Mobi Uz | Official
60 subscribers
58 photos
3 videos
1 file
63 links
"Mobi Uz" (Ums) Aloqa Operatorining Telegramdagi "Official" kanali

🌐Rasmiy kanal: @UMSuzb

Batafsil Ma'l: Www.Mobi.Uz
Download Telegram
Mobil texnologiyalar yangiliklari

📱 Apple bo‘lib o‘tayotgan sud mojarolariga barham berish uchun iPhone’lari bo‘lgan amerikaliklarga badal to‘lashga tayyor. Hozirda kompaniya eski modeldagi smartfonlarini sun’iy ravishda sekin ishlashga sozlab kelganlikda gumonlanmoqda. Bu esa odamlarni yangi iPhone sotib olishga majbur qilish bilan barobar.

👍 Samsung Vetnamda 220 million dollarlik yirik tadqiqot markazini qurishni boshladi. U sun’iy idrok, buyumlar Interneti (IoT), katta hajmli ma’lumotlar (Big data) va 5G sohasida tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi.

1️⃣ Nubia Red Magic 5G smartfoni AnTuTu benchmarkida yangi rekord o‘rnatdi. U 633 724 ball to‘plab, peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

😍 AQSh’ning Florida shtatidagi Uolt Disney Butunjahon dam olish markazidagi ko‘lga tushib ketgan iPhone 11 smartfoni deyarli ikki oydan keyin soz holatda topilgan. U akvalangistlar tomonidan topilib, kichik yoshdagi sohibasiga qaytarib berilgan.

#mobiltexnologiyalar
Mobil texnologiyalar yangiliklari (17.03.2020)

🙈 Fransiyaning monopoliyaga qarshi kurashish organi Apple kompaniyasiga 1,1 mlrd. yevro miqdorida jarima soldi. AQSh texnogiganti ikkita yirik ulgurji savdo kompaniyasi bilan til biriktirganlikda hamda boshqa sotuvchilarning imkoniyatlarini cheklashda ayblanmoqda.

⌚️ Endi Xiaomi Mi Watch soati orqali Xitoyda ishlab chiqariladigan Nio avtomobillarini boshqarish va nazorat qilish mumkin.

📲 Dunyo mamlakatlaridagi karantin munosabati bilan mashhur Pokémon Go o‘yiniga o‘zgarishlar kiritildi – endi turli joylarda yurib, virtual pokemonlarni yig‘ishdan ko‘ra uyda o‘tirib, bonuslar yig‘ish qulayroq bo‘ldi.

📈 2019-yilda 110 mln. donadan ko‘proq Redmi Note seriyasidagi smartfonlar sotilgan. Bu haqida Xiaomi e’lon qildi.

#mobiltexnologiyalar