Mobi Uz | Official
60 subscribers
58 photos
3 videos
1 file
63 links
"Mobi Uz" (Ums) Aloqa Operatorining Telegramdagi "Official" kanali

🌐Rasmiy kanal: @UMSuzb

Batafsil Ma'l: Www.Mobi.Uz
Download Telegram
Narxlar tushishni davom etmoqda – endi “Tungi DRIVE” xizmati ham yanada arzon!

Mobiuz’ning tungi (soat 00:00 dan 08:00 gacha) cheksiz Interneti bilan haqiqiy cheksizlikni his qiling! Xizmatni arzon narxlarda 1, 7 yoki 30 tunga faollashtirish mumkin. Eng asosiysi – MB va Internet tezligi cheklanmagan!

Xizmatni faollashtirish kodi *200*X*1# (X o‘rniga 1, 7 yoki 30 terish kerak).

#mobiuz #xizmatlar
Mobiuz’ning “Mobil TV” xizmati yanada kengaydi. Endi undan iTV mobil ilovasi orqali foydalanish mumkin!

iTV – bu o‘nlab horijiy va mahalliy TV-kanallarini ko‘rish imkoniyatini beruvchi IPTV hamda minglab film va seriallar demakdir!

Mobiuz abonentlari “Televideniye”, “Videoklub”, “O‘zbekcha videoklub”, “Miks TV + Videoklub” kabi servislarga obuna bo‘lishlari mumkin. Ularning har birini 3, 10, 30 yoki 90 kunga ulasa bo‘ladi!

Ilovani bu yerdan ko‘chirib olish mumkin: https://itv.uz/app Mobiuz abonentlari uchun maxsus obunani faollashtirishni unutmang!

Xizmat haqida batafsil: https://mobi.uz/uz/comfortable/fun/20654/.

#mobiuz #xizmatlar #uydaqoling
Mobiuz’ning “Mobil TV” xizmati foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilik!

Endi Allplay ilovasidagi “Allmovies”, “Amediateka”, “Online TV” servislariga nafaqat 1, 7, 30 kunga, balki 90 kunga obuna bo‘lishingiz mumkin! Natijada, xizmat uchun mablag‘larni yanada tejaysiz.

Eslatib o‘tamiz, Mobiuz’ning “Mobil TV” xizmati iTV ilovasi doirasida ham ishlamoqda.

#mobiuz #xizmatlar