#bolalar_ombudsmani
#bola_huquqlari
#bola_manfaatlari
❕Bugungi kunda bola huquqlarini himoya qilishga oid davlat siyosati sohada ko‘plab dolzarb masalalarni hal etishni taqozo etmoqda. Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) etib saylanish ortidan shunday ulkan mas’uliyat zimmamga yuklanayapti.
📌 O‘tgan qisqa davr ichida davlatimizda bola huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bolalarni majburiy mehnatga jalb qilinmasligidan tortib turli zo‘ravonliklarga chek qo‘yish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralar ko‘rildi.
🖇 Shu bilan birga, bugun bolalarning shaxsiy va ijtimoiy huquqlari:
– uzluksiz va sifatli ta’limga bo‘lgan huquqi;
– hayoti va sog‘lig‘i uchun;
– jismoniy va ma’naviy salomatligi uchun xavfsiz shart-sharoitga bo‘lgan huquqi va boshqa ajralmas kafolatlarini ta’minlash mexanizmi yanada izchil va ta’sirchan tashkil etilishi zarur.
Bu borada Bolalar ombudsmanining birlamchi vazifasi – bola manfaatlariga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini olib borish bo‘lib, mazkur jarayonda:
▫️Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlangan bola huquqlari ta’minlanishi darajasi qanday?
▫️Bolalar manfaatlariga rioya etishda bugungi kunda alohida e’tibor qaratishni talab etadigan tizimli muammolar va ularning yechimlari nimadan iborat?
Aynan ana shu masalalar faoliyatimizning asosiy funksional yo‘nalishini belgilaydi.
Albatta, bola huquqlarini himoya qilish sohasida parlament, mutasaddi davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, faol jamoatchilik vakillari va OAV – barchamiz bor sa’y-harakatlarni birlashtirishimiz muhim.
Shu nuqtai nazardan Bolalar ombudsmani farzandlarimiz manfaatlariga e’tiborsiz bo‘lmagan jamiyatimizning har qanday faol a’zolari bilan hamkorlikka va muloqotga ochiqdir.
Shubhasiz, bolalar manfaatlarini himoya qilish vazifasi – ulkan mas’uliyat, lekin shu bilan birga, sharafli missiya hamdir. Mazkur vazifaga munosib bo‘lish uchun jamoamiz bilan barcha kuch va imkoniyatni ishga solamiz.

#xorijiy_murojaat #bola_manfaatlari
📌 Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) nomiga joriy yilning 9-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Bolalar ombudsmanining murojaati kelib tushdi.
📃 Murojaatda O‘zbekiston fuqarosi N.Q (ayol) 20 yil avval doimiy yashash uchun Rossiya Federatsiyasining Qozon shahriga kelganligi, yong‘in oqibatida uning fuqarolik pasporti yonib ketganligi va RFda hech qanday hujjatlarsiz yashaganligi, N.Q. da bu vaqt davomida 6 nafar farzandi tug‘ilganligi, Qozon shahri tuman sudining qarori bilan u farzandlari bilan shu yilning 5-mart kuni RFdan majburan chiqarib yuborilganligi aytilgan.
❕Shu bilan birga, Tatariston Bolalar ombudsmani hozirda N.Q. 6 nafar farzandi bilan Toshkent shahrida boshpanasiz va pulsiz og‘ir ahvolda ekanligini va bu oila ijtimoiy hamda boshqa turdagi yordamga nihoyatda muhtojligini bildirgan.
Bolalar ombudsmani xorijiy so‘rovda bayon etilgan holatni atroflicha o‘rganib, vaziyat yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilishi uchun Ijtimoiy himoya milliy agentligiga va IIVga so‘rov yubordi.
Agentlik tomonidan ushbu murakkab holat kompleks ravishda atroflicha o‘rganilib, N.Q. va uning 6 nafar farzandiga qator muammoli masalalarda manzilli ko‘mak ko‘rsatildi✅.
🖇 Jumladan, joriy yilning aprel oyida ayol va uning farzandlari uchun eng zaruriy birinchi navbatdagi ko‘mak ko‘rsatilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa maishiy ehtiyojlari ta’minlandi hamda bugungi kunda bu borada ko‘mak davom ettirilmoqda.
📍Muhimi, Agentlik sa’y-harakatlari bilan 26-aprel kuni oila vaqtincha boshpana uy-joyga joylashtirildi.
Shuningdek, IIV tomonidan 24-aprel kuni N.Q. ga va uning voyaga yetgan farzandi I.Q. (2006-yilda tug‘ilgan) ga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirib berildi📑.
N.Q. farzandlari bilan RFning Tatariston Respublikasiga tez kunda qaytish va farzandlari u yerda o‘z ta’limini davom ettirishi istagida ekanligidan kelib chiqib, hozirda uning barcha farzandlariga (2009-yilda tug‘ilgan L.Q., 2011-yilda tug‘ilgan R.Q., 2015-yilda tug‘ilgan I.Q., 2017-yilda tug‘ilgan I.K., 2022-yilda tug‘ilgan A.Q.) xorijga chiqish pasportlari rasmiylashtirish jarayonidadir.
O‘z navbatida, Bolalar ombudsmani xorijiy hamkasbi bilan N.Q. ning RF Qozon shahri sudining deportatsiyaga oid qarorining yuqori instansiyada qayta ko‘rilishida N.Q. va uning RFda tug‘ilgan farzandlarining qonuniy manfaatlarini himoyalash yuzasidan huquqiy ko‘mak ko‘rsatilishiga oid muzokaralar olib bormoqda.
Telegram|Facebook|Instagram|X

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaatlari #bolalar_ombudsmani
📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.
📍Bugungi qabul davomida:
1⃣ ona bolani tarbiyalashda yetarli imkoniyatlarga ega emasligi, otaning bola tarbiyasida ishtirok etishiga muttasil qarshilik ko‘rsatib kelayotganligi hamda bolani yashash joyini belgilash masalasi yuzasidan;
2⃣ ona o‘zining voyaga yetmagan sog‘lom farzandini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizganligi, bir necha yil avval bolaga pichoq bilan jarohatlagani va hozirda bolani tilanchilikka majburlayotgani tufayli uni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi yuzasidan;
3⃣ tashlab ketilgan 2 nafar egizak bolalarni parvarish qilayotgan vasiyni patronaj shaklidagi vasiylikka o‘tkazish orqali uni qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mutasaddi idoralar bilan birga tizimli ravishda o‘rganishni boshladi✅.
Telegram|Facebook|Instagram|X
📍Bugungi qabul davomida:
Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mutasaddi idoralar bilan birga tizimli ravishda o‘rganishni boshladi✅.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonuniy_chora_korish_jarayonidan
#bola_manfaatlari_qonun_himoyasida
⚡ Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumanida yashovchi ayol N.A. o‘zining uyida voyaga yetmagan Ch.T. ni 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zo‘rlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
❕Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura mazkur holatni nazoratga olgan bo‘lib, viloyat prokuraturasi tomonidan tuzilgan tergov guruhi jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergovni olib borgan.
🖇 Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida voyaga yetmagan (2009-yilda tug‘ilgan qiz) ga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
📍Joriy yil 8-aprel kuni sud ishni har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda, mavjud dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchilarni aybli deb topdi.
❗️ Jumladan, sudlanuvchi N.A. (ayol) JKning 135-moddasi 3-qismining “a,g” bandlari (Odam savdosi) hamda 127- moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
❗️ Sudlanuvchilar A.F. (erkak) va Sh.U. (erkak) JKning 118-moddasi 3-qismining “a” bandi (Nomusga tegish), 135-moddasi 3-qismining “a,g” bandlari (Odam savdosi), 127-moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan aybli deb topilib, ularga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.
📌 Mazkur hukm yuzasidan sudlanuvchilar tomonidan apellyatsiya tartibida shikoyat berilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati sudi apellyatsiya tartibida mazkur shikoyatlarni ko‘rib chiqdi va birinchi instansiya sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.
🔸Ta’kidlash joizki, bu toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm bo‘yicha mahkumlarga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va jazo to‘liq o‘taladi.
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi Ch.T. ga jinoyat ishi yurituvi davomida va hozirda Bolalar ombudsmani va tegishli tashkilotlar tomonidan zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Telegram|Facebook|Instagram|X
#bola_manfaatlari_qonun_himoyasida
❕Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura mazkur holatni nazoratga olgan bo‘lib, viloyat prokuraturasi tomonidan tuzilgan tergov guruhi jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergovni olib borgan.
🖇 Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida voyaga yetmagan (2009-yilda tug‘ilgan qiz) ga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
📍Joriy yil 8-aprel kuni sud ishni har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda, mavjud dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchilarni aybli deb topdi.
🔸Ta’kidlash joizki, bu toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm bo‘yicha mahkumlarga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va jazo to‘liq o‘taladi.
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi Ch.T. ga jinoyat ishi yurituvi davomida va hozirda Bolalar ombudsmani va tegishli tashkilotlar tomonidan zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
#odam_savdosi
⚡️⚡️24-noyabr kuni Bolalar ombudsmaniga Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi voyaga yetmagan Ch.T. ning murojaati kelib tushdi. Unga ko‘ra, 2009-yilda tug‘ilgan bu qizaloqni 2023-yilning may oyidan 15-noyabr kuniga qadar Shaxrisabz…

#qabul #bola_manfaatlari
🗓️ Bugun, 24-iyul kuni Bolalar ombudsmani bola huquqlariga oid masalalar yuzasidan murojaatchilar bilan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
🗣️ Bugungi qabul jarayonida:
☑️ 2 nafar voyaga yetmagan bolaning fuqaroligini tiklash masalasiga oid sud majlisida ishtirok yuzasidan;
☑️ bolaning yoshi 12 da bo‘lsada, sudda uning ota-onalardan qay biri bilan yashashi borasidagi fikri inobatga olinmayotganligi yuzasidan;
☑️ noto‘g‘ri tashhis oqibatida bolaga nojoiz tibbiy davolash kursi tufayli uning ahvoli yomonlashib borayotganligi yuzasidan;
☑️ turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng chuqur depressiya holati tufayli ona o‘z farzandiga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazayotganligi yuzasidan;
☑️ nevarasini maktabga joylashtirishda qator to‘siqlarga uchrayotganligiga oid;
☑️ ona farzandi ta’lim olishida to‘sqinlik qilayotganligi masalasi yuzasidan;
☑️ bola onasi bilan boshqa davlatga yashash uchun ketayotganligi va otasi ruxsat bermayotganligiga oid;
☑️ iste’dodli va ko‘plab yutuqlarga erishgan bo‘lsada, o‘smir qizni iqtidorli yoshlar guruhida e’tirof etilmayotganligi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.
🟢 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
🗓️ Bugun, 24-iyul kuni Bolalar ombudsmani bola huquqlariga oid masalalar yuzasidan murojaatchilar bilan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
🗣️ Bugungi qabul jarayonida:
☑️ 2 nafar voyaga yetmagan bolaning fuqaroligini tiklash masalasiga oid sud majlisida ishtirok yuzasidan;
☑️ bolaning yoshi 12 da bo‘lsada, sudda uning ota-onalardan qay biri bilan yashashi borasidagi fikri inobatga olinmayotganligi yuzasidan;
☑️ noto‘g‘ri tashhis oqibatida bolaga nojoiz tibbiy davolash kursi tufayli uning ahvoli yomonlashib borayotganligi yuzasidan;
☑️ turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng chuqur depressiya holati tufayli ona o‘z farzandiga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazayotganligi yuzasidan;
☑️ nevarasini maktabga joylashtirishda qator to‘siqlarga uchrayotganligiga oid;
☑️ ona farzandi ta’lim olishida to‘sqinlik qilayotganligi masalasi yuzasidan;
☑️ bola onasi bilan boshqa davlatga yashash uchun ketayotganligi va otasi ruxsat bermayotganligiga oid;
☑️ iste’dodli va ko‘plab yutuqlarga erishgan bo‘lsada, o‘smir qizni iqtidorli yoshlar guruhida e’tirof etilmayotganligi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat #bola_manfaatlari
📌 Bolalar ombudsmani shaxsiy qabuliga Sirdaryo viloyatida yashovchi D.D. (ayol) kelib, fuqaro F.D. bilan turmushidan 2 nafar farzandi D.I. va D.M. lar borligi, oilaviy kelishmovchiliklar sabab hozirda birga yashamasligini, turmush o‘rtogi F.D.dan bolalar foydasiga aliment undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i mavjud bo‘lsada, lekin F.D. bugungi kunga qadar aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelayotganligini bildirdi.
🖇️ Shuningdek, D.D. sobiq turmush o‘rtog‘ining sudning hal qiluv qarori asosida bo‘lsada, farzandlari bilan ko‘rishish uchun olib ketishi va qaytarib olib kelishiga jiddiy xavotiri borligi tufayli bu jarayonni nazoratda ta’minlanishida yordam so‘ragan.
❕ Bolalar ombudsmanining Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yo‘llagan so‘rovi asosida mazkur holat atroflicha o‘rganildi va choralar ko‘rildi.
⚪️ Xususan, ijro harakatlari davomida qarzdor F.D. ning nomida avtotransport vositasi hamda ko‘chmas mulki borligi aniqlanib, taqiq qo‘yilgan hamda qarzdorning mamlakat hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklandi.
🔸Shuningdek, ijro harakatlari davomida qarzdordan joriy yilning 12-iyul kuni alimentdan bo‘lgan qarzdorlik summasining 90% D.D. ga undirilib berildi.
☑️ Hozirda F.D. ning alimentdan bo‘lgan qoldiq qarzdorligini
undirish yuzasidan harakatlar davom etib, shuningdek, bolalarning ota bilan uchrashuvlari bola manfaatlariga zid bo‘lmagan tarzda ta’minlanishiga oid choralar ko‘rilmoqda.
Telegram|Facebook|Instagram|X
🖇️ Shuningdek, D.D. sobiq turmush o‘rtog‘ining sudning hal qiluv qarori asosida bo‘lsada, farzandlari bilan ko‘rishish uchun olib ketishi va qaytarib olib kelishiga jiddiy xavotiri borligi tufayli bu jarayonni nazoratda ta’minlanishida yordam so‘ragan.
⚪️ Xususan, ijro harakatlari davomida qarzdor F.D. ning nomida avtotransport vositasi hamda ko‘chmas mulki borligi aniqlanib, taqiq qo‘yilgan hamda qarzdorning mamlakat hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklandi.
🔸Shuningdek, ijro harakatlari davomida qarzdordan joriy yilning 12-iyul kuni alimentdan bo‘lgan qarzdorlik summasining 90% D.D. ga undirilib berildi.
☑️ Hozirda F.D. ning alimentdan bo‘lgan qoldiq qarzdorligini
undirish yuzasidan harakatlar davom etib, shuningdek, bolalarning ota bilan uchrashuvlari bola manfaatlariga zid bo‘lmagan tarzda ta’minlanishiga oid choralar ko‘rilmoqda.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#protest #bola_manfaatlari
🖇 Bolalar ombudsmani o‘z vakolati doirasida jinsiy jinoyatda jabrlanuvchi bo‘lgan bola manfaatlari nuqtai nazaridan 2012-yilda tug‘ilgan Sh.A. (qiz bola) ga nisbatan sodir etilgan, JKning 119-moddasi 4-qismi va 137-moddasi 2-qismi “a” bandida ko‘zda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha A.R. (erkak)ga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2024-yil 10-iyundagi hukmi va Samarqand viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2024-yil 16-iyul kunidagi ajrimini o‘rgandi.
📃 Mazkur sud hujjatlariga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi hukmi bilan A.R. aybdor deb topilib, unga nisbatan JKning 119-moddasi 4-qismi bilan 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 137-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, JKning 59-moddasiga asosan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.
🔹Biroq Samarqand viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya tartibidagi ajrimida (sudlanuvchining apellyatsiya shikoyati asosida) birinchi instansiya sudi A.R. ga nisbatan JKning 119-moddasi 4-qismi bilan ozodlikdan mahrum qilish jazo tayinlashda og‘irroq jazo tayinlagan deb hisoblab, sudlanuvchi A.R. ga JKning 119-moddasi 4-qismi sanksiyasi doirasida (19 yildan 15 yilga o‘zgartirib) yengilroq jazo tayinlagan.
O‘z navbatida, Bolalar ombudsmani o‘z vakolati doirasida apellyatsiya instansiyasining mazkur ajrimi bilan jinoiy jazo yengillashtirilishi bola manfaatlariga zid deb hisoblab, bu bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga taftish tartibida protest kiritishga oid iltimosnoma kiritdi❕
⚪️ Buning asosida sud hujjatlari Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganildi va Bolalar ombudsmani pozitsiyasi quvvatlanib, A.R. ga nisbatan JKning 119-moddasi 4-qismi bilan tayinlangan jazosi asossiz kamaytirganligi munosabati bilan ajrimni bekor qilish hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2024-yil 10-iyundagi hukmini o‘zgarishsiz qoldirish haqida joriy yilning 3-avgust kuni taftish tartibida protest kiritildi.
Bolalar ombudsmani mazkur ishning taftish instansiyasi sudida ko‘rilishi jarayonida bola manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Aytish muhimki, bugungi kunda sudlarimizda bola huquqlarini ishonchli ta’minlash borasida qat’iyat va bolaning eng ustun manfaatlarini himoya qilishga ustuvorlik yondashuvi mustahkamlanishi va bu borada respublikada yagona sud amaliyoti shakllanishi zarur‼️

Ma’lumot uchun:
📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com
Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com
Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
#murojaat #bola_manfaatlari
📝 Bolalar ombudsmaniga Surxondaryo viloyatida yashovchi A.N. (erkak) ning murojaati kelib tushdi.
🖇️ Murojaatida A.N. voyaga yetmagan farzandi Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashini, bog‘cha binosi yaqinda qurilgan bo‘lsada, ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganligi, binoda sovutish tizimlari yo‘qligi, yoz kunlarida xonalar haddan ziyod issiqligi, bu esa bolalar sog‘lig‘i uchun xavfli ekanligi, shuningdek, muassasa hovlisidagi barcha daraxtlar ham sug‘orishsiz qurib qolganini bildirgan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganildi❕
📌 O‘rganish davomida murojaatdagi holat tasdig‘ini topib, maktabgacha ta’lim tashkiloti xonalariga 4 dona sovutgich texnikasi o‘rnatildi.
🚰Shuningdek, bog‘chada ichimlik suvi saqlanadigan 4 tonna sig‘imidagi maxsus inshoot toza ichimlik suvi bilan to‘ldirilishi ta’minlandi.
☑️ Shu bilan birga, muassasa joylashgan hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish va daraxtlarni sug‘orish uchun suv mavjud emasligi sababli daraxtlar maxsus texnika orqali olib kelinadigan suv bilan sug‘orilishi ma’lum bo‘ldi.
🔷 Hozirda hududiy byudjetdan 2024-yil xarajatlar smetasiga mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga mablag‘ ajratilishi va 980 metr uzoqlikdan toza ichimlik suvi quvuri tortilib, bog‘cha toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan, buning ijrosi ustidan viloyat prokuraturasi nazorat olib boradi.
Bolalar ombudsmani bu borada o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
📝 Bolalar ombudsmaniga Surxondaryo viloyatida yashovchi A.N. (erkak) ning murojaati kelib tushdi.
🖇️ Murojaatida A.N. voyaga yetmagan farzandi Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashini, bog‘cha binosi yaqinda qurilgan bo‘lsada, ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganligi, binoda sovutish tizimlari yo‘qligi, yoz kunlarida xonalar haddan ziyod issiqligi, bu esa bolalar sog‘lig‘i uchun xavfli ekanligi, shuningdek, muassasa hovlisidagi barcha daraxtlar ham sug‘orishsiz qurib qolganini bildirgan.
Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida mazkur holat Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganildi
🚰Shuningdek, bog‘chada ichimlik suvi saqlanadigan 4 tonna sig‘imidagi maxsus inshoot toza ichimlik suvi bilan to‘ldirilishi ta’minlandi.
☑️ Shu bilan birga, muassasa joylashgan hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish va daraxtlarni sug‘orish uchun suv mavjud emasligi sababli daraxtlar maxsus texnika orqali olib kelinadigan suv bilan sug‘orilishi ma’lum bo‘ldi.
🔷 Hozirda hududiy byudjetdan 2024-yil xarajatlar smetasiga mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga mablag‘ ajratilishi va 980 metr uzoqlikdan toza ichimlik suvi quvuri tortilib, bog‘cha toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan, buning ijrosi ustidan viloyat prokuraturasi nazorat olib boradi.
Bolalar ombudsmani bu borada o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bolalar #bola_manfaatlari
🖇️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
📌 Qabul davomida:
1️⃣ maktabda o‘qituvchi va direktor tomonidan 1-sinf o‘quvchilariga ruhiy zo‘ravonlik va bosim o‘tkazilayotganligi, shuningdek, maktab o‘qituvchilari o‘z mutaxassisligi bo‘lmagan fanlardan dars berayotganiga oid;
2️⃣ Bolani yashash joyini belgilashga oid sud qarori ijrosini yashash joyida emas, maktabdagi bo‘layotgan dars jarayonida amalga oshirilishi yuzasidan;
3️⃣ tunda aholi yashaydigan ko‘p qavatli uyda joylashgan restoran 24 soat ishlashi natijasidagi shovqin oqibatida bolalarning dam olish huquqi buzilayotganligiga oid;
4️⃣ Farzandiga maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi tomonidan o‘tkazilgan tazyiq va bunga bog‘cha ma’muriyatining befarqligi masalasi yuzasidan;
5️⃣ ota-ona ajrimidan so‘ng bolaning otasi va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi, bola nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotganligi va unga yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmasligiga oid;
6️⃣ ajrimdan keyin ona bilan yashayotgan kichik yoshdagi bolalarni sog‘lig‘i yuzasidan yetarli g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmayotganligiga oid;
7️⃣ Professional sport bilan shug‘ullanayotgan bolaga onasi tomonidan ruhiy bosim o‘tkazilib, uning sportda intilishlariga to‘sqinlik qilayotganliga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
🔸Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

#qabul #bola_huquqlari #bola_manfaatlari
🗣️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
🖇️ Qabul davomida:
1️⃣ Voyaga yetmagan qizni bexabarligidan foydalanib, yaqin qarindoshi uni o‘z jinoyatiga ko‘makka jalb qilganligi yuzasidan;
2️⃣ Turli asossiz vajlar bilan qizlarini 3 yildan beri maktabga qo‘ymay, ularni ta’limga bo‘lgan huquqini buzayotgan ota-onaga jiddiy chora ko‘rish zarurligiga oid;
3️⃣ Ota-ona ajrimidan so‘ng bolani yashash joyini belgilash va yaqin qarindoshlari bilan uchrashish huquqi buzilayotganligi yuzasidan;
4️⃣ Logoped-defektolog muolajadan so‘ng qo‘pol harakatlar bilan bolaga zarar yetkazganligiga oid;
5️⃣ Oilaviy nizo tufayli ota 3 nafar kichik yoshdagi farzandini olib ketib, ularni onasi bilan ko‘rishishga to‘sqinlik qilayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Mazkur holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganishni boshladi☑️.

#qabul #bola_manfaatlari #Bolalar_ombudsmani
🖇️ Kuni kecha Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar bilan kelgan fuqarolarning navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
📍Qabulga kelganlar quyidagi masalalar yuzasidan murojaat qildilar:
🔸9 yosh o‘quvchining xulqida jiddiy og‘ishlar bo‘layotganligi, sinfdoshlariga nisbatan nojo‘ya harakatlar qilayotganligi,
uning oilaviy muhiti barqaror emasligi, oqibatda esa boshqa o‘quvchilarning ta’limiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi yuzasidan;
🔹sud ajrimidan so‘ng ham bolaning otasi o‘z vaqtida aliment to‘lamayotganligi, otalik majburiyatlarini bajarmayotganligi, mutassil ichkilikbozlikka mubtalo bo‘lganligi sababli uni otalik huquqidan mahrum qilish masalasini o‘rganishga oid;
🔸8-sinf o‘quvchisi darslarni o‘zlashtirmaganligi sababli sinfdan sinfga o‘tmay qolganligi va shu sababli diskriminatsiyaga uchrayotganligidan ruhiy tushkunlikda ekanligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
💬 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.