Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.5K subscribers
11.4K photos
1.04K videos
29 files
4.35K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://adliya.uz/
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 https://www.facebook.com/minjustuz
📲https://www.youtube.com/c/Adliya
📲https://www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_fermerga_madad

Adliya vazirligi fermerlar va hokimlkilar o‘rtasidagi yerlarning uzoq muddatli ijara shartnomalarini to‘liq tuzishni oxiriga yetkazish choralarini ko‘radi!

Fermerning yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlarini belgilab beradigan asosiy hujjat – yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasi hisoblanadi.

Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Fermerga madad” huquqiy aksiyasi natijalari qariyb 10% fermer xo‘jaliklari bilan yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomalari tuzilmaganligini ko‘rsatdi.

Shu maqsadda, Adliya vazirligi tashabbusi bilan fermer xo‘jaliklari hamda tuman hokimlari o‘rtasida yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomalari to‘liq tuzilishini ta’minlash maqsadida tuman hokimliklari hamda kadastr organlari bilan birgalikda tegishli tadbirlar amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Agarda siz tuman hokimi bilan yer uchastkasining uzoq muddatli ijara shartnomasini tuzmagan bo‘lsangiz, mazkur masalada hududiy adliya organlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan #Adliya_fermerga_madad

Ulug‘nor tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan Fermerga madad aksiyasi doirasida tuman hokimining qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan qarori bekor qilinib, “Asl brilliant tosh” fermer xo‘jaligidan olib qo‘yilgan 76,3 gektar yer maydonlari qaytarib berildi.

@adliyangiliklari