Ta'lim nazorati
108K subscribers
3.95K photos
965 videos
404 files
5.82K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#tadqiqot

Boshlangʻich sinfdagi oʻqituvchi bilan munosabat bolaning kelajagiga taʼsir koʻrsatishi isbotlangan

Boshlangʻich sinfda oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar sifati oʻquvchining kelajakdagi muvaffaqiyatiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin.

2014-yil AQShda oʻtkazilgan “Child Development” jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, boshlangʻich sinf oʻqituvchilariga ijobiy munosabatda boʻlgan bolalar yuqori sinflarda ham yaxshiroq oʻqishga moyil boʻlishi isbotlangan.

Shuningdek, AQShda oʻtkazilgan yana bir tadqiqotga koʻra, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi oʻquvchining kelgusida matematikadagi muvaffaqiyatiga katta taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Yaxshi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlgan bolalar yuqori sinflardagi matematika testlarida tajribasiz va motivatsiyasi past oʻqituvchilar oʻqitgan bolalarga qaraganda yaxshiroq natijalarga erishgan.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
#tadqiqot

"O‘quvchilarning o‘zlashtirishi ularning ijtimoiy qatlamiga ham bog‘liq" – Britaniyalik olimlar

Bolalar oilasining ijtimoiy toifasi ota-onalari ular bilan o'tkazadigan vaqtdan ko'ra ularning maktabda o'qishlariga ko'proq ta'sir qiladi.

Bu haqda Britaniya sotsiologiya assotsiatsiyasining Manchesterdagi konferensiyasida taqdim etiladigan tadqiqot natijalarida ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, ota-onalarning oliy ma'lumotli yoki yaxshi ta'minlangan yoki yuqori ijtimoiy-iqtisodiy sinfga mansub bo'lishi bolalarning o'qituvchilari tomonidan "o'rtachadan yuqori" deb baholanishi ehtimolini taxminan ikki baravar oshiradi.

Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy sinfga mansub oilalaridagi yetti yoshli bolalarning deyarli har beshtadan ikkitasi (39 foizi) o'qituvchilar tomonidan matematika bo'yicha "o'rtachadan yuqori" deb hisoblangan.

Shuningdek, ota-onasi qo'l mehnati bilan shug'ullanganlarda ushbu ko‘rsatkich atigi 21 foizni tashkil etgan. Bu esa tahlilda foydalanilgan beshta sinf orasida eng past ko‘rsatkich degani.

Ijodiy fanlar yo‘nalishida yuqori ijtimoiy qatlamga tegishli oilalar farzandlarining 28 foizi "o‘rtachadan yuqori" natija qayd etgan. O‘z navbatida qo‘l mehnati bilan shug‘ullanuvchi oila farzandlarida ushbu raqam 14 foizni tashkil etgan.

Bundan tashqari, bolalar tomonidan qayd etilgan ko'rsatkichlar eng badavlat va kambag'al sinfdagi hamda diplomli va malakasiz ota-onalari bilan solishtirilganda, o'xshash ekanligi ko‘zga tashlandi.

📌 Yana qaysi mavzulardagi xalqaro tadqiqotlarni tarjima qilib e‘lon qilishimizni xohlasangiz Telegram boti(@uztdibot)mizga yozib yuboring.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi