Tadbirda Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan ushbu qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar toʻqnashuvini aniqlashga doir choralar haqida batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, muloqotda korrupsiyaga oid islohotlarni birdek taʼminlanishiga barcha birdek masʼul ekanligi taʼkidlanib, manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar bermaganlik uchun belgilangan jazo choralari haqida toʻxtalib oʻtildi.

Tadbirda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, hududda sodir etilgan korrupsion holatlarni hududiy kengashlar yigʻilishlarida muntazam muhokama qilib borish, reyting natijalarini yaxshilash boʻyicha masʼullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik va uning oqibatlari tushuntirilib, ogohlantirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Yevrosiyo patent tashkiloti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi
 
Vazir o‘rinbosari M.Ikramov boshchiligidagi delegatsiya 2024-yilning 9–17-iyul kunlari bo'lib o'tayotgan Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo davlatlar Bosh assambleyasi yig‘ilishining 65-sessiyasi doirasida Adliya vazirligi va Yevrosiyo patent tashkiloti (YPT) o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

Yevrosiyo patent tashkiloti mintaqaviy tashkilot bo‘lib, YPT 1995-yil 12-avgustda tashkil etilgan va ixtiro va sanoat namunalari sohasida ixtisoslashgan tashkilot hisoblanadi. Bugungi kunga qadar 8 ta davlat, xususan, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston va Turkmaniston ushbu tashkilotning a’zosidir.

YPT patentlar bo‘yicha talabnomalarni ekspertizadan o‘tkazadi va YPTga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarda bir xil kuchga ega bo‘ladigan ixtiro hamda sanoat namunalari uchun patentlarni taqdim etadi.

Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumida tomonlar qator yo‘nalishlarda, jumladan, ekspertiza jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish boʻyicha tajriba almashish, intellektual mulk sohasida kadrlarni tayyorlash, intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish bo‘yicha vakolatlari doirasida hamkorlik qiladi.

Vazir oʻrinbosari M.Ikramov hamda YPT prezidenti G.Ivliyev mazkur memorandumning imzolanishi ikki tomonlama mustahkam va mutanosib aloqalarning oʻrnatilishiga, sanoat mulki sohasida samarali va oʻzaro manfaatli tajriba almashish uchun huquqiy asos yaratilishiga xizmat qilishini alohida ta’kidlab oʻtishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyati ipoteka markazi faoliyati bilan tanishdi

Ipoteka markazi — bu turar joy binolari xonadonlarini ipoteka krediti asosida xarid qilishga yordam beruvchi xizmat ko‘rsatish markazidir.

Guliston shahar markazida joylashgan Sirdaryo viloyati ipoteka markazida bank, moliya, quruvchi tashkilotlar, notarius, kadastr idoralari tomonidan aholiga yangi uy-joylar loyihasi, narxi, kredit va subsidiya shartlari bo‘yicha bir joyda o‘tirgan holda xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyati ipoteka markazida bo‘lib, ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat dasturlari, imtiyozlar va subsidiyalar, ipoteka asosida xonadon xarid qilish bo‘yicha aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rgandi.

Shuningdek, xodimlarning markazga biriktirilgan tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axboroti tinglanib, kopmpleks xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari