Mobi Uz | Official
54 subscribers
58 photos
3 videos
1 file
63 links
"Mobi Uz" (Ums) Aloqa Operatorining Telegramdagi "Official" kanali

🌐Rasmiy kanal: @UMSuzb

Batafsil Ma'l: Www.Mobi.Uz
Download Telegram
Hurmatli abonentlar, Mobiuz chiroyli raqamlarini faqat kompaniyaga qarashli ofislarda va tijorat hamkorlarining rasmiy savdo shahobchalarida ulash mumkinligini eslatib o‘tamiz!

⚠️ Raqamlarni uchinchi shaxslardan (“qo‘ldan”) olganingizda firibgarlarga duch kelishingiz mumkinligi, natijada esa pul mablag‘larisiz va raqamsiz qolishingiz mumkinligini yodda tuting. Foydalanmoqchi bo‘lgan raqamingiz o‘zingizning nomingizda bo‘lishi kerak. Aks holda raqam egasi uni sizga sotib, keyinroq qaytadan tiklab olishi va uning ustida xohlagan amallarni bajarishi mumkin.

Mobiuz xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari, sotilayotgan raqamlar ustidan qo‘shimcha haq so‘rayotgani guvohiga aylansangiz yoki bu haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Mobiuz ichonch telefonlariga zudlik bilan murojaat qiling: 0870, (+998) 97 7800909.

#mobiuz #muhim
Hurmatli abonentlar, biz vaqti-vaqtida aloqa sifati bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazib turamiz hamda abonentlar amalga oshirayotgan ishlarimizdan qanchalik qoniqoyotganini o‘rganib chiqamiz.

2-3 daqiqa vaqt ajratib, so‘rovimizda ishtirok etishingizni iltimos qilamiz: https://forms.gle/XvQTxZpuEZuWpf5eA

#sorov
Mobiuz Andijon viloyati uchun yangi (+998) 97 233 va 235 prefikslarni ochdi!

Agar raqamingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, bir qator xizmatlarimiz sizga muntazir:

👏 “Raqamni o‘zgartirish” xizmati kompaniyamiz SIM-kartasini o‘zgartirmasdan turib, boshqa Mobiuz raqamini ulash imkonini beradi.

👏 “Mening yangi raqamim” xizmati avvalgi (boshqa) raqamingizga qo‘ng‘iroq qilayotganlarni yangi raqamingiz haqida xabardor qiladi.

#mobiuz #prefikslar
Mobil texnologiyalar yangiliklari (17.03.2020)

🙈 Fransiyaning monopoliyaga qarshi kurashish organi Apple kompaniyasiga 1,1 mlrd. yevro miqdorida jarima soldi. AQSh texnogiganti ikkita yirik ulgurji savdo kompaniyasi bilan til biriktirganlikda hamda boshqa sotuvchilarning imkoniyatlarini cheklashda ayblanmoqda.

⌚️ Endi Xiaomi Mi Watch soati orqali Xitoyda ishlab chiqariladigan Nio avtomobillarini boshqarish va nazorat qilish mumkin.

📲 Dunyo mamlakatlaridagi karantin munosabati bilan mashhur Pokémon Go o‘yiniga o‘zgarishlar kiritildi – endi turli joylarda yurib, virtual pokemonlarni yig‘ishdan ko‘ra uyda o‘tirib, bonuslar yig‘ish qulayroq bo‘ldi.

📈 2019-yilda 110 mln. donadan ko‘proq Redmi Note seriyasidagi smartfonlar sotilgan. Bu haqida Xiaomi e’lon qildi.

#mobiltexnologiyalar
Hurmatli abonentlar, endi Mobiuz abonentlari 1003 qisqa raqamiga bepul qo‘ng‘iroq qilishi mumkin!

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi call-markazining 1003 yagona raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, koronavirus bo‘yicha mutaxassislar maslahatlarini olishingiz hamda uni profilaktikasi bo‘yicha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#mobiuz #muhim
Hurmatli abonentlar, koronavirus pandemiyasi bo‘yicha aniq ma’lumotlarni olishingiz yanada qulay bo‘lishi uchun quyidagi yangiliklar web-saytlariga kirilganda megabaytlaringiz sarflanmaydi:

✔️ Daryo.uz
✔️ Kun.uz
✔️ Uznews.uz
✔️ Gazeta.uz
✔️ Podrobno.uz
✔️ Uzreport.news
✔️ Xabar.uz

Bundan tashqari, yoshlar, ota-onalar va pedagoglarga qulay bo‘lishi uchun quyidagi saytlarga kirishda ham MB narxlanmaydi:

👉 Edumarket.uz
👉 Online-maktab.uz
👉 Talim.uzedu.uz
👉 Utube.uz
👉 Itschool.uz

Batafsil ma’lumot saytimizda joylashtirilgan: https://company.mobi.uz/uz/press/2020/20748/

#mobiuz #muhim
Mobiuz texnik rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni davom etmoqda. 10 kun ichida operator respublika bo‘yicha 32 ta yangi baza stansiyasini ishga tushirdi!

✔️ Toshkent sh.:

👉 Bektemir tumani: Ohangaron shossesi hamda Bayqaro ko‘chasida;

👉 Mirobod tumani: Bexterev, Qizil Arvat, Matbuotchilar, Nukus, T. Shevchenko, Shahrisabz ko‘chalarida;

👉 Mirzo-Ulug‘bek tumani: S. Azimov, Sho‘rtepa ko‘chalari, M. Ulug‘bek shoh ko‘chasi hamda Yalang‘och mavzesida;

👉 Sergeli tumani Oldin Vodiy ko‘chasida;

👉 Yunusobod tumani: A. Donish, Moyqo‘rg‘on, Chimkent trakti ko‘chasida;

👉 Yakkasaroy tumani: A. Kahhor, Bobur, Farhod. U. Nosir, Shohjahon ko‘chalarida;

👉 Yashnobod tumani: Aviasozlar, Lisunov, Mirsharipov, Mo‘ynoq, Musoxonov, Quruvchilar ko‘chalarida;

✔️ Jizzax viloyati, Jizzax shahri, I. Karimov shoh ko‘chasida;

✔️ Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Yuqori Arabxona QFY’da;

✔️ Toshkent viloyati;

👉 Qibray tumani, Salar qishlog‘ida;

👉 Toshkent tumani, Guliston QFY’da.

#mobiuz #BS
📣📣📣 Bahor va yangilanish ayyomi Navro‘z munosabati bilan ajoyib taklif!

Faqat 20-martdan 31-martgacha 1 000 MB va 2 000 MB Internet-to‘plamlari ikki baravar arzon – tegishli ravishda 11 000 so‘m va 16 500 so‘m! Xohlagancha to‘plamni faollashtiring va Internetdan zavqlanib foydalaning!

Maxsus faollashtirish kodlari:
1 000 MB – *102*2019#
2 000 MB – *102*2006#

#mobiuz #aksiya
Mobiuz jamoasi barchangizni bahor va yangilanish ayyomi Navro‘z bilan muborakbod etadi!

Asrlar davomida u shodlik, ezgulik olib kelgan, insonlarga umid bergan, barchani birlashtirgan. U yaxshilik, soflanish, ezgu niyatlar ramzi.

Siz va yaqinlaringizga qalb uyg’unligi, sihat-salomatlik, ravnaq va ezgu niyatlaringiz amalga oshishini tilab qolamiz! Xonadoningizdan tinchlik va oilangizdan baxt-saodat arimasin!
Hurmatli abonentlar, koronavirusga qarshi karantin chora-tadbirlari doirasida kompaniyaning Toshkent shahridagi mini ofislari 23-martdan boshlab vaqtinchalik faoliyat olib bormasligini ma’lum qilamiz.

Imkoniyatlarini 50% ga jalb qilgan holda poytaxtdagi qiyudagi Xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini davom ettiradi:

- Yunosobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 24-uy;
- Shayhontohur tumani, Shayhontohur ko‘chasi, 16-“A” uy (Labzak).

Qolgan viloyatlarda kompaniyaga qarashli ofislar ishini odatiy tartibda davom ettiradi.

Iloji boricha kompaniyaga murojaat qilishning masofaviy uslublaridan foydalanishni – call-markazga qo‘ng‘iroq qilish, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga va saytdagi teskari aloqa shakliga yozishni iltimos qilamiz.

#mobiuz #muhim
Hurmatli abonentlar, “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga ko‘ra, 2 oy davomida Internet tarmog‘i va (stasionar) telefon aloqasi o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ushbu hujjatda belgilangan tartib mobil aloqa xizmatlari, shu jumladan Mobiuz ko‘rsatayotgan xizmatlar uchun amal qilmaydi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha barcha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshir zarur.

Eslatib o‘tamiz, Mobiuz avvalroq bir qator OAV web-saytlariga (daryo.uz, kun.uz, gazeta.uz, podrobno.uz, uzreport.news, xabar.uz, uznews.uz) hamda quyidagi axborot-ta’lim saytlariga kirishni bepul qildi:
edumarket.uz
online-maktab.uz
talim.uzedu.uz
utube.uz
itschool.uz
uzedu.uz
xtv.uz
eduportal.uz
kitob.uz
pm.xtv.uz
xt.uzedu.uz
stat.uzedu.uz
emis.uzedu.uz
kundalik.com.

Koronavirus bo'yicha call-markazining yagona 1003 raqamiga qo'ng'iroqlar bepul.

Bundan tashqari, 1000 MB va 2000 MB Internet-to‘plamlarini ikki baravar arzonlashtirdik.
Mobiuz mobil operatori shu kunlarda ishga tushirgan yangi baza stansiyalari manzillari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tamiz.

👉 Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Qoratosh ko‘chasi.

👉 Surxondaryo viloyati, Termiz sh., Muqimiy, Yu. Rajabiy, A.Temur ko‘chalari.

👉 Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, O‘zbekiston va O‘zbekiston ovozi ko‘chalari hamda Qarshi tumani, “Chorgumbaz” QFY.

Yangiliklarimizni kuzatib boring!

#mobiuz #BS
Hurmatli abonentlar, shu kunlarda Mobiuz bonus megabaytlar va daqiqalar berayotgani, buning uchun boshqalarga ushbu xabarni yuborish kerakligi haqidagi spam-xabarlar tarqatilmoqda.

Bunday spamlarga ishonmaslikni hamda ularni tanishlarga tarqatmaslikni ILTIMOS QILAMIZ!

Kompaniya o‘tkazib kelayotgan barcha aksiya, tanlov, o‘yinlar haqidagi ma’lumot, eng avvalo, kompaniyaning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali elon qilinadi.

Ogoh bo‘ling va firibgarlarga ishonmang!

#muhim
www.mobi.uz – Mobiuz mobil operatorining rasmiy web-sayti bo‘lib, unda kompaniya faoliyatiga doir barcha yangilik va ma’lumotlar joylashtirilgan. Ushbu web-resursimiz haqidagi fikrlaringiz biz uchun juda qiziq va uni yanada takomillashtirishimizga xizmat qiladi.

So‘rov bu yerda o‘tkazilmoqda: https://forms.gle/6zgDwgPu371KusW88

#mobiuz #sorov
Barcha xizmatlarni uydan turib boshqaring!🙃

Sizlarga Mobiuz’ning tarif rejalari, Internet-to‘plamlari va xizmatlari bo‘yicha foydali ma’lumotlarni eslatishni lozim topdik. Ushbu 👇 rasmlarni saqlab olib kerakli paytda foydalaning.

#mobiuz #foydali
Mobiuz har oy abonentlarga tarmoq ichida bepul suhbatlashish uchun umumiy hisobda milliardlab daqiqalarni bepul taqdim etishini bilasizmi?

Noyob “Super 0” xizmati bilan Mobiuz abonenti kompaniyaning boshqa abonentlari bilan bepul suhbatlashsa bo‘ladi. U ko‘plab tarif rejalarida faollashtirilishi mumkin va doimiy tarzda amal qiladi! Xizmatni ulash uchun bir martagina 4210 so‘mlik haq olinadi xolos!

Mobiuz xizmatlaridan foydalanib, yaqinlaringiz bilan doim aloqada bo‘ling!

#mobiuz #uydaqoling
10 kun ichida – 19-martdan 28-martgacha – Mobiuz respublika bo‘yicha 57 ta yangi baza stansiyasini ishga tushirdi!

Aloqada bo‘lishingiz biz uchun muhim. Shu sababli texnik rivojlanish rejalarimizni, ayniqsa qishloq hududlarida tezkorlik bilan amalga oshiryapmiz.

Quyidagi hududlarda baza stansiyalari o‘rnatildi:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus shahri (To‘rtko‘l shossesi va Aimbetov ko‘chasi), Kegeyli (Qozonkent qishlog‘i), Nukus (Bestyube, Taqirko‘l qishloqlari), Qorauzoq (Qorabug‘a qishlog‘i) tumanlari.

👉 Toshkent shahri: Mirzo Ulug‘bek (Aerodrom ko‘chasi) va Yakkasaroy (Bobur ko‘chasi) tumanlari.

👉 Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, Solin qishlog‘i.

👉 Qashqadaryo viloyati: Qarshi shahri (Jayhun, Qamandi ko‘chalari, Aranxona mavzesi), Qarshi (Lag‘mon, Saroy, Pistakent qishloqlari), Shahrisabz (Kutchi qishlog‘i) tumanlari.

👉 Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Boshquduq qishlog‘i.

👉 Surxondaryo viloyati: Termiz shahri (Haitqulov, Uvaysiy, M.Qashqariy ko‘chalari), Angor (Gulzor va Gilambog‘ mahallalari, Angor qishlog‘i), Boysun (Omonxona qishlog‘i), Denov (Denov shahrining Mustaqillik. N.Mirzayev, N.Rahimov ko‘chalari, Lochin sanatoriyasi, Hazarbog‘, Yangibog‘ qishloqlari), Jarqo‘rg‘on (Tolachi ko‘chasi), Oltinsoy (Batash qislog‘i va Ekraz mahallasi), Sariosiyo (Beruniy ko‘chasi, Kenguzar mahallasi), Termiz (Termiz xalqaro aeroporti, Namuna mahallasi, Uchqizil qishlog‘i), Uzun (Dazira, Uzun qishloqlari), Qiziriq (Qiziriq qishlog‘i), Qumqo‘rg‘on (Munchoqtepa, Guliston mahallalari, markaziy bozor) tumanlari.

👉 Toshkent viloyati: Chinoz (Chinoz shahridagi Samaqand ko‘chasi) va Yangiyo‘l (Niyozboshi qo‘rg‘oni) tumanlari.

👉 Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Qiziltepa qishlog‘i.

👉 Xorazm viloyati: Urganch shahri (Baynalminalchi va Bahodirxon ko‘chalari), Bog‘ot (Dehqonbozor qishlog‘i), Urganch (moshina traktor parki), Xonqa (Kattajarmiz qishlog‘i) tumanlari.
Mobiuz abonenti bo'lgan yaqinlaringizga megabayt sovg'a qilib, hursand qilmoqchimisiz?

Unda ajoyib imkoniyatdan foydalaning! O'z plastik kartangizdan ularga Internet-to'plamlar yoki xizmatlar xarid qilib bering!

Buning uchun Click mobil banking tizimi (mobil ilova, https://t.me/clickuz Telegram-boti yoki *880# USSD-kodi) orqali Internet-to'plamlar bo'limiga kiring, kerakli hajm/xizmatni tanlang va yaqiningiz telefon raqamini ko'rsatib o'ting. Uning raqamida sovg'angiz yoqiladi!

Eng muhimi, oylik Internet-to'plam faollashtirilganda xuddi shunday tungi Internet-to'plam bonus sifatida beriladi!

Uyda turib, sovg'alar ulashing! Mobiuz bilan bu juda oson!

#mobiuz #qulay #uydaqoling