Ta'lim nazorati
107K subscribers
4.4K photos
1.04K videos
613 files
7.01K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Prezident Farmonida davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi qoʻshimcha vakolatlarni berish nazarda tutilmoqda:

Davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan oliy taʼlim tashkilotining prorektorlarini (mahalliy oliy taʼlim tashkilotining filiali direktor oʻrinbosarlarini) oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan lavozimga tayinlash.

Oʻz tizimidagi ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish.

Kafedralar shtat birliklari hamda professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasining minimal miqdorlarini belgilash.

2027/2028 oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash.

Oʻqishi koʻchirilgan, qayta tiklangan, akademik mobillikdan qaytgan talabalarning egallangan kompetensiyalarini hisobga olgan holda oʻzlashtirilgan kreditlarni tan olish, aniqlangan farqlarni topshirish tartibini belgilash.

Xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish shartlari va muddatlarini belgilash hamda ularga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan grant kvotalarini ajratish va stipendiya belgilash.

Talabalar, jumladan, chet el fuqarolari uchun ularning oʻzlashtirish koʻrsatkichi va ijtimoiy holatini inobatga olgan holda kontrakt toʻlovlari boʻyicha chegirmalar berish.

Oliy taʼlim tashkilotining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan xalqaro eʼtirof etilgan reyting tashkilotlari bilan oliy taʼlim tashkilotini xalqaro reytingga kiritish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish.

Oliy taʼlim tashkilotining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining oliy taʼlim tashkilotlaridagi boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun yoshlar yetakchilari tomonidan jalb qilingan homiylik mablagʻlariga teng miqdorda, biroq bir yilda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 000 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni oʻtkazish.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Magistraturaga oʻqishga qabul qilishda yangi tizim joriy etiladi

2027/2028 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga o‘qishga qabul qilishning yangi tizimi joriy qilinadi.

Bu haqda Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2026-yil 10-apreldagi PF–58-son Farmonida belgilangan.

Bunda:

– magistraturaga o‘qishga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabini saqlab qolish;

– oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli ixtisoslik fanlari bo‘yicha qo‘shimcha imtihon o‘tkazish vakolatini berish;

– qo‘shimcha imtihon shakli, sinovlar dasturi hamda baholash mezonlari oliy ta’lim tashkiloti tomonidan mustaqil tasdiqlanishi nazarda tutilgan.

Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/70291/

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Вазир_жамғармаси
#диққат_эълон

📣 Hurmatli pedagoglar!


Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi tegishli qaroriga asosan, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan malakali pedagoglarga har oylik ustamalar toʻlab kelinmoqda.

👉 Maʼlumot uchun: 2026-yil uchun mazkur ustama toʻlanadigan pedagoglarning cheklangan soni (yillik kvota) 1 900 nafar etib belgilangan:

➡️1400 ta –umumiy oʻrta taʼlim maktablari pedagoglari uchun;
➡️100 ta – ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari pedagoglari uchun;
➡️400 ta – maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari uchun ajratilgan.

Nizomga koʻra, joriy yilgi saralash jarayonlarining 1-bosqichi sifatida 2025-yilda oʻtkazilgan bahorgi va kuzgi malaka sinovlarida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha umumiy ballning kamida 80 foizini (64 ball) qoʻlga kiritgan 36 000 nafardan ortiq nomzodlarning natijalari tahlil qilindi hamda:

umumtaʼlim maktablari pedagoglari uchun ajratilgan (1 400 ta) kvota uchun 4 200 nafar;
ixtisoslashtirilgan maktablar pedagoglari uchun ajratilgan (100 ta) kvota uchun 281 nafar;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari uchun ajratilgan (400 ta) kvota uchun223 nafar nomzod saralab olindi.

Bu haqida mazkur pedagoglarning pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga tegishli (nomzod sifatida tavsiya etilgan yoki etilmaganligi xususida) xabarlar yuborildi.

🔹 Ammo pedagoglardan ushbu tahlil natijalari boʻyicha turli savollar kelib tushayotganligi sababli, pedagog.uzedu.uz platformasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi tanlovining 1-bosqich natijalari boʻyicha eʼtiroz va savollar yuborish imkoniyati yaratilganligini maʼlum qilamiz.

👉 Ushbu murojaatlar joriy yilning 17-aprel (shu kuni ham) soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.

Kelib tushgan murojaatlar tegishli Nizom talablari (mavjud malaka toifasi, ish staji kabi) asosida koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga xabarnoma yuboriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e'lon qilindi

2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e'lon qilindi.

🔹 9-sinf — majburiy fanlar:

📖 Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1-iyun
📐 Matematika — 4-iyun
🏛 O'zbekiston tarixi — 8-iyun
🏃 Jismoniy tarbiya — 1–6-may

🔹 11-sinf — majburiy fanlar:

📖 Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2-iyun
📐 Matematika (Asosiy / Chuqurlashtirilgan) — 5-iyun
🏛 O'zbekiston tarixi — 9-iyun

🔹 11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy):

📚 Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Davlat huquq asoslari, Ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), Chet tili — 12-iyun va 15-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

O'quvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12 iyunda, 2-fan 15-iyunda o'tkaziladi.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Pedagoglar uchun ipoteka subsidiyasiga arizalar 20-apreldan qabul qilinadi

Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagoglarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish joriy yilning 20-aprel kuni soat 14:00 da boshlanishini ma’lum qilamiz.

Subsidiya Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foiz qismini qoplab berish uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Bunda, ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, kamida 15 yil pedagogik ish stajiga hamda oliy malaka toifasiga yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lishi lozim.

Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/70439/

👉 Pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining bir qismi qoplab berish boʻyicha savollarga javoblar

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇸🇺🇿American University of Technology (AUT) sizni 24- va 25-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Ochiq eshiklar kunlariga taklif qiladi!

Sizni quyidagilar kutmoqda:
- Arizona State University (ASU) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dasturlar taqdimoti
- Professorlar bilan uchrashuv
- AUT va ASUning qo‘shma diplomini olish haqida ma’lumot
- 2026-yilning kuzgi qabuli va grantlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot
- Kampus bo‘ylab sayohat

Magistratura: 24-aprel, 18:00
Bakalavriat: 25-aprel, 11:00 yoki 14:00

🎓 Tadbirning har bir ishtirokchisi AUTdagi butun o‘qish davri uchun 30% grant sertifikatiga ega bo‘ladi.

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting
Ilova Yakuniy (2026).pdf
175.7 KB
❗️Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlarini o‘tkazish tartibi va spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

➡️9-sinf o‘quvchilari 4 ta fandan imtihon topshiradi:
Ona tili va adabiyot
1-iyun — yozma (180 daqiqa, 10 ta savol)

Matematika
4-iyun — yozma (180 daqiqa, 20 ta savol)

O‘zbekiston tarixi
8-iyun — yozma + og‘zaki (180 daqiqa, 5 ta savol)

Jismoniy tarbiya
1–6-may — amaliy


➡️11-sinflar 3 ta majburiy + tanlov fanlardan imtihon topshiradi:

MAJBURIY FANLAR
Ona tili va adabiyot
2-iyun — yozma (180 daqiqa, 15 ta savol)

O‘zbekiston tarixi
9-iyun — yozma (180 daqiqa, 20 ta savol)

MATEMATIKA

5-iyun — yozma (180 daqiqa)

🔹 Asosiy — 20 ta savol
🔹 Chuqurlashtirilgan — 25 ta savol

Chuqurlashtirilgan tanlansa — 1 ta tanlov fan
Asosiy tanlansa — 2 ta tanlov fan


Tanlov fanlarini sinf emas, har bir o‘quvchi o‘zi mustaqil tanlaydi;
Tanlov fanlar oldindan ariza orqali belgilanadi.

20 ta savol
180 daqiqa (chet tili — 100 daqiqa)

Tanlash mumkin bo‘lgan fanlar:
Fizika | Kimyo | Biologiya | Geografiya | Davlat-huquq asoslari | Chet tili

ESLATMA
✔️ Variantlar imtihondan 1 kun oldin e’lon qilinadi
✔️ Barcha jarayonlar belgilangan tartib asosida o‘tkaziladi.

Yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari o‘tkazilish kunlari

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘zbekistonda oliy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha yagona davlat imtihonlari joriy etilishi rejalashtirilmoqda

‘‘Oʻquvchilarni qobiliyati va tanloviga qarab kasbiy yoki oliy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha yagona davlat imtihonlari tizimini joriy etish toʻgʻrisida’’gi Prezident Farmoni loyihasi ishlab chiqildi va muhokamalar portaliga joylandi.

Loyihaga ko‘ra, 9-sinf bitiruvchilari uchun bitiruv va o‘rta maxsus yoki boshlang‘ich professional ta’limga qabul jarayonlarini qamrab oluvchi asosiy davlat imtihonlari joriy etiladi. 11-sinf, shuningdek o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim bitiruvchilari uchun esa bitiruv hamda oliy va professional ta’limga qabulni o‘z ichiga olgan yagona davlat imtihonlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

9-sinf bitiruvchilari ona tili va matematikadan majburiy, shuningdek 2 ta tanlov fanidan imtihon topshiradi. 11-sinf va tegishli boshqa bitiruvchilar uchun ham 2 ta majburiy fan va 2 ta tanlov fani asosida yagona davlat imtihoni tashkil etiladi.


Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/70481/

Loyihaga muvofiq, imtihonlar uchun ro‘yxatdan o‘tish har yili 1-yanvardan 31-martga qadar davom etadi.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ta'lim nazorati pinned «❗️O‘zbekistonda oliy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha yagona davlat imtihonlari joriy etilishi rejalashtirilmoqda ‘‘Oʻquvchilarni qobiliyati va tanloviga qarab kasbiy yoki oliy taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha yagona davlat imtihonlari tizimini joriy etish toʻgʻrisida’’gi…»
⚡️Chet tilidan milliy sertifikat natijalari eʼlon qilinmoqda

Xabaringiz bor, chet tilidan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 4-15-16-mart kunlari (yozma qismi), 16-martdan 9-aprel kunlari (gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari) oʻtkazilgan edi.

Ushbu imtihon natijalarini e'lon qilish bugun boshlandi.

📌Talabgorlar o‘z natijalarini @milliy_sertifikat_natijabot orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Pedagoglarga ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatishda 50 foiz chegirma beriladi

Vazirlar Mahkamasi qarori (175-son, 16.04.2026-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

💸 Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ta’lim tashkilotida mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslar uchun quyidagi davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qilishi belgilandi:

🔹 ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari;

🔹 muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari;

🔹 umumta’lim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish bo‘yicha davlat xizmatlari;

🔹 traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmatlari;

🔹 rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari va boshqalar.

📝 Shuningdek, kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar direktor va direktor o‘rinbosarlari 5 yilda 1 marotaba ishdan ajralgan holda, Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitilishi belgilandi.

⏭️ Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi o‘quvchilarni o‘qishdan chetlashtirish, boshqa yo‘nalishga o‘tkazish va o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish tartibi belgilandi.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugundan pedagoglar uchun ipoteka subsidiyasiga arizalar qabuli boshlanadi

Oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega pedagoglarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyaga arizalar qabul qilish bugun, 20-aprel kuni soat 14:00 dan boshlanadi.

Subsidiya Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-fevraldagi 69-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning 25 foiz qismini qoplab berish uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

Bunda, ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, kamida 15 yil pedagogik ish stajiga hamda oliy malaka toifasiga yoki bosh o‘qituvchi lavozimiga ega bo‘lishi lozim.

Subsidiya olish uchun quyidagi usullar:

Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish;
MyGov mobil ilovasi;
My.gov.uz portalida, mazkur havola orqali ariza topshirishingiz mumkin.

Subsidiyali ipoteka kreditlarini ajratish dasturida ishtirok etuvchi tijorat banklarining ro‘yxati bu yerda: https://talimxabarlari.uz/70439/

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'quvchilar uchun sertifikatlar ro'yxati 2026.pdf
311.7 KB
⚡️O'quvchilar tegishli fan boʻyicha yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladigan sertifikatlar ro'yxati

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 15-apreldagi 138 -sonli buyrugʻiga asosan Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) qarori bilan tasdiqlangan quyidagi roʻyxatda keltirilgan (minimal darajadagi) milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan oʻquvchilar tegishli fan boʻyicha yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladi:

2-bob. Oʻrta maxsus, professional, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar roʻyxati;

5-bob. Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatida.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MMTV 138-son buyruq.pdf
577.4 KB
⚡️Sertifikati bor oʻquvchilarga yakuniy imtihonlarda qoʻshimcha imtiyoz belgilash tartibi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 15-apreldagi 138 -sonli buyrugʻi bilan sertifikatlarga ega boʻlgan oʻquvchilarga yakuniy imtihonlarda qoʻshimcha imtiyoz belgilash tartibi tasdiqlandi.

Unga ko'ra:

Sertifikatlar roʻyxatida keltirilgan (minimal darajadagi) milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan oʻquvchilar tegishli fan boʻyicha yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladi.

Oʻquvchilar tomonidan olingan xorijiy tillar hamda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni yuklash, haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlash bilan bogʻliq zaruriy amallarni bajarish yuzasidan “erp.maktab.uz” elektron platformasida qoʻshimcha funksiyalar ishga tushiriladi.

Maktablarda belgilangan masʼul xodim tomonidan sertifikatlarga ega boʻlgan oʻquvchilar roʻyxati shakllantirilib boriladi. Bunda, roʻyxat shakllantirish uchun sertifikatning elektron nusxasi olinib, asl nusxasi egasiga qaytariladi.

👉 O'quvchilar tegishli fan boʻyicha yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladigan sertifikatlar ro'yxati

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi

📆Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 25-, 26-, 27-aprel hamda 2-, 3-, 4-, 11-, 12,-13- va 25-may kunlari o‘tkaziladi. Ushbu sanalarda belgilangan imtihonlar uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi.

📌Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

🆔 Imtihonlarda ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

✉️ Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan sana va vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:

1-smena: 07:00– 08:15
2-smena: 13:00 – 14:15

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

❗️ Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar: 1-smena uchun soat 08:15 dan, 2-smena uchun soat 14:15 dan keyin test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Izoh:
Imtihon natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng 21 ish kunida (23-iyun kuni) e’lon qilinadi.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (
@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 2025-2026-o‘quv yilida Prezident, ijod, sport hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati va imtihon SHAKLLARI

🔹Prezident maktablari uchun


9-sinf o'quvchilari uchun
Jismoniy tarbiya
Ona tili va adabiyot
O'zbekiston tarixi

Yakuniy nazorat 11-sinf uchun
O‘zbekiston tarixi
Ona tili va adabiyot (majburiy)

Sport maktablari uchun

9-sinf o'quvchilari uchun
Jismoniy tarbiya
Matematika
Ona tili va adabiyot
O'zbekiston tarixi

✍️ Ijod maktablari uchun

9-sinf o'quvchilari uchun
Jismoniy tarbiya
Matematika
Ona tili va adabiyot
O'zbekiston tarixi

Yakuniy nazorat 11-sinf o'quvchilari uchun
Kimyo
O‘zbekiston tarixi
Fizika (tanlov)
Informatika va axborot texnologiyalari
Ingliz tili
Matematika (asosiy)
Ona tili va adabiyot
Biologiya (tanlov)


Dóretiwshilik mektepleri ushın (Qoraqalpoq tili)

9-klass oqıwshıları ushın
Ana tili hám ádebiyatí
Dene tárbiyası
Ózbekstan táriyxí
Matematika

Juwaymaqlawshı qadaǵalaw 11-klass oqıwshıları ushın
Ana tili hám ádebiyatı
Biologiya
Inglis tili
Matematika bazalıq (tiykarǵí)
Ózbek tili (davlat tili)
Ózbekstan táriyxí
Tańlaw Fizika
Tańlaw Ximiya


Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi_O‘zbekiston_yoshlari_–_2030”_strategiyasini_tasdiqlash_hamda.pdf
11.6 MB
❗️Nodavlat o‘quv markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijda stajirovka o‘taydi

📃“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasini tasdiqlash hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–66-son, 20.04.2026-y.) qabul qilindi.

Farmon bilan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda uning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

📌Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyulgacha nodavlat qo‘shimcha taʼlim xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarning yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilari xorijiy ilg‘or taʼlim markazlariga stajirovkaga yuboriladi.

📌Olis va chekka hududlarda xorijiy tillarga o‘qitish boʻyicha nodavlat qo‘shimcha taʼlim xizmatlari koʻrsatishni tashkil etish uchun foizsiz qarz (ssuda) ajratilgan va faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan subyektlarga BHMning 730 baravarigacha miqdorda foizsiz qarz (ssuda) ajratib boriladi.

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/70773/

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️B2 va C1 darajali yoshlar uchun boj va to‘lovlar 50 foizgacha qisqartiriladi

⚡️Strategiyada 2030-yilga qadar o‘quv markazlari soni 90 mingtaga yetkazish, 450 ming nafar yoshning xorijiy tillar bo‘yicha bilimini B2 darajasiga olib chiqish va 900 ming yoshni volontyorlik harakatiga jalb etish maqsad qilingan.

Bunda olis va chekka hududlarda o‘quv markazlarini ochish uchun 300 million so‘mgacha ssuda, ijtimoiy faol yoshlarga esa volontyorlik jamg‘armasidan 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.

B2 darajadagi sertifikatga ega yoshlar uchun xorijga chiqish pasporti boji, C1 darajasi va tadbirkorlik tashabbuslari uchun esa ayrim davlat xizmatlari to‘lovlari 50 foizgacha kamaytiriladi.

Hududlarda kitob do‘konlari va “Book-kafe”larni o‘zida jamlagan maxsus “Yoshlar ko‘chalari” barpo etiladi. Shuningdek, yoshlar infratuzilmasining minimal standartlari belgilanib, har bir hududdan namuna sifatida “Yoshlar tuman-shaharlari” tanlab olinadi.

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugun “El-yurt umidi” stipendiya tanloviga hujjat topshirishning oxirgi kuni

Xabaringiz bor, “El-yurt umidi” jamg‘armasining nufuzli universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarida taʼlim olish uchun 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilingan edi.

📨Hujjatlar maxsus onlayn platforma orqali 3-apreldan buyon qabul qilinmoqda va qabul jarayoni bugun, kun yakuniga qadar (soat 23:59 gacha) davom etadi.

Ma’lumot uchun: 2026-yil 3-apreldan 23-aprelga qadar tanlovning onlayn platformasida 13 500 nafardan ziyod kishi ro‘yxatdan o‘tgan.

Hujjatlar maxsus ➡️onlayn platforma orqali qabul qilinadi.

Murojaatlar uchun: @eyufadmissionbot

🔗 Website: Eyuf.uz

“El-yurt umidi” stipendiyasi: olish tartibi, shartlari va afzalliklari: 👉 https://talimxabarlari.uz/69850/

📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM