Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.98K subscribers
1.37K photos
68 videos
1 file
508 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

🖇Bugun Bolalar ombudsmani may oyida o‘zining beshinchi navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid murojaatlar bilan atroflicha ko‘rib chiqdi.

Jumladan, qabul davomida:

◽️voyaga yetmagan qiz xorijda yashab kelayotgan onasi bilan ko‘rishish uchun Koreya Respublikasiga borishi yuzasidan ota roziligini ololmayotganligiga oid;

◽️14 yoshli bolaga bulling oqibatida sinfdoshlaridan jiddiy tan jarohatlari yetkazilganligi yuzasidan;

◽️Maktabda pedagog va o‘quvchilarning ota-onalari o‘rtasidagi nizoning ta’lim jarayoniga salbiy ta’siri yuzasidan

◽️Bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqi jiddiy ravishda buzilayotganligi oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini

📌 Bolalar ombudsmani Xalqaro Nordik universiteti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, IDC (International Development Centre) markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 22-may kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Bolalar Ombudsmani sovrini» uchun fizika fanidan o‘tkazilgan olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🌍 Butun respublika hududlarida o'tkazilgan olimpiadada Xorazm viloyatidan 38 mingdan ortiq bolajonlar ishtirok etib, viloyatlar kesimida eng faol hududga aylandi.

Musobaqada Xorazm viloyatidan ishtirok etgan o‘quvchilar orasidan 46 nafari faxrli o‘rinlarni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar 🎊.

📜 Gʻolib o‘quvchilar viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda tuman, shahar hokimlari tomonidan e’tirof etilib, Bolalar ombudsmani sovrini olimpiadasida ishtirok sertifikatlari hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Sovrindor bolajonlarimizga kattadan-katta yutuqlar tilab qolamiz. O‘z ustingizda ishlashdan to‘xtamang!

Boshqa viloyatlarda sovrinlar topshirish marosimlari haqida ham ma’lumot berib boramiz.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini

📌 Bolalar ombudsmani Xalqaro Nordik universiteti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, IDC markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 22-may kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Bolalar Ombudsmani sovrini» uchun fizika fanidan o‘tkazilgan olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Hozirda barcha hududlarda mutasaddilar tomonidan sovrindorlarni taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, Buxoro tumani hokimi fizika fanidan o‘tkazilgan olimpiadamizda faxrli 2-o‘rinni egallagan Xalimov Akbarjonni tabriklab, qimmatbaho esdalik sovg‘alarini topshirdi🎁.

📍Ma’lumot uchun: Mazkur olimpiadada ishtirok etish uchun Buxoro tumanidan 191 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

📝 Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazib, bolalar manfaatlariga oid murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

1️⃣ bolaga muttasil ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq (bulling) va diskriminatsiya qilinayotganligi, maktab ma’muriyatining bunga befarqligi, buning oqibatida bolani ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetganligi yuzasidan;

2️⃣ onasi vafotidan so‘ng vasiy etib tayinlangan buvining bolaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmayotganligi hamda og‘ir jinoyat sodir etganligi tufayli otani otalik huquqidan mahrum qilish masalasi yuzasidan;

3️⃣ 15 yashar bola o‘zining yaqin qarindoshi tomonidan mehnat ekspluatatsiyasiga jalb qilinayotganligi yuzasidan;

4️⃣ xorijda tug‘ilib, u yerda 14 yil yashagan o‘smir qizni oilasi bilan O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng maktabda diskriminatsiyaga uchrayotganligi yuzasidan;

5️⃣ bolaning buvisi bilan ko‘rishish huquqini buzilishiga oid;

6️⃣ bolaning meros va uy-joyga egalik qilish huquqini buzilayotganligi masalasiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

🕘 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #murojaatlar #bola_manfaatlari #bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

📍Bugungi qabul davomida:

1⃣ ona bolani tarbiyalashda yetarli imkoniyatlarga ega emasligi, otaning bola tarbiyasida ishtirok etishiga muttasil qarshilik ko‘rsatib kelayotganligi hamda bolani yashash joyini belgilash masalasi yuzasidan;

2⃣ ona o‘zining voyaga yetmagan sog‘lom farzandini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizganligi, bir necha yil avval bolaga pichoq bilan jarohatlagani va hozirda bolani tilanchilikka majburlayotgani tufayli uni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi yuzasidan;

3⃣ tashlab ketilgan 2 nafar egizak bolalarni parvarish qilayotgan vasiyni patronaj shaklidagi vasiylikka o‘tkazish orqali uni qo‘llab-quvvatlash zarurati bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mutasaddi idoralar bilan birga tizimli ravishda o‘rganishni boshladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

📣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalarda qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi muloqotini o‘tkazdi.

Ko‘rib chiqilgan murojaatlar turlicha bo‘lsada, ularning barchasi bola huquqlarini jiddiy cheklanishiga oid holatlardir.

🖇 Xususan,

1️⃣ bolani rasmiy tarzda farzandlikka olgach ko‘p o‘tmay go‘dakni o‘z qarindoshlari tarbiyasiga topshirib ketganligi, 7 yildan so‘ng hozirda bolani olib ketib, uning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotganligi yuzasidan;

2️⃣ sud qarori bilan bolaning yashash joyi ona bilan belgilangan bo‘lsada, ona tomonidan bolaga yetarlicha parvarish ko‘rsatilmayotganligi sababli bola uydan tinimsiz qochib ketayotganligi va og‘ir ruhiy tushkunlik holatida ekanligiga doir;

3️⃣ shifokor noto‘g‘ri tashxis qo‘yganligi oqibatida bolaga nojoiz tibbiy davolash kursi natijasida uning ahvoli yomonlashib borayotganligi, bunga sababchi mutasaddilarga qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan;

4️⃣ oilaviy vaziyat tufayli ona o‘z bolasidan voz kechib, qarindoshiga farzandlikka berib ketganligi, keyinchalik oilaviy nizolar sababli bolani o‘z qaramog‘iga qaytarishga urinayotganligi yuzasidan;

5️⃣ bolaga ona tomonidan tazyiq o‘tkazilayotganligi, uning o‘qishi uchun yetarlicha sharoit yaratib berilmayotganligi yuzasidan uni onalik huquqini cheklashga oid;

6️⃣ bolaning uy-joyga egalik qilish huquqi buzilayotganligi masalasiga oid va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

7️⃣ Shu bilan birga Bolalar ombudsmaniga 2 nafar qiz shaxsan o‘zi murojaat qilib, 10 yoshga to‘lgan bo‘lsada, ularning kim bilan yashashni istashiga oid fikri sud protsessida inobatga olinmayotganligini bildirdi.

O‘tgan qabul davomida, shuningdek, onasi o‘z sog‘lom farzandini ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizganligi, bir necha yil avval bolaga og‘ir jarohat yetkazgani va hozirda uni tilanchilikka majburlayotgani masalasi yuzasidan murojaat qilgan bolaning (12 yosh) onasi bilan ham suhbat olib borilib, vaziyat atroflicha o‘rganildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zangiota #voyaga_yetmaganlar #bolalar_ombudsmani

📸 Bolalar ombudsmanining Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasiga monitoring tashrifidan fotolavha.

Telegram|Facebook|Instagram|X
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

🗣 Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan qabulga kelgan murojaatchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Jumladan,

🔹ota-ona nikohidan ajralganidan so‘ng bolani kim bilan yashashi masalasini sud belgilagan bo‘lsada, bolaning otasi bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi hamda bola onaning qarindoshlari tomonidan majburiy og‘ir mehnatga jalb qilinayotganligi yuzasidan;

🔸bolani rasmiy tarzda farzandlikka olgach ko‘p o‘tmay, go‘dakni o‘z qarindoshlari tarbiyasiga topshirib ketib, 7 yil o‘tib hozirda bolani olib ketgan va uning hayoti, sog‘lig‘iga xavf solayotgan vasiyning harakatlari yuzasidan;

🔹O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirligida yashab kelgan paytida bola boqib olganligi, hozirda O‘zbekistonga qaytib kelganida bolani shaxsiga oid hujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammo yuzasidan;

🔸Nabirasiga onasi tomonidan tan jarohati yetkazilganligi, shu sababli bolaning onasini onalik huquqini cheklashga oid;

🔹mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetganligi, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan;

🔸sud ajrimidan so‘ng bolaning otasi o‘z vaqtida aliment to‘lamayotganligi, sobiq turmush o‘rtog‘iga farzandini undan olib qo‘yishi bilan muntazam ravishda tahdid qilayotganligi sababli bola otasi bilan uchrashgan paytida psixolog yoki vasiylik organi vakili ishtirok etishi so‘rovi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

💬 Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
Photo
#ikkinchi_kun #Qoraqalpogiston #Bolalar_ombudsmani

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi monitoringimizning ikkinchi kunida Nukus shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 4-sonli maktab-internatida bo‘ldik.

👫 250 nafar bolaga mo‘ljallangan bu maskanda bugungi kunda 218 nafar bola tarbiyalanib kelinmoqda.

Internat o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, xalqaro hamkorlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, ular ko‘magida eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun nutqni rivojlantirishga mo‘ljallangan maxsus mashg‘ulot uskunalari va boshqa zamonaviy moslamalar bilan jihozlangan.

🖥 Jumladan, ushbu maskandagi bolalar ehtiyojlari inobatga olinib, 2 ta maxsus kompyuter xonasi, qo‘shimcha yuvinish xonalari yo‘lga qo‘yilgan.

E’tiborlisi, bu maskan mutaxassislari ham sohadagi zamonaviy texnologiya va uslublarni egallash, bolalar bilan yanada samarali ishlash maqsadida doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar.

📚Internat ma’muriyatining tashabbusi va faolligi natijasida muassasa kutubxonasidagi o‘zbek tilidagi maxsus kitoblarning aksariyati qoraqalpoq tiliga o‘girilib, chop etilmoqda.

🌈 Bolalar tomonidan turli yo‘nalishlarda yaratilgan ijod namunalari bilan tanishar ekanmiz, shunga amin bo‘ldikki, qanday xususiyatli bo‘lishidan qat’iy nazar har bir bola noyob iste’dodga ega, uni to‘g‘ri namoyon qilish esa faqat va faqat biz - kattalarga bog‘liqdir.

Shuningdek, monitoring davomida maktabda yuvinish xonalari yetarli emasligi, faollar zali tashkil etish zarurati borligi aniqlandi va hudud mutasaddilariga mazkur masalalar yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

📍Shuningdek, monitoring doirasida 10-sonli ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus “Nurli maskan” maktab-internatida bo‘ldik. Bu yerda hozirda 164 nafar voyaga yetmagan bola tarbiyalanmoqda.

🔗 Aytish kerakki, ushbu muassasada respublikada tiflotexnika bo‘yicha yagona vosita mavjud bo‘lib, uning ko‘magida tarbiyalanuvchilar uchun qator qulayliklar yaratilgan.
Brayl alifbosiga moslashgan bosmaxona ishlashi jarayoni, sinfxonalardagi zamonaviy I-5 rusumli kompyuterlarni, zamonaviy maxsus oftalmologik uskunalarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, oxirgi 2 yil ichida maskanda jiddiy ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini guvohi bo‘ldik.

🗣 Shu bilan birga, maktab-internatdagi qator muammoli masalalarda mutasaddilar bilan muloqot qildik.
Jumladan, oshxonaning kichikligi sababli tarbiyalanuvchilar 3 ta smenaga ajratilgan holda ovqatlanishi, yotoqxonadagi yotoqlar soni mavjud ehtiyojga nisbatan yetarli emasligi oqibatida xonalarga standartdan tashqari yotoq joylari o‘rnatilganligi muammo tug‘dirmoqda.

Mazkur masalalar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish uchun Bolalar ombudsmani tegishli mas’ul idoralarga o‘z taklif va ko‘rsatmalarini berdi. Hozirda bu borada tegishli ta’sir hujjatlari kiritilishi ta'minlanmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

Bolalar ombudsmani shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida qanday huquqlarga ega

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #aniqlangan_kamchiliklar #Bolalar_ombudsmani

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Bolalar ombudsmani tomonidan joriy yilning 18-19-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan monitoringi davomida mazkur hududda joylashgan 2-sonli tergov hibsxonasida bo‘lib, muassasada saqlanayotgan 2 nafar voyaga yetmagan X.X. va R.T. lar sharoitlari ko‘zdan kechirildi va ular bilan alohida suhbatlashildi.

Monitoring davomida mazkur voyaga yetmaganlar katta yoshli maxbuslar bilan bir kamerada saqlanayotganligi aniqlandi.
Qachonki xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka ko‘ra, hibsxonalarda voyaga yetmaganlar kattalardan ajratilgan tarzda saqlanishi shart bo‘lib, alohida holllardagina bunga prokuror roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

Bolalar ombudsmani monitoring doirasida aniqlagan ushbu qonun buzilishi yuzasidan yo‘llagan alohida so‘rovi asosida hibsxonadagi mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganildi☑️.

🟡 O‘rganishda aniqlanishicha, tergov hibsxonasi ma’muriyatining mutasaddi mansabdor shaxslari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2011-yildagi "Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida"gi Qonunning 41-moddasi talablariga rioya qilinmasdan, prokuror roziligini olmasdan turib, voyaga yetmaganlarni katta yoshli shaxslar bilan bir kamerada saqlanganligi uchun bu qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlarga "qattiq hayfsan" intizomiy jazosi qo‘llanildi.

📌 Tekshiruvda katta yoshli mahbuslar tomonidan voyaga yetmaganlar huquqlariga zarar yetkazish faktlari aniqlanmay, ayni paytda voyaga yetmaganlar katta yoshli shaxslardan alohida kameraga joylashtirilgan bo‘lib, hibsxona ma’muriyati qonun talablariga qat’iy rioya qilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Bolalar ombudsmani monitoring natijasida aniqlangan bola huquqlari buzilishi holatlari bartaraf etilishi ustidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hal_etilgan_murojaatlar #Bolalar_ombudsmani

📃Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahrida yashovchi I.N. va B.N. (ota-ona) murojaat etdi.

🖇 O‘z murojaatida ota-ona 2021-yilda tug‘ilgan farzandi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanishini, joriy yilning 29-iyun kuni navbatchi tarbiyachi Sh.K. (ayol) farzandini urib, haqoratlaganini bildirgan.
I.N. ning aytishicha, holat yuzasidan muassasa mudirasiga murojaat qilib, videotasvir nusxasini olmoqchi bo‘lganida mudira tomonidan ruxsat berilmagan va tarbiyachiga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan.

Bolalar ombudsmanining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rovi asosida mazkur holat vazirlik mutasaddilari tomonidan o‘rganildi☑️.

🟢O‘rganish natijasida bog‘cha tarbiyachisi Sh.K. ga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, muassasaning keyingi faoliyati davomida bolalarga tazyiq holatlariga yo‘l qo‘ymaslik ustidan vazirlik tizimli nazorat qilishi bildirildi

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani

🗓️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan yoz oyidagi so‘nggi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

🗣️ Qabul davomida:

1️⃣ bolaga onasi tomonidan sodir etilayotgan g‘ayriqonuniy harakatlar, xususan, mutassil qiynash, urish, haqoratlash kabi holatlarga chek qo‘yish maqsadida onalik huquqini cheklashga oid;

2️⃣ bolaga noto‘g‘ri tashhis bo‘yicha tibbiy davolash kursi o‘tkazilgani oqibatida uning ahvoli yomonlashib borayotganligi yuzasidan;

3️⃣ qizining vafotidan so‘ng ayol voyaga yetmagan nevaralarini ularning yaqin qarindoshi sifatida o‘z qaramog‘iga olishga oid nizo yuzasidan;

4️⃣ mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetib, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda qator muammolarga duch kelayotganligiga oid;

5️⃣ ota-ona ajrimidan so‘ng bolaning otasi va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi, bola nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotganligi va yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmasligiga oid;

6️⃣ bolalarga ona tomonidan mutassil ravishda maishiy zo‘ravonlik o‘tkazib kelinganligi, sudda 12 va 13 yoshdagi bolalarning kim bilan yashash masalasi yuzasidan fikrlari inobatga olinmayotganligi yuzasidan;

7️⃣ davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qituvchi va direktor tomonidan 1-sinf o‘quvchilariga ruhiy zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi, shuningdek, maktab ma’muriyati tomonidan go‘yoki maktab sharoitini yaxshilash maqsadida ota-onalardan muttasil pul yig‘ilayotganligiga oid;

8️⃣ oilaviy nizo sabab ayol farzandi otasiga va uning yaqin qarindoshlariga ko‘rsatmayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

🖇️ Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X