Ta'lim nazorati
125K subscribers
3.91K photos
932 videos
384 files
5.65K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
🗓 7-aprel – Butunjahon salomatlik
kuni

1950-yil
dan beri 7-aprel dunyo hamjamiyati tomonidan Butunjahon salomatlik kuni sifatida nishonlanadi.

Bugun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga asos solinganiga 75 yil to‘ldi (1948-yil 7-aprel).

Har yili kun uchun alohida shiorlar tanlanib, turli marafonlar, tadbirlar uyushtiriladi. Bu yil esa "Salomatlik barcha uchun" shiori ostida o‘tkaziladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha test namunalari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha test namunalari e’lon qilindi.

Ushbu topshiriqlar Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan o‘tkaziladigan TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.

Quyida TIMSS test topshiriqlari namunalarini yuklab olishingiz mumkin:

👉
4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan

👉 8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan

👉 4-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan

👉 8-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel-may oylarida mamlakatimizdagi 166 ta maktab TIMSS 2023 dasturida ishtirok etadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
#savol_javob

Men umumta’lim maktabida matematika fanidan dars beraman. Menga har oylik ustama to’lanadi. Ustama olayotgan o‘qituvchilarga ham mukofot puli beriladimi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida" 1-ilovaning 9-bandiga ko‘ra, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalaridagi tashkil etiladigan ishchi guruh qarori bilan ochiq muhokama orqali hamda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi fikrlarini hisobga olib, Jamg‘armada nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

Nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr— O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Nizomning 32-bandida Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlashda adolat va xolislik prinsiplariga amal qilinadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Taʼlim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish bo‘yicha asosiy ma‘lumotlar

Apostil nima? – hujjatni imzolagan shaxsning imzosi haqiqiyligini va hujjatni tasdiqlagan muhr yoki shtamp bosma izi haqiqiyligini tasdiqlaydigan, rasmiy hujjatga chet elda foydalanish uchun qoʻyiladigan maxsus shtamp;

Rasmiy hujjatlarga elektron hamda anʼanaviy tarzda apostil qoʻyish joriy etilgan.

Apostil qoʻyish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

a) ariza.
b) ariza beruvchining shaxsini tasdiqlaydigan (pasport) hujjatning nusxasi.
v) taʼlim va fan sohasi tashkilotlaridan chiqadigan rasmiy hujjat.

g) apostil qoʻyilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yigʻim toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra apostil qoʻyish uchun hujjatlar asl nusxalarda yoki notarial tasdiqlangan nusxalarda topshirilishi mumkin.

Rasmiy hujjatga apostil qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati 2 ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.

Agar imzo namunasini va apostil qoʻyish uchun taqdim etilgan rasmiy hujjatni imzolagan aniq mansabdor shaxsning imzo qoʻyish vakolatlarini tasdiqlash yoki rasmiy hujjat chiqadigan tashkilot muhri bosma izi namunasini talab qilish zarur boʻlgan taqdirda 10 ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.

Shuningdek, oʻz arizasida maxsus belgi qoʻyilgan taqdirda apostil qoʻyish boʻyicha arizaning koʻrib chiqish natijasini murojaatchiga yetkazish, uning xohishiga koʻra pochta xizmatlari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Apostil qo‘yish bo‘yicha 3 xil usulda ariza berish mumkin:

1️⃣ Bilimni baholash agentligiga kelib.
2️⃣ Davlat xizmatlari markazlariga borib.
3️⃣ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali onlayn.

Bilim va malakalarni baholash agentligining taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarga apostil qoʻyishga mas`ul boʻlimi telefon raqami:
☎️+998712344683

Kanalga ulanish
👇
https://t.me/uztdi
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Мактаб ва олий таълим муассасаларида футбол бўйича янги мусобақалар ўтказилди

"Оммавий ва профессионал футболни ҳар томонлама ривожлантиришнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида"ги Президент қарори қабул қилинди.

🔰Қарор билан футболни янада оммалаштириш ва ривожлантиришнинг қўшимча йўналишлари белгиланди.

▶️ Қарорга кўра, ҳар йили қуйидагилар ўтказилади:

▫️март-июнь ойларида маҳалла ёшлари ҳамда қизлари ўртасида “Оммавий футбол” дастури доирасида футбол фестиваллари;

▫️10 декабрь
– Бутунжаҳон футбол куни муносабати билан аҳоли ўртасида оммавий “флешмоб” тадбирлари;

▫️сентябрь-май
ойларида умумий ўрта таълим мактабларида “Мактабларда футбол” дастури доирасида футбол мусобақалари, маҳорат сабоқлари ва фестиваллари;

▫️сентябрь-май ойларида ОТМда “Талабалар лигаси” дастури доирасида 3 босқичли республика футбол мусобақалари.

Шунингдек, Ёшлар сиёсати ва спорт вазирлиги тизимидаги футбол маҳорат мактаблари Ўзбекистон футбол ассоциацияси тасарруфига ўтказилиб, футбол академиялари сифатида қайта ташкил этилади.

📌 Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрида Ўзбекистон футбол ассоциацияси ҳузурида футбол мактаблари ташкил қилинади.

🗓 2023 йил 1 июлдан:

🔸нодавлат футбол муассасалари учун Ўзбекистон футбол ассоциацияси аъзоси бўлиши талаби ўрнатилади;

🔸Ўзбекистон футбол ассоциацияси томонидан нодавлат футбол муассасаларининг рейтинги юритилади.

🏢 Ўзбекистон футбол ассоциацияси ҳузурида юридик шахс мақомига эга бўлмаган Ўзбекистон футболини қўллаб-қувватлаш жамғармаси ташкил этилади.

🗒 2023/2024 ўқув йилигача халқаро тажриба асосида Ўзбекистонда футболчиларни тайёрлаш модели ишлаб чиқилади.

Каналга уланиш:👇
https://t.me/uztdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabini borib ko‘rdi

Tashrif chog‘ida Prezident maktabga kiraverishdagi Halima Xudoyberdiyeva haykaliga gul qo‘ydi. Shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan mo‘jaz muzeyni ko‘zdan kechirdi. O‘quvchilar Halima Xudoyberdiyeva she’rlaridan namunalar o‘qib berdi.

Ijod maktabida umumta’lim fanlari bilan birga, ona tili va adabiyot chuqur o‘rgatiladi. Ayni paytda 7-11-sinflarda 180 nafar iqtidorli yigit-qiz ta’lim olmoqda. Sinflar, kompyuter xonasi, laboratoriya, sport zali va yotoqxona zamonaviy jihozlangan. Maktab kutubxonasida 3 ming 500 dan ziyod badiiy adabiyotlar jamlangan.

Muallim va ziyolilar bilan suhbatda ta’lim sifati, sohadagi islohotlar haqida so‘z bordi.

- Biz birinchi kundan ta’lim sifatini yaxshilashga, muallimlarning maqomi va obro‘sini ko‘tarishga harakat qilyapmiz. Bu haqdagi me’yorlarni Konstitutsiyaga ham muhrlayapmiz. Ko‘ryapsizlar, zamon murakkab bo‘lib ketyapti. Qachon biz bu raqobatga munosib bo‘lamiz? Bilimli bo‘lsak. Shuning uchun ta’lim mazmunini isloh qilib, yoshlarga sharoit yaratyapmiz. Zamonlar o‘tadi, muhit o‘zgaradi. Bugungi poydevor natijasini xalqimiz albatta ko‘radi. Yoshlarimizdan yana ko‘plab Buxoriylar, Beruniylar, Ulug‘beklar chiqadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ijod maktablarini universitetlarga biriktirish, viloyatdagi maktablar bilan aloqasini kengaytirish, iste’dodli yoshlarning kitoblarini chop etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
“OpenBudjet“da 921 ta taʼlim muassasalariga oid tashabbuslar gʻolib boʻldi

1,6 trln soʻm mablagʻni qayerga sarflashini bevosita fuqarolar hal etishiga qaratilgan “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023-yil 1-mavsumi yakunlandi.

Unda taʼlim muassasalariga oid jami 17795 ta tashabbus ilgari surilgan boʻlib, ulardan 921 tasi eng koʻp toʻplay olgani uchun gʻolib deb topilgan.

Xususan:

umumtaʼlim maktablari boʻyicha 10346 ta tashabbusdan 689 tasi;

maktabgacha taʼlim muassasalari
boʻyicha 4404 ta tashabbusdan 91 tasi;

musiqa va maktabdan tashqari ta’lim
yoʻnalishida 360 ta tashabbusdan 11 tasi;

boshqa taʼlim muassasalari
(kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum va boshqa) boʻyicha 1061 tadan 61 tasi;

sport
muassasalari boʻyicha 1514 tadan 39 tasi;

oliy taʼlim muassasalari
boʻyicha 110 ta tashabbusdan 22 tasi gʻolib boʻlgan.

Shuningdek, bolalar maydonchalari yoʻnalishiga joylashtirilgan maktablar hududiga maydoncha qurish boʻyicha 8 ta tashabbus tasdiqlangan.

🏅Gʻolib tashabbuslar roʻyxati:

➡️ Umumtaʼlim maktablari
➡️ Maktabgacha taʼlim muassasalari
➡️ Oliy taʼlim muassasalari
➡️ Musiqa va maktabdan tashqari ta‘lim
➡️ Sport muassasalari

Saytda hududni tanlab filtrlash orqali oʻzingiz izlayotgan muassasani osonroq topa olasiz.

👉 Кирилда ўқиш

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi kunda MATEMATIKA ustozlari uchun eng muhim va og'riqli bo'lgan mavzulardan biri haqida gaplashamiz!

Bu
👨‍🎓 GMAT sertifikati! Ammo,

Juda ko'pchilik ustozlarimiz INGLIZ TILIdan yetarli bilimga ega bo'lmaganligi uchun ham bu imtihonni topshirishdan qo'rqib turishadi

Nima uchun ushbu sertifikat hozir aktual deyapman? Keling, agar siz MATEMATIKA fani o'qituvchisi bo'lsangiz nima uchun ushbu sertifikat sizda bo'lishi kerakligi haqida gaplashamiz.

Ushbu sertifikat imtihonida siz maksimal 51 balldan 37 ball va undan yuqori ball to'playdigan bo'lsangiz, 3 yil davomida har oylik oyligingizga qo'shimcha 50% miqdorida ustama olishingiz mumkin bo'ladi

Sizda ushbu sertifikatning borligi, qolgan jamoadoshlaringizdan 1 qadam oldinda ekaningizni bildiradi va sizga chet el adabiyotlaridan masalalar yechish qiyin bo'lmay qoladi

O'quvchilaringizga eskirib ketgan va siyqasi chiqqan masalalarni emas, balki kundan-kunga yangilanib borayotgan masalalarni oson usullari bilan o'rgata olasiz

Agar sizning ham INGLIZ TILIni bilish darajangiz yetarli bo'lmasa, ammo, ushbu sertifikatni 2 oy ichida olishni xoxlasangiz sizni bir necha xalqaro olimpiadalar g'olibi hamda GMAT imtihonida 51 balldan 50 ball olgan Abbosxon Sayliev tomonidan 15-16-17-aprel kunlari bo'lib o'tadigan mutlaqo BEPUL MASTERKLASSga taklif qilamiz.

Ushbu MASTERKLASS orqali siz o'zingizni qiynayotgan barcha savollarga javob topishingiz mumkin

GMAT SIRLARI kanaliga qo'shilish uchun havola: 👉 https://t.me/+IzzOaiUSYjtlMWFi

P.S. Agar siz ushbu xabarni 3 ta matematika ustozlari bor guruhga yuborib, skrinshotini @easygmat adminiga yuboradigan bo'lsangiz GMAT imtihoniga oid 1-repetitsion TEST savollari sovg'a sifatida tashlab beriladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli

Kalkulyatorga qarshi namoyish

1966-yil aprelda boshlangʻich sinf matematika fani oʻqituvchilari kalkulyatordan foydalanishga qarshi namoyishga chiqqan.

Ular oʻquvchilarning kalkulyatordan erta foydalanib, matematika qoidalarini oʻrganmay qoʻyishidan xavotirlanishgan.

📰 “Daily mail” gazetasida chiqqan surat

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
#savol_javob

Sirtqi taʼlimda oʻqib dars berayotgan pedagoglar ham mukofot puli olishi mumkin

Men oliy taʼlim dargohlarining birida sirtqi taʼlim asosida oʻqiyman. Shuningdek, maktabda dars ham beraman. Direktorimiz mening ham oʻqib, ham ishlayotganimni sabab qilib mukofot puli bermayapti. Shu qonunan toʻgʻrimi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot kotibi javob berdi:

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan tegishli ishchi guruh tomonidan direktorlar jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish belgilangan.

Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga mukofot puli mazkur jamgʻarma hisobidan 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizigacha berilishi mumkin. Mazkur nizom talablarida sirtqi taʼlim asosida faoliyat olib borayotgan pedagoglarga mukofot puli belgilanmasligi qayd etilmagan.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kanalimizda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari Javohir Ahmedov bilan onlayn muloqot tashkil etilgan edi.

E'tiboringizga ushbu muloqotning to‘liq variantini havola etamiz.

👉 00:01 “El-yurt umidi” jamgʻarmasi haqida ma'lumot

👉 18:06 O‘qituvchilar uchun jamg‘armadan nechta kvota ajratiladi?

👉 20:20 Magistraturada o‘qishimda "El-yurt umidi" jamg‘armasining stipendiati bo‘lishim uchun ikki yil ish staji kerakmi?

👉 22:50 Men o‘qiyotgan universitet 300 talik xalqaro reytingda yo‘q bo‘lsa ham stipendiat bo‘lishim mumkinmi?

👉 25:00 Ikki yillik ish tajribam yo‘nalishimda emas yoki yaqin sohada bo‘lsa ham stipendiat bo‘lishim mumkinmi?

👉 25:36 Ba'zi universitetlarning kontrakt miqdori yuqori, Jamg‘armada har bir talaba uchun beriladigan stipendiya miqdori chegaralanganmi?

👉 28:58 Doktoranturada o‘qishim uchun B3 darajada ham stipendiat bo'lishim mumkinmi?

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
akademiya bakalavr.pdf
1.3 MB
⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga qabul tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori (143–son, 06.04.2023-y.) bilan huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga, magistraturasiga va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi.

➡️ Akademiyada oʻqishga qabul “tergov faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (taʼlim olish muddati 3 yil) hamda yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladi.

“Tergov faoliyati” yoʻnalishida oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi shaklida tashkil etiladi.

Yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllarida tashkil etilishi mumkin.

📑 Akademiyaga qabul qilishda hujjat topshirgan abituriyentlarning muayyan toifalariga boshqa OTMga kirish uchun nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

➡️ Oʻqitish davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

🗓 “Tergov faoliyati” boʻyicha bakalavriat bosqichiga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish uchun tanlov qabul yilining 1-fevraligacha (istisno tariqasida, 2023/2024 oʻquv yili uchun – 2023-yil 15-aprelgacha) eʼlon qilinadi.

🔖 Batafsil ma'lumotga ega bo‘lish uchun Nizom bilan tanishib chiqing!

Kanalga ulanish
👇
https://t.me/uztdi
#tadqiqot

Boshlangʻich sinfdagi oʻqituvchi bilan munosabat bolaning kelajagiga taʼsir koʻrsatishi isbotlangan

Boshlangʻich sinfda oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar sifati oʻquvchining kelajakdagi muvaffaqiyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin.

2014-yil AQShda oʻtkazilgan “Child Development” jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga ijobiy munosabatda boʻlgan bolalar yuqori sinflarda ham yaxshiroq oʻqishga moyil boʻlishi isbotlangan.

Shuningdek, AQShda oʻtkazilgan yana bir tadqiqotga koʻra, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi oʻquvchining kelgusida matematikadagi muvaffaqiyatiga katta taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Yaxshi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlgan bolalar yuqori sinflardagi matematika testlarida tajribasiz va motivatsiyasi past oʻqituvchilar oʻqitgan bolalarga qaraganda yaxshiroq natijalarga erishgan.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
#Bilasizmi

🔰 2023/2024 oʻquv yilidan pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlarida taʼlim olayotgan talabalarning hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasasida oʻqish davri uchun toʻlov-kontrakt qiymatini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi joriy etilgan.

Kanalga ulanish: 👇
https://t.me/uztdi
#bilasizmi

O‘rganish uslublari qachondan paydo bolgan?

Organish uslublarining kelib chiqishi miloddan avvalgi 334-yilga borib taqaladi, o'shanda Aristotel "Har bir bola o‘ziga xos iste'dod va ko‘nikmalarga ega" deb ta'kidlagan edi. Aristotel bolalarda bu farqlar borligini tan olgandan so‘ng, o‘rganish uslublari tushunchasi shakllangan.

Eng ko‘p qabul qilingan nazariyalardan biri 1987-yilda Nil Fleming tomonidan ishlab chiqilgan. Fleming
ko‘rib tushunish
eshitib tushunish
o‘qib tushunish
amaliyot orqali tushunish
ma'nolarni anglatuvchi VARK qisqartmasini ishlab chiqqan.

Fleming har bir o‘quvchi o‘zining qaysi usul orqali yaxshi o‘rgana olishini bilishini juda muhim omil deb hisoblagan.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan talabgorlarni ro‘yxatga olish davom etmoqda

Ona
(o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatga olinadi.

🖥 Shuningdek, 21-may kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish ham 10-apreldan 24-aprelga qadar amalga oshiriladi.

Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali ro‘yxatga olinadi va ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 24-aprel (to‘lov qilish — 25-aprel) kuni hisoblanadi.

👉Milliy sertifikat natijalari qanday hisoblanadi?

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
🔵 PREZIDENT TOPSHIRIG'I: "Tashabbusli budjet" jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qo‘shimcha 1,3 trln. so‘m mablag‘ ajratiladi.

🇺🇿Bunda, qo‘shimcha 1 182 ta mahalla bo‘yicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

◀️Shuningdek, taʼlim, sog‘liqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib bo‘lmagan loyihalar tahlili o‘tkazilib, 2024-yil uchun budjet so‘rovida ularni ta’mirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini ro'yxatga kiritish ko'zda tutiladi.

☑️Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bog‘cha va 32 ta tibbiyot muassasalarida ta’mirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Boshlangʻich sinflarda bir kunda 3 yoki 4 tagacha nazorat ishlarini oʻtkazish mumkinmi?

📘Maʼlumki, boshlangʻich sinflar alohida fiziologik xususiyatga ega boʻlib, ularni o'qitishda sanitariya qoidalari va normalarida belgilangan meyorlarga rioya etish talab etiladi. Sogʻliqni saqlash vazirligining  “Oʻrta taʼlim maktablarda taʼlim shartlari va tashkil etilishiga qoʻyilgan sanitar-epidemiologik talablar” toʻgʻrisidagi  hujjatida boshlangʻich sinflarda yozma ishlar olish tartibi belgilab qoʻyilgan.

📌Unga ko'ra, oʻquv kuni davomida bittadan ortiq nazorat ishini oʻtkazmaslik hamda nazorat ishlarini 2-4- darslarda oʻtkazish tavsiya etiladi.

Boshlangʻich sinflarda qoʻshaloq darslar oʻtkazilmaydi. Shuningdek, 1-sinflarda bir kunda 4 soatdan ortiq dars oʻtish mumkin emas, 2-4-sinflarda esa bu eng koʻpi bilan 5 soat etib belgilangan.

1-sinfda oʻqiyotganlar uchun eng qiyin fanlar 2-darsda,
2-4-sinfda oʻqiyotganlar uchun – 2-3-darslarda, 
5-9-sinfda oʻqiyotganlar uchun – 2-4-darslarda oʻtkazilishi kerak.

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan ushbu, chorak oxirlagan ayni kunlarda mazkur talabga rioya qilishlarini soʻrab qolamiz.

Respublika ta’lim markazi

Kanalga ulanish:👇

https://t.me/uztdi