Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
Photo
#ikkinchi_kun #Qoraqalpogiston #Bolalar_ombudsmani
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi monitoringimizning ikkinchi kunida Nukus shahridagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (kar va zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 4-sonli maktab-internatida bo‘ldik.
👫 250 nafar bolaga mo‘ljallangan bu maskanda bugungi kunda 218 nafar bola tarbiyalanib kelinmoqda.
Internat o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, xalqaro hamkorlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, ular ko‘magida eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun nutqni rivojlantirishga mo‘ljallangan maxsus mashg‘ulot uskunalari va boshqa zamonaviy moslamalar bilan jihozlangan.
🖥 Jumladan, ushbu maskandagi bolalar ehtiyojlari inobatga olinib, 2 ta maxsus kompyuter xonasi, qo‘shimcha yuvinish xonalari yo‘lga qo‘yilgan.
E’tiborlisi, bu maskan mutaxassislari ham sohadagi zamonaviy texnologiya va uslublarni egallash, bolalar bilan yanada samarali ishlash maqsadida doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirib kelmoqdalar✅.
📚Internat ma’muriyatining tashabbusi va faolligi natijasida muassasa kutubxonasidagi o‘zbek tilidagi maxsus kitoblarning aksariyati qoraqalpoq tiliga o‘girilib, chop etilmoqda.
🌈 Bolalar tomonidan turli yo‘nalishlarda yaratilgan ijod namunalari bilan tanishar ekanmiz, shunga amin bo‘ldikki, qanday xususiyatli bo‘lishidan qat’iy nazar har bir bola noyob iste’dodga ega, uni to‘g‘ri namoyon qilish esa faqat va faqat biz - kattalarga bog‘liqdir.
Shuningdek, monitoring davomida maktabda yuvinish xonalari yetarli emasligi, faollar zali tashkil etish zarurati borligi aniqlandi va hudud mutasaddilariga mazkur masalalar yuzasidan kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
📍Shuningdek, monitoring doirasida 10-sonli ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus “Nurli maskan” maktab-internatida bo‘ldik. Bu yerda hozirda 164 nafar voyaga yetmagan bola tarbiyalanmoqda.
🔗 Aytish kerakki, ushbu muassasada respublikada tiflotexnika bo‘yicha yagona vosita mavjud bo‘lib, uning ko‘magida tarbiyalanuvchilar uchun qator qulayliklar yaratilgan.
Brayl alifbosiga moslashgan bosmaxona ishlashi jarayoni, sinfxonalardagi zamonaviy I-5 rusumli kompyuterlarni, zamonaviy maxsus oftalmologik uskunalarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, oxirgi 2 yil ichida maskanda jiddiy ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini guvohi bo‘ldik.
🗣 Shu bilan birga, maktab-internatdagi qator muammoli masalalarda mutasaddilar bilan muloqot qildik.
Jumladan, oshxonaning kichikligi sababli tarbiyalanuvchilar 3 ta smenaga ajratilgan holda ovqatlanishi, yotoqxonadagi yotoqlar soni mavjud ehtiyojga nisbatan yetarli emasligi oqibatida xonalarga standartdan tashqari yotoq joylari o‘rnatilganligi muammo tug‘dirmoqda.
❕Mazkur masalalar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf etish uchun Bolalar ombudsmani tegishli mas’ul idoralarga o‘z taklif va ko‘rsatmalarini berdi. Hozirda bu borada tegishli ta’sir hujjatlari kiritilishi ta'minlanmoqda.
Telegram|Facebook|Instagram|X

Telegram
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
Ma’lumot uchun:
📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com
Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.

#monitoring #Qoraqalpogiston #bolalar
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 Bolalar ombudsmanining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga monitoring tashrifi davomida Taxiatosh tumanidagi "Bolalar uyi"da bo‘ldi.
🏫 Bolalar uyi 0-7 yoshgacha bo‘lgan yetim, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, shu jumladan, psixofizik rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni parvarish qilishga mo‘ljallangan davlat ta’lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasasidir.
📌 Ushbu maskan 40 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda hozirda 28 nafar bola 3 toifadagi guruhlarda tarbiyalanmoqda, shundan 9 nafari nogironligi bo‘lgan bolalardir.
👶🏻Kichkintoylar bilan samimiy muloqotda shuni guvohi bo‘ldikki, maskandagi shifokor, psixolog va pedagoglar bolalarni o‘z farzandidek yaxshi ko‘radilar, bu mehr bolajonlarni ko‘zlarida, erkin harakatlarida namoyon bo‘lmoqda.
🔍 Monitoring davomida muassasada bolalar uchun yotoq joylari, ovqatlanish, davolanish, sanitariya-gigiyena sharoitlari tegishli standartlarga mosligi hamda zarur mutaxassislar shtati to‘liqligi aniqlandi.
📁Shu bilan birga, muassasadagi bolalarning maqomi bilan bog‘liq hujjatlarni yuritishda ayrim kamchiliklar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etish bo‘yicha Bolalar uyi ma’muriyati va hudud mutasaddilariga kerakli tavsiyalar berildi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
🏫 Bolalar uyi 0-7 yoshgacha bo‘lgan yetim, ota-ona qaramog‘isiz qolgan, shu jumladan, psixofizik rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni parvarish qilishga mo‘ljallangan davlat ta’lim-tarbiya va davolash-sog‘lomlashtirish muassasasidir.
👶🏻Kichkintoylar bilan samimiy muloqotda shuni guvohi bo‘ldikki, maskandagi shifokor, psixolog va pedagoglar bolalarni o‘z farzandidek yaxshi ko‘radilar, bu mehr bolajonlarni ko‘zlarida, erkin harakatlarida namoyon bo‘lmoqda.
🔍 Monitoring davomida muassasada bolalar uchun yotoq joylari, ovqatlanish, davolanish, sanitariya-gigiyena sharoitlari tegishli standartlarga mosligi hamda zarur mutaxassislar shtati to‘liqligi aniqlandi.
📁Shu bilan birga, muassasadagi bolalarning maqomi bilan bog‘liq hujjatlarni yuritishda ayrim kamchiliklar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etish bo‘yicha Bolalar uyi ma’muriyati va hudud mutasaddilariga kerakli tavsiyalar berildi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
Photo
#monitoring #Qoraqalpogiston #bolalar
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili Qoraqalpog‘iston Respublikasiga monitoringi davomida bir qator maktab-internatlar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ko‘zdan kechirdi.
🔸Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy tipidagi 6-sonli maktab-internati faoliyati bilan tanishildi. Ushbu muassasada hozirda 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 164 nafar bola tarbiyalanmoqda.
🔹Shuningdek, Xo‘jayli tumani 3-sonli aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasasi ham o‘rganilib, bu maskanda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 395 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Monitoring doirasida bolalar soni ko‘pligi tufayli o‘quv darsliklariga bo‘lgan ehtiyoj ham yuqori ekanligi aniqlandi. Shuningdek, yotoqxona koridorlari ta’mirtalab darajada ekanligi, yotoqxonaning isitish tizimini yaxshilash, tibbiyot xonasini zamonaviy jixoz va vositalar bilan ta’minlash zarurligi ma'lum bo‘ldi.
🖇 Shu bilan birga, internat ma’muriyati 1-9-sinflar uchun darsliklarni qoraqalpoq tilida chop etish borasida ko‘mak kerakligini bildirdi.
Mazkur masalalar yechimi yuzasidan hudud mutasaddilariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Monitoring keyingi manzili Xo‘jayli tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 17-sonli Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.
🏬 1995-yilda tashkil topgan bu muassasada hozirda 90 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ushbu maskanda sport zali yo‘qligi tufayli jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari musiqa zalida olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan birga, bir nechta guruh xonalarida konditsioner yo‘qligi, tibbiyot xonasida esa dori-darmonlar uchun maxsus jihozlar ta’minlanmagani aniqlandi.
Bolalar ovqatlanishi shart-sharoitlarini ham jiddiy ravishda qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji bor❕
Hudud mutassadilariga mazkur muassasalardagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilashga oid ko‘rsatmalar hamda bolalar bilan ishlashda zamonaviy usullarni tatbiq etish uchun mutaxassislar malakasini oshirishga oid tegishli tavsiyalar berildi✅.

#qabul #murojaatlar #bolalar
🖇️ Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
🗣️ Qabul davomida:
☑️ Ayol farzand asrab olganligi, hozirda bolani shaxsiga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga uchrayotganligiga oid;
☑️ Farzandiga nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi tomonidan o‘tkazilgan tazyiq va bunga bog‘cha ma’muriyati befarqligi yuzasidan;
☑️ Og‘ir kasallikka chalingan bolani davolatish uchun xorijga olib chiqishga to‘sqinlik qilayotgan sobiq turmush o‘rtog‘ining bolani manfaatiga zid harakatlariga nisbatan chora ko‘rishga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
🔷 Shuningdek, Bolalar ombudsmaniga 2 yoshga ham to‘lmagan bolaga onasi tomonidan g‘amxo‘rlik va parvarish ko‘rsatilmayotganligi, bolani yashash joyi sanitariya talablariga zidligi, onani onalik huquqini cheklash masalasi yuzasidan ushbu mahallada istiqomat qilayotgan qo‘shnilar murojaat qildilar.
Mazkur holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganishni boshladi❕
Telegram|Facebook|Instagram|X
🖇️ Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid murojaatlar yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
🗣️ Qabul davomida:
☑️ Ayol farzand asrab olganligi, hozirda bolani shaxsiga oid hujjatlarni rasmiylashtirishda qiyinchiliklarga uchrayotganligiga oid;
☑️ Farzandiga nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi tomonidan o‘tkazilgan tazyiq va bunga bog‘cha ma’muriyati befarqligi yuzasidan;
☑️ Og‘ir kasallikka chalingan bolani davolatish uchun xorijga olib chiqishga to‘sqinlik qilayotgan sobiq turmush o‘rtog‘ining bolani manfaatiga zid harakatlariga nisbatan chora ko‘rishga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
🔷 Shuningdek, Bolalar ombudsmaniga 2 yoshga ham to‘lmagan bolaga onasi tomonidan g‘amxo‘rlik va parvarish ko‘rsatilmayotganligi, bolani yashash joyi sanitariya talablariga zidligi, onani onalik huquqini cheklash masalasi yuzasidan ushbu mahallada istiqomat qilayotgan qo‘shnilar murojaat qildilar.
Mazkur holatlarni Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida tizimli ravishda o‘rganishni boshladi
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani
Bolalar ombudsmani shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida qanday huquqlarga ega❓
Telegram|Facebook|Instagram|X
Bolalar ombudsmani shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida qanday huquqlarga ega
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #aniqlangan_kamchiliklar #Bolalar_ombudsmani
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 Bolalar ombudsmani tomonidan joriy yilning 18-19-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan monitoringi davomida mazkur hududda joylashgan 2-sonli tergov hibsxonasida bo‘lib, muassasada saqlanayotgan 2 nafar voyaga yetmagan X.X. va R.T. lar sharoitlari ko‘zdan kechirildi va ular bilan alohida suhbatlashildi.
❕Monitoring davomida mazkur voyaga yetmaganlar katta yoshli maxbuslar bilan bir kamerada saqlanayotganligi aniqlandi.
Qachonki xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka ko‘ra, hibsxonalarda voyaga yetmaganlar kattalardan ajratilgan tarzda saqlanishi shart bo‘lib, alohida holllardagina bunga prokuror roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Bolalar ombudsmani monitoring doirasida aniqlagan ushbu qonun buzilishi yuzasidan yo‘llagan alohida so‘rovi asosida hibsxonadagi mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganildi☑️.
🟡 O‘rganishda aniqlanishicha, tergov hibsxonasi ma’muriyatining mutasaddi mansabdor shaxslari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2011-yildagi "Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida"gi Qonunning 41-moddasi talablariga rioya qilinmasdan, prokuror roziligini olmasdan turib, voyaga yetmaganlarni katta yoshli shaxslar bilan bir kamerada saqlanganligi uchun bu qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlarga "qattiq hayfsan" intizomiy jazosi qo‘llanildi.
📌 Tekshiruvda katta yoshli mahbuslar tomonidan voyaga yetmaganlar huquqlariga zarar yetkazish faktlari aniqlanmay, ayni paytda voyaga yetmaganlar katta yoshli shaxslardan alohida kameraga joylashtirilgan bo‘lib, hibsxona ma’muriyati qonun talablariga qat’iy rioya qilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Bolalar ombudsmani monitoring natijasida aniqlangan bola huquqlari buzilishi holatlari bartaraf etilishi ustidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.
Telegram|Facebook|Instagram|X
❕Monitoring davomida mazkur voyaga yetmaganlar katta yoshli maxbuslar bilan bir kamerada saqlanayotganligi aniqlandi.
Qachonki xalqaro standartlar va milliy qonunchilikka ko‘ra, hibsxonalarda voyaga yetmaganlar kattalardan ajratilgan tarzda saqlanishi shart bo‘lib, alohida holllardagina bunga prokuror roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Bolalar ombudsmani monitoring doirasida aniqlagan ushbu qonun buzilishi yuzasidan yo‘llagan alohida so‘rovi asosida hibsxonadagi mazkur holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganildi☑️.
🟡 O‘rganishda aniqlanishicha, tergov hibsxonasi ma’muriyatining mutasaddi mansabdor shaxslari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2011-yildagi "Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida"gi Qonunning 41-moddasi talablariga rioya qilinmasdan, prokuror roziligini olmasdan turib, voyaga yetmaganlarni katta yoshli shaxslar bilan bir kamerada saqlanganligi uchun bu qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlarga "qattiq hayfsan" intizomiy jazosi qo‘llanildi.
Bolalar ombudsmani monitoring natijasida aniqlangan bola huquqlari buzilishi holatlari bartaraf etilishi ustidan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hal_etilgan_murojaatlar #Bolalar_ombudsmani
📃Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahrida yashovchi I.N. va B.N. (ota-ona) murojaat etdi.
🖇 O‘z murojaatida ota-ona 2021-yilda tug‘ilgan farzandi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanishini, joriy yilning 29-iyun kuni navbatchi tarbiyachi Sh.K. (ayol) farzandini urib, haqoratlaganini bildirgan.
I.N. ning aytishicha, holat yuzasidan muassasa mudirasiga murojaat qilib, videotasvir nusxasini olmoqchi bo‘lganida mudira tomonidan ruxsat berilmagan va tarbiyachiga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan.
Bolalar ombudsmanining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rovi asosida mazkur holat vazirlik mutasaddilari tomonidan o‘rganildi☑️.
🟢 O‘rganish natijasida bog‘cha tarbiyachisi Sh.K. ga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Shuningdek, muassasaning keyingi faoliyati davomida bolalarga tazyiq holatlariga yo‘l qo‘ymaslik ustidan vazirlik tizimli nazorat qilishi bildirildi❕
Telegram|Facebook|Instagram|X
📃Bolalar ombudsmaniga Toshkent shahrida yashovchi I.N. va B.N. (ota-ona) murojaat etdi.
🖇 O‘z murojaatida ota-ona 2021-yilda tug‘ilgan farzandi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanishini, joriy yilning 29-iyun kuni navbatchi tarbiyachi Sh.K. (ayol) farzandini urib, haqoratlaganini bildirgan.
I.N. ning aytishicha, holat yuzasidan muassasa mudirasiga murojaat qilib, videotasvir nusxasini olmoqchi bo‘lganida mudira tomonidan ruxsat berilmagan va tarbiyachiga nisbatan hech qanday chora ko‘rilmagan.
Bolalar ombudsmanining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rovi asosida mazkur holat vazirlik mutasaddilari tomonidan o‘rganildi☑️.
Shuningdek, muassasaning keyingi faoliyati davomida bolalarga tazyiq holatlariga yo‘l qo‘ymaslik ustidan vazirlik tizimli nazorat qilishi bildirildi❕
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#monitoring #bolalar_ehtiyojlari
🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 Joriy yilning 28-iyun kuni Bolalar ombudsmani Toshkent viloyati
Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasida o‘tkazgan monitoring doirasida muassasa ma’muriyati, shuningdek, voyaga yetmaganlarning shaxsan o‘zlari bilan suhbatlashgan edi.
🗣 Voyaga yetmaganlar bilan muloqot chog‘ida bolalar ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Bolalar ombudsmaniga bir necha so‘rov bilan murojaat qildilar.
🖥 Xususan, koloniyada respublikaning bir qator oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta’lim olish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lsada, o‘quv jarayoni samarali tashkil etilishi uchun kompyuter texnikasini yangilash zarurati borligi, koloniyada atigi 9 ta kompyuter bo‘lib (ma'naviy eskirgan), mavjud ehtiyoj uchun bu yetarli emasligi bildirilgandi.
📌 Bolalar ombudsmani bu masalada amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga murojaat qilib, kuni kecha 24-sonli tarbiya koloniyasiga Jamg‘arma ko‘magi bilan 20 ta zamonaviy kompyuter texnika vositalari yetkazib berildi va muassasada 2 ta yangi ixtisoslashtirilgan kompyuter xonalari tashkil etildi.
🖇 Koloniya ma’muriyati va bolalar mazkur masalada muhim ko‘mak ko‘rsatib, muassasada ta’lim olish sharoitlarini yaxshilashga katta hissa qo‘shgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Zangiota tumanidagi 24-sonli tarbiya koloniyasida o‘tkazgan monitoring doirasida muassasa ma’muriyati, shuningdek, voyaga yetmaganlarning shaxsan o‘zlari bilan suhbatlashgan edi.
🗣 Voyaga yetmaganlar bilan muloqot chog‘ida bolalar ta’lim olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida Bolalar ombudsmaniga bir necha so‘rov bilan murojaat qildilar.
🖥 Xususan, koloniyada respublikaning bir qator oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta’lim olish uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lsada, o‘quv jarayoni samarali tashkil etilishi uchun kompyuter texnikasini yangilash zarurati borligi, koloniyada atigi 9 ta kompyuter bo‘lib (ma'naviy eskirgan), mavjud ehtiyoj uchun bu yetarli emasligi bildirilgandi.
🖇 Koloniya ma’muriyati va bolalar mazkur masalada muhim ko‘mak ko‘rsatib, muassasada ta’lim olish sharoitlarini yaxshilashga katta hissa qo‘shgan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #bola_huquqlari #Bolalar_ombudsmani
🗓️ Bugun Bolalar ombudsmani bola manfaatlariga oid masalalar yuzasidan yoz oyidagi so‘nggi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
🗣️ Qabul davomida:
1️⃣ bolaga onasi tomonidan sodir etilayotgan g‘ayriqonuniy harakatlar, xususan, mutassil qiynash, urish, haqoratlash kabi holatlarga chek qo‘yish maqsadida onalik huquqini cheklashga oid;
2️⃣ bolaga noto‘g‘ri tashhis bo‘yicha tibbiy davolash kursi o‘tkazilgani oqibatida uning ahvoli yomonlashib borayotganligi yuzasidan;
3️⃣ qizining vafotidan so‘ng ayol voyaga yetmagan nevaralarini ularning yaqin qarindoshi sifatida o‘z qaramog‘iga olishga oid nizo yuzasidan;
4️⃣ mehribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi voyaga yetib, endilikda turar-joy bilan ta’minlanishda qator muammolarga duch kelayotganligiga oid;
5️⃣ ota-ona ajrimidan so‘ng bolaning otasi va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqi buzilayotganligi, bola nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotganligi va yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmasligiga oid;
6️⃣ bolalarga ona tomonidan mutassil ravishda maishiy zo‘ravonlik o‘tkazib kelinganligi, sudda 12 va 13 yoshdagi bolalarning kim bilan yashash masalasi yuzasidan fikrlari inobatga olinmayotganligi yuzasidan;
7️⃣ davlat maktabgacha ta’lim muassasasida o‘qituvchi va direktor tomonidan 1-sinf o‘quvchilariga ruhiy zo‘ravonlik va tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi, shuningdek, maktab ma’muriyati tomonidan go‘yoki maktab sharoitini yaxshilash maqsadida ota-onalardan muttasil pul yig‘ilayotganligiga oid;
8️⃣ oilaviy nizo sabab ayol farzandi otasiga va uning yaqin qarindoshlariga ko‘rsatmayotganligiga oid va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
🖇️ Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.