Янгича "Мингбулоқ"
273 subscribers
31K photos
13.9K videos
132 files
5.86K links
Мингбулоқ туман ҳокимлигининг "Мингбулоқ" газетаси телеграм канали.

Мурожаат учун газетамиз рақами: +998694521660
Download Telegram
#Mingbuloq_IM
#Uch_avlod_uchrashuvi
#Nuroniylar_hamkorligi
❇️Namangan viloyati Mingbuloq tuman ixtisoslashgan maktabida "Nuroniy" jamg'armasi tuman bo'limi hamkorligida "Oila - muqaddas qo'rg'on" mavzusida UCH AVLOD UCHRASHUVI o'tkazildi.
❇️Tadbirda tuman hokimining o'rinbosari J.Rahimov, "Nuroniy" jamg'armasi raisi M.Saidmurodova,  Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri A.Vaxabayev,  "Mingbuloq" gazetasi muharriri Q.Akbarov va turli sohalarda bir necha yillab fidoyilik bilan mehnat qilgan, ayni damda qarilik gashtini surayotgan nuroniylar hamda maktabning xalqaro va fan olimpiadalarida faxrli o'rinlarni qo'ldan bermayotgan iqtidorli o'quvchilari ishtirok etishdi.
❇️"Qimmat va zumrad", "Qorako'z majnun" spektakllari, milliy va chet el qo'shiqlariga ijro etilgan raqslar, o'quvchilarning ona tili, rus, ingliz tilida taʼlim muassasada olib borilayotgan ishlar borasida maʼlumotlari katta taassurot qoldirdi.

@yangicha_mingbuloq