Янгича "Мингбулоқ"
270 subscribers
29.7K photos
13.7K videos
122 files
5.22K links
Мингбулоқ туман ҳокимлигининг "Мингбулоқ" газетаси телеграм канали.

Мурожаат учун газетамиз рақами: +998694521660
Download Telegram
#Mingbuloq_IM
#HIPPO

🌍 Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari xalqaro HIPPO-2023 olimpiadasining SEMI-FINALS bosqichida ishtirok etib qaytishdi.

🪐 Toshkent shahrining 81-IDUMda tashkil etilgan xalqaro olimpiada 64 ta davlat bilan bir vaqtda o'tkazildi.

👨‍💼Mingbuloq ixtisoslashtirilgan maktabining 5-sinf o'quvchilari Murodova Munisa va Mamashokirov Dadaxon 1-daraja bilan, 7-8-sinf o'quvchilari 3-daraja bilan ishtirok etishdi.

🌍 O'quvchilarimizga Italiyada bo'ladigan oxirgi bosqichga muvaffaqiyatli o'tishlariga tilakdoshimiz.

@yangicha_mingbuloq
#MIngbuloq_IM
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

XALQARO MIQYOSIDAGI G 'ALABA

🎉 Joriy yilning 29-may – 2-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

🎗Mazkur xalqaro olimpiadada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan va O‘zbekistondan jami 70 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.

🏆 Mingbuloq tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf oquvchisi Abdullayev Asadbek bronza medalini qolga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida: maktab o‘quvchilari o‘rtasida mazkur olimpiada ilk marotaba o‘tkazilmoqda.

@yangicha_mingbuloq
#Mingbuloq_IM
#Zakovat

📚📚📚
Bugun 1-may kuni Chust tumani ixtisoslashtirilgan maktabida “Yangi jadidlar” shiori ostida 9-may — Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan “Zakovat” intellektual o'yinining hududiy bosqichida Chust, To'raqo'rg'on, Kosonsoy va Mingbuloq tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o'zaro kurash olib borishdi.

📚📚📚
Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining “Iqro” terma jamoasi tengdoshlari o'rtasida o’z iqtidorlarini ko’rsatib, faxrli 🥇birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

📚📚📚
O'quvchilarimizni keyingi bosqichdagi o'yinlarda ham omad tilab qolamiz.

@yangicha_mingbuloq
#Mingbuloq_IM
#Uch_avlod_uchrashuvi
#Nuroniylar_hamkorligi
❇️Namangan viloyati Mingbuloq tuman ixtisoslashgan maktabida "Nuroniy" jamg'armasi tuman bo'limi hamkorligida "Oila - muqaddas qo'rg'on" mavzusida UCH AVLOD UCHRASHUVI o'tkazildi.
❇️Tadbirda tuman hokimining o'rinbosari J.Rahimov, "Nuroniy" jamg'armasi raisi M.Saidmurodova,  Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mudiri A.Vaxabayev,  "Mingbuloq" gazetasi muharriri Q.Akbarov va turli sohalarda bir necha yillab fidoyilik bilan mehnat qilgan, ayni damda qarilik gashtini surayotgan nuroniylar hamda maktabning xalqaro va fan olimpiadalarida faxrli o'rinlarni qo'ldan bermayotgan iqtidorli o'quvchilari ishtirok etishdi.
❇️"Qimmat va zumrad", "Qorako'z majnun" spektakllari, milliy va chet el qo'shiqlariga ijro etilgan raqslar, o'quvchilarning ona tili, rus, ingliz tilida taʼlim muassasada olib borilayotgan ishlar borasida maʼlumotlari katta taassurot qoldirdi.

@yangicha_mingbuloq
#Mingbuloq_IM
#Ochiq_eshiklar_kuni

‼️ DIQQAT!!!
11,18-may kunlari Namangan viloyati Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tumandagi 4-sinfni tamomlayotgan o'quvchilar uchun "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" tashkil etilmoqda.

Maktabimiz faoliyatiga qiziqyapsizmi?

Ta'lim jarayonlarimizga guvoh bo'lmoqchimisiz?

O'quvchilarimiz yutuqlari sizni qiziqtirayotgandir?

💥Unda bugun siz uchun ayni imkoniyat.

📌Keling, ko'ring, guvohiga aylaning.

🤝 Mingbuloq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi Sizlarni kutadilar.

@yangicha_mingbuloq