Mobi Uz | Official
59 subscribers
58 photos
3 videos
1 file
63 links
"Mobi Uz" (Ums) Aloqa Operatorining Telegramdagi "Official" kanali

🌐Rasmiy kanal: @UMSuzb

Batafsil Ma'l: Www.Mobi.Uz
Download Telegram
Mobiuz 2020-yilda respublika bo‘yicha mingdan ziyod baza stansiyalarini o‘rnatishni rejalashtirgan. Deyarli har kuni kompaniyaning yangi texnik obyektlari ishga tushmoqda!

Bu haqidagi batafsil ma’lumot saytimizda: https://company.mobi.uz/uz/press/2020/20596/.

Mobiuz’ning yangi baza stansiyalari haqidagi yangiliklar (manzillari bilan) kompaniyaning Telegram-kanallarida o‘zbek https://t.me/MOBIUZuzb va rus tillarida https://t.me/MOBIUZrus e’lon qilinadi.

#mobiuz #bazastansiyalari
Mobiuz’ning Samarqanddagi xizmat ko‘rsatish markazida sayyor qabul o‘tkazildi.

Uchrashuvda Mobiuz Tijorat direktori Lola Filatova, kompaniyaning turli xil bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi hududuy bo‘linmalari vakillari ishtirok etdi.

Fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi, kompaniya mahsulot va xizmatlari bo‘yicha maslahatlar berildi, aloqa sifatini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirildi. Barcha murojaatlar nazoratga olindi.

Bu kabi uchrashuvlar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham bo’lib o‘tadi.

#mobiuz #xalqbilanmuloqot
Endi Samarqand viloyati aholisi Mobiuz’ning (+998) 97 892 bilan boshlanadigan raqamlarga ulanishi mumkin!

Bu yangilik bilan bir qator foydali havolalarni ham oling:

👉 0 prefiksi bilan boshlanadigan raqamlar ro‘yxati: https://mobi.uz/upload/Nomera_s_TP.pdf

👉 Yillik tariflarga ulash kerak bo‘lgan chiroyli raqamlar ro‘yxati: https://mobi.uz/upload/Nomera_god_TP.pdf

#mobiuz #prefiks
Texnik rivojlanishimiz bo‘yicha ajoyib yangilik – bir hafta davomida Mobiuz 25 ta baza stansiyasini ishga tushirdi!

Ular quyidagi manzillar bo‘yicha joylashgan:

✔️ Olmazor tumani (Toshkent sh.): Qorasaroy va S. Rahimov ko‘chalari.

✔️ Zangiota tumani (Toshkenbt viloyati): Eshonguzar qishlog‘i.

✔️ Qarshi shahri (Qashqadaryo viloyati): Beshkent shossesi, 3-km.

✔️ Mirobod tumani (Toshkent sh.): Qo‘ylik mavzesi 3-daha.

✔️ Sergeli tumani (Toshkent sh.): Choshtepa, A. Qodiriy, Jaloyer ko‘chalari, 7-daha hamda Yo‘ldosh-4 mavzesi.

✔️ Uchtepa tumani (Toshkent sh.): Ziyo Said, X. Gofurov, Samarbonu, M. Uyg‘ur, Lutfiy, Zargarlik ko‘chalari, Chilonzor mavzesining 15 va 30-dahalari.

✔️ Chilonzor tumani (Toshkent sh.): Farhod ko‘chasi.

✔️ Shayhontohur tumani (Toshkent sh.): Hurshid, A. Qodiriy, Istirohat, Xumdonsoy ko‘chalari va “Eski Juva” bozori hududi.

Yangi baza stansiyalarini ishga tushirish ishlari davom etmoqda. Yangiliklarimizni kuzatib boring!

#mobiuz #BS
Mobiuz xalqaro rouming doirasida hamkorlar va xizmatlarni kengaytirmoqda.

Endi kompaniya abonentllari quyidagi tarmoqlarda roumingda bo‘lishlari mumkin:

👉 LTE rouming – Vodafone Portugaliya, Vodafone Yunoniston, Vodafone Italiya, Vodafone Ispaniya operatorlari tarmoqlarida.

👉 CAMEL rouming – SK Telecom Janubiy Koreya, KPN Niderlandiya, «МегаФон» Rossiya, Vodafone Gana tarmoqlarida.

👉 GPRS rouming - Dialog Axiata Shri-Lanka tarmog‘ida.

#mobiuz #rouming
“Yuzma-100” loyihasi doirasida Mobiuz rahbariyati abonentlar va aholining 100 ta eng dolzarb savoliga javob berishga tayyor!

Mobil operator rahbariyatiga bevosita savol yoki taklif berish imkoniyatidan foydalaning! Buning uchun ushbu havola https://forms.gle/9PEmvAbspmR6KZkM8 orqali o‘tib, 25-fevraldan 1-mart yakunigacha kerakli shaklni to‘ldiring.

Javoblar 6-mart kuni www.mobi.uz saytida chop etiladi.

#mobiuz #xalqbilanmuloqot
“Mobiuz’ning qaysi tarif rejasini tanlasam ekan?”. Ushbu savol sizni qiynayotgan bo‘lsa, foydali ma’lumot bilan bo‘lishamiz.

👉 «Mobi 20» TR - 500 daqiqa, 1 500 MB, 500 SMS (oyiga 20 ming so‘m);
👉 «Mobi 30» TR – 1 000 daqiqa, 4 000 MB, 1 000 SMS (30 ming so‘m);
👉 «Mobi 40» TR – 1 200 daqiqa, 6 000 MB, 1 200 SMS (40 ming so‘m);
👉 «Mobi 50» TR – tarmoq ichida cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 1 500 daqiqa, 8 000 MB, 1 500 SMS (50 ming so‘m);
👉 «Mobi 70» TR – tarmoq ichida cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 2 500 daqiqa, 12 000 MB, 2 500 SMS (70 ming so‘m);
👉 «Mobi 90» TR – tarmoq ichida cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 3 500 daqiqa, 18 000 MB, 3 500 SMS (90 ming so‘m);
👉 «Mobi 110» TR – O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 25 000 MB, 5 000 SMS (110 ming so‘m);
👉 «Mobi 150» TR – O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 50 000 MB, 10 000 SMS (150 ming so‘m).

#mobiuz #tariflar
Mobiuz 4G LTE tarmog‘i sig‘imini oshirishni davom etmoqda!

Hususan, o‘tgan haftada poytaxtda 24 ta yangi baza stansiyasi ishga tushirildi. An’anaga ko‘ra ularning manzillari haqidagi ma’lumot bilan bo‘lishamiz:

👉 Mirzo Ulug‘bek tumani TTZ mavzesining 4-dahasi;

👉 Olmazor tumani: Muhbir (Olimpiya mavzesi), O‘rozboyev, Beruniy, Universitet, Chimboy, Sag‘bon, Fayziy ko‘chalari, Ts17/18-dahalari (Sebzor mavzesi);

👉 Sergeli tumani Choshtepa ko‘chasi;

👉 Uchtepa tumani To‘qimachi ko‘chasi;

👉 Chilonzor tumani: Al-Xorazmiy, Katta Qa’ni, Gavhar, Qirq Qiz, Xalqlar Do‘stligi, Chilonzor ko‘chalari, Bunyodkor shoh ko‘chasi;

👉 Shayxontohur tumani: O‘zbekiston, M. Uyg‘ur ko‘chalari.

👉 Yunusobod tumani: Sh. Rashidov, A.Temur shoh ko‘chalari, Hiyobon, J.Obidova ko‘chalari.

Texnik ishlar davom etmoqda. Yangiliklarimizni kuzatib boring!

#mobiuz #BS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ko‘pchiligimiz mobil qurilmalar, fotoapparatlar va boshqa ko‘plab uskunalarda SD xotira kartalaridan foydalanamiz. Ular 20 yil avval ixtiro qilinganligini bilasizmi?

#mobiuz #infografika
Endi Mobiuz’ning rouming xizmati AQSh’ning T-Mobile va Indoneziyaning PT Indosat operatorlari tarmoqlarida ishlamoqda.

Ushbu mamlakatlarda bo‘lganingizda Mobiuz SIM-kartasidan foydalangan holda hamkorlarimiz tarmoqlarini tanlang hamda O‘zbekiston bilan aloqada qoling!

Safarga chiqishdan avval rouming xizmatini ofislarimizda yoqishni unutmang. Batafsil: http://mobi.uz/uz/roaming/.

#mobiuz #rouming
Mobil texnologiyalar yangiliklari

📱 Apple bo‘lib o‘tayotgan sud mojarolariga barham berish uchun iPhone’lari bo‘lgan amerikaliklarga badal to‘lashga tayyor. Hozirda kompaniya eski modeldagi smartfonlarini sun’iy ravishda sekin ishlashga sozlab kelganlikda gumonlanmoqda. Bu esa odamlarni yangi iPhone sotib olishga majbur qilish bilan barobar.

👍 Samsung Vetnamda 220 million dollarlik yirik tadqiqot markazini qurishni boshladi. U sun’iy idrok, buyumlar Interneti (IoT), katta hajmli ma’lumotlar (Big data) va 5G sohasida tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi.

1️⃣ Nubia Red Magic 5G smartfoni AnTuTu benchmarkida yangi rekord o‘rnatdi. U 633 724 ball to‘plab, peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

😍 AQSh’ning Florida shtatidagi Uolt Disney Butunjahon dam olish markazidagi ko‘lga tushib ketgan iPhone 11 smartfoni deyarli ikki oydan keyin soz holatda topilgan. U akvalangistlar tomonidan topilib, kichik yoshdagi sohibasiga qaytarib berilgan.

#mobiltexnologiyalar
Mobiuz yangi prefikslarni hududlar uchun ishga tushirdi: (+998) 97 687 va 689 Toshkent viloyatida, (+998) 97 907 Samarqand, (+998) 97 981 Andijon viloyatlarida!

Mobiuz operatorini tanlash uchun sabablar ko‘p, ulardan biri – “Super 0” xizmati. U tarmoq ichida VIP suhbat qurishga, tarif rejasi bo‘yicha daqiqalarni hamda balansdagi mablag‘larni tejashga yordam beradi!

«Super 0» ni yoqish kodi - *166#.

#mobiuz #prefikslar
Mobiuz tungi Internet narxlarida bahoriy yangilanish!

Endi 1 000 MB'dan 50 000 MB'gacha bo'lgan tungi Internet-to'plamlar narxlari 5 000 so'mdan 44 000 so'mgacha!

Tungi MB'larni faollashtiring va 30 tun davomida 00:00 dan 08:00 gacha Internetdan zavqlaning!

To'plamlarni ulash USSD-kodi: *203*X# (X o'rniga kerakli hajm belgilang).

#mobiuz #internet
Narxlar tushishni davom etmoqda – endi “Tungi DRIVE” xizmati ham yanada arzon!

Mobiuz’ning tungi (soat 00:00 dan 08:00 gacha) cheksiz Interneti bilan haqiqiy cheksizlikni his qiling! Xizmatni arzon narxlarda 1, 7 yoki 30 tunga faollashtirish mumkin. Eng asosiysi – MB va Internet tezligi cheklanmagan!

Xizmatni faollashtirish kodi *200*X*1# (X o‘rniga 1, 7 yoki 30 terish kerak).

#mobiuz #xizmatlar
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Mobiuz bir qator hushxabarlar tayyorlab qo‘ydi!

Nafis xotin-qizlar, shuningdek, esda qoladigan chiroyli raqamlarni o‘z yaqinlariga sovg‘a qilmoqchi bo‘lgan erkaklar uchun maxsus 😍(+998) 97 888😍 prefiksini ishga tushirdik!

Raqamlarni barcha hududlarda ulash mumkin. Buning uchun pasportning asl nusxasi bilan kompaniya ofislari va tijorat hamkorlari savdo shahobchalariga murojaat qiling.

Siz-chi, 888 bilan boshlanadigan raqamlarni xohlaysizmi?

#mobiuz #prefikslar
Bayram arafasida yana bir hushxabar. O‘tgan haftada Mobiuz mobil operatori poytaxtda 22 yangi baza stansiyasini ishga tushirdi.

Ular quyidagi hududlarda joylashgan:

👉 Bektemir tumani: B.Nozim hamda Bayqaro ko‘chalarida;

👉 Mirzo Ulug‘bek tumani: Mustaqillik shoh ko’chasi, Abdullayev ko‘chasi hamda Feruza mavzesida;

👉 Olmazor tumani: O. Bobojonov, Usta Shirin ko‘chalarida;

👉 Yunosobod tumani: THAY’dagi 123-sonli AYOQSh, Chinobod, Qozitarnov, Shahriston ko‘chalari hamda 3 va 15-dahalarida;

👉 Yashnobod tumani: Sultonali Mashhadiy, Jarqo‘rg‘on, Lisunov va Aviasozlar ko‘chalarida;

👉 Chilonzor tumani: M.Boboyev, Tursunkulov ko‘chalarida;

👉 Shayxontohur tumani: General Uzoqov ko‘chasi hamda Ts-27 dahasida.

Yangi baza stansiyalarini ishga tushirish ishlari davom etmoqda.

#mobiuz #BS
Hurmatli opa-singillar, 7 va 8-mart kunlari siz Mobiuz bilan birga cheksiz suhbat qurish 😍 va xohlagancha SMS-xabar yuborish imkoniyatiga egasiz.

⚠️ Buning uchun Mobiuz’ga qarashli ofislarga pasportning asl nusxasi bilan murojaat qilib, bepul xizmatni yoqtirishingiz kerak bo‘ladi. U jismoniy shaxslar uchun barcha tariflarda ishlaydi. Qo‘ng‘iroqlarni O‘zbekiston uyali aloqa operatorlari tarmoqlariga va shahar raqamlariga amalga oshirish mumkin.

Dam olish kunlaringiz maroqli va cheksiz suhbatga boy tarzda o‘tsin!❤️

#mobiuz #aksiya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mobiuz O'zbekistonning QVZ jamoalari a'zolari bilan birga abonentlar - xotin-qizlarga ajoyib kayfiyat ulashmoqda!

5-martdan boshlab QVZ jamoalari a'zolari Mobiuz call-markazida mehmon bo'lib turishibdi. Ular nafaqat operatorlarga qo'ng'iroqlarni qabul qilishga ko'maklashishmoqda, balki qo'ng'iroq qilgan xotin-qizlarning kayfiyatlarini ko'tarishga ham harakat qilishmoqda.