Mobi Uz | Official
59 subscribers
58 photos
3 videos
1 file
63 links
"Mobi Uz" (Ums) Aloqa Operatorining Telegramdagi "Official" kanali

🌐Rasmiy kanal: @UMSuzb

Batafsil Ma'l: Www.Mobi.Uz
Download Telegram
Mobiuz’ning Samarqanddagi xizmat ko‘rsatish markazida sayyor qabul o‘tkazildi.

Uchrashuvda Mobiuz Tijorat direktori Lola Filatova, kompaniyaning turli xil bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi hududuy bo‘linmalari vakillari ishtirok etdi.

Fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi, kompaniya mahsulot va xizmatlari bo‘yicha maslahatlar berildi, aloqa sifatini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirildi. Barcha murojaatlar nazoratga olindi.

Bu kabi uchrashuvlar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham bo’lib o‘tadi.

#mobiuz #xalqbilanmuloqot
“Yuzma-100” loyihasi doirasida Mobiuz rahbariyati abonentlar va aholining 100 ta eng dolzarb savoliga javob berishga tayyor!

Mobil operator rahbariyatiga bevosita savol yoki taklif berish imkoniyatidan foydalaning! Buning uchun ushbu havola https://forms.gle/9PEmvAbspmR6KZkM8 orqali o‘tib, 25-fevraldan 1-mart yakunigacha kerakli shaklni to‘ldiring.

Javoblar 6-mart kuni www.mobi.uz saytida chop etiladi.

#mobiuz #xalqbilanmuloqot