Adliya yangiliklari/Новости юстиции
11.7K subscribers
12.5K photos
1.17K videos
31 files
4.6K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan bir murojaatchining pensiyasi, birining esa ustamasi undirib berildi

Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman, shahar adliya boʻlimlari aholi va tadbirkorlik subyektlarini buzilgan huquqlarini tiklash, ularga huquqiy koʻmak berish borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Boshqarma tomonidan Mingbuloq tumani, "Mulkobod" mahallasida yashovchi fuqaroning Mingbuloq tumani bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan muddatidan avval yoshga doir pensiyaga chiqish uchun asos boʻlgan taqdimnoma berilmayotganligidan noroziligi toʻgʻrisidagi murojaati oʻrganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Tovar belgisiga nisbatan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi

Adliya vazirligiga “Rasulov Abduzokir” xususiy korxonasiga tegishli muhofazaga olingan “CHIG‘ATOY” so‘zli ko‘rinishdagi tovar belgisidan “A. CH” MChJ tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi hamda jamiyatning mutlaq huquqlari buzilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

👉Batafsil
___________

👉 На русском

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning murojaati qanoatlantirildi

Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro M.K.ning Тoʻraqoʻrgʻon tuman hokimining 2021-yil 25-iyundagi qaroridan norozi boʻlgan murojaati oʻrganib chiqilganda quyidagilar aniqlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Sud “snos”ga tushgan uy uchun 400 million so‘m kompensatsiya undirish haqida qaror qabul qildi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro I.M.ga tegishli uy davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilib, buzilishga tushgan va olib qo‘yilgan yer uchatkasi uchun kompensatsiya to‘lab berilmagan. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi fuqaroning murojaatini o‘rganib chiqib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga da'vo arizasi kiritdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning murojaatiga yechim topildi

Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi. Bayon qilinishicha, 2017-yilda Uchqo‘rg‘on shahridagi "Do‘stlik" mahallasida joylashgan savdo shaxobchasi bino-inshootlari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olinib, buzib tashlangan bo‘lsada, tuman hokimligi tomonidan hozirgi kunga qadar kompensatsiya pullari to‘lab berilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya: Baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan xodimning nafaqasidan "urib" qolingani aniqlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹Adliya ta'lim tizimi xodimlari haq-huquqlari himoyasida

— Adliya organlari aralashuvi bilan 45 million so‘mlik bir martalik subsidiya olishga muvaffaq bo‘ldim, — deydi qishloq bolalariga xorijiy tillarni o‘rgatayotgan pedagog Lola Majidova.

— O‘qituvchiman, bola parvarishlash ta’tiliga chiqdim, biroq menga dekret pullari to‘lanmadi, adliyaga murojaatim tufayli 10 million 200 ming so‘m sud orqali undirib berildi, — deydi Vazira Xudoyqulova.

— Navoiy shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida axborot kommunikatsiya tizimlarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘yicha mutaxassisman. Menga qonunchilikda belgilangan ustamalar to‘lanmayotgan edi. Adliya xodimlarining sud orqali manfaatlarim himoyasi bois 79 million so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berildi, — deydi Ravshan Raxmonov.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹 Xatirchida IT mutaxassisiga adliya aralashuvi bilan 98 million so'mdan ortiq ustama pullari undirib berildi

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

📹 Xatirchida oʻqituvchiga adliya aralashuvi bilan 98 million so'mdan ortiq ustama pullari undirib berildi

@adliyangiliklari