Ta'lim nazorati
108K subscribers
3.95K photos
965 videos
404 files
5.82K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Yangi o‘quv yilidan magistratura va doktorantura uchun B2 va C1 sertifikatlari talab qilinadi

2022/2023-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etilgan edi.

Endilikda Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) ga asosan 2023/2024-oʻquv yili uchun magistratura va doktoranturaga qabul Prezidentning tegishli qarori (PQ-5117-son 19.05.2021)da belgilangan talablarga asosan amalga oshiriladi.

Ya`ni filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, vazir buyrug‘i ayrim sertifikatlar ro‘yxatdan chiqarib yuborildi.

Yuqorida vazir buyrug‘i bilan tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikatlar (ularning darajalari) RO‘YXATI bilan tanishishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat onlayn muloqot

Kanalimiz (@uztdi) orqali “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovini eʼlon qilgani haqida avval xabar bergan edik.

🎙 Ushbu jarayonda jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javob olish uchun 3-aprel kuni soat 15:30 da “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari Javohir Ahmedov bilan onlayn muloqot tashkil qilinadi.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz mumkin.

📌 Eslatib o‘tamiz, xorijdagi nufuzli universitetlarda jamgʻarma hisobidan oʻqish uchun pedagoglarga ham 35 ta o‘rin ajratilgan.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_4

⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.

❗️Bugungi audiobayonotimizda, jumladan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:

▶️ Vazirlik tasarrufidagi “Mehrli maktab”ning joylardagi filiallari qaysi tuman va shaharlarda ochiladi? Unda ishlash uchun qanday talablar mavjud?
▶️ Ayrim hududlardagi maktablarda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan ayol o‘qituvchilarga ma’lum ustama to‘lanayotgan ekan. Bu kabi ustamalar kimlarga beriladi, uning berilish va bekor bo‘lish shartlari qanday?
▶️ “Tarbiya” va “Huquq” fanlaridan ham kelgusida milliy sertifikat joriy qilish nazarda tutilganmi?

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
⚡️Boshqa fanlar boʻyicha ham milliy sertifikatlashni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan

Maʼlumki, hozirgi paytgacha Hukumat qarori(646-son, 12.10.2020)ga asosan matematika, kimyo, biologiya, fizika, geografiya, tarix hamda ona tili va adabiyot (oʻzbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) fanlari boʻyicha milliy sertifikatlar joriy etilgan. Milliy sertifikatlar joriy etilmagan boshqa umumtaʼlim fanlari boʻyicha ham sertifikatlashni joriy etishga doir hozirda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
⚡️Joriy yilda uchta hududda “Mehrli maktab”ning hududiy filiallari ochiladi

2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Fargʻona viloyatlarida “Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasining hududiy filiallari ochilishi belgilangan. Kelgusi yildan boshlab, mamlakatimiz qolgan hududlarda ham bosqichma-bosqich tashkil etib boriladi.

Filiallarda
umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish uchun — pedagog xodim (matematika, ona tili va adabiyot hamda boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari) psixolog, tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisi kabi lavozimlarda faoliyat olib borish mumkin.

Ushbu lavozimlarga nomzodlar maʼlumoti, ish staji, malaka toifasi va til bilish borasida maʼlum talablarga javob berishi lozim. Belgilangan malaka toifasiga javob bergan nomzodlar suhbat natijasiga koʻra ishga qabul qilinadi.

Maʼlumot uchun, joriy yilning 27-fevral kuni “Mehrli maktab”ning hududlarida tashkil etiladigan filiallariga ishga taklif qilib eʼlon berilgan va nomzodlarning hujjatlari 20-martga qadar qabul qilingan.

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Onlayn muloqot boshlanishiga 1 soatdan kam vaqt qoldi

🎙 Bugun soat 15:30 da Ta’lim nazorati (@uztdi) kanalida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari Javohir Ahmedov bilan onlayn muloqot boshlanadi.

Ushbu jarayonda jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javob beriladi.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz mumkin.

📌 Eslatib o‘tamiz, xorijdagi nufuzli universitetlarda jamgʻarma hisobidan oʻqish uchun pedagoglarga ham 35 ta o‘rin ajratilgan.

🗓 Nomzodlarning hujjatlari 2023-yil 1-apreldan – 1-mayga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

📥 Onlayn hujjat topshirish: http://admission.eyuf.uz

Tanlovda gʻolib boʻlgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda taʼlim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi.

Kanalga
ulanish👇
https://t.me/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun muhim yangilik: ushbu fan bo'yicha o'zbek tilidagi malaka oshirish kontentlari faollashtirilmoqda

🗓 3-aprel soat 16:00 dan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun navbatdagi 3 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlanadi:

👉 Turkman tili va adabiyoti
👉 Iqtisodiy bilim asoslari
👉 Boshlang'ich ta'lim (o'zbek tilida)

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi taqdimoti.pdf
7.7 MB
#taqdimot

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovi uchun hujjatlar 1-apreldan – 1-mayga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinayotgani e‘lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Quyida e‘tiboringizga “El-yurt umidi” jamgʻarmasining faoliyati hamda 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi toʻgʻrisida TAQDIMOTni havola qilmoqdamiz.

Tez fursatda onlayn muloqot videosi ham kanalimizda e‘lon qilinadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
4-aprel – Butunjahon internet kuni

🗓 Har yilning 4-aprel sanasi turli mamlakatlarda Butunjahon internet kuni sifatida nishonlanadi.

Ushbu kun munosabati bilan internet haqida eng qiziqarli beshta faktni havola etamiz:

1️⃣ Bugungi kunda dunyo aholisining uchdan ikki qismi internetdan foydalanadi, 2,7 milliard odamda esa bunday imkoniyat yo'q.

2️⃣ Internet foydalanuvchilarining 22,8 foizini 18-24 yoshdagilar tashkil qiladi.

3️⃣ Internet tarmog‘idagi eng mashhur va foydalanuvchisi ko‘p ilova "TikTok" hisoblanadi.

4️⃣ Internet orqali yuborilgan birinchi xabar 1969-yilda Kaliforniyaning turli joylarida joylashgan ikkita kompyuter o'rtasida amalga oshirilgan.

5️⃣ Hozirgi kunda O‘zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 31 milliondan ortgan.

Kanalga
ulanish👇
https://t.me/uztdi
Vazir jamgʻarmasidan ustama olish malaka toifasi talabi mavjud emas

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama oladigan 1697 nafar oʻqituvchilar ro‘yxati e‘lon qilinganidan soʻng:

"Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olishga faqat oliy toifali oʻqituvchilar nomzod boʻladi oladimi?” degan savol bilan telegram (@uztdibot) botimizga murojaat yuborilgan.

Hukumat qarori (№425, 02.08.2022) bilan tasdiqlangan nizomda vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun nomzodlikka talablar ko‘rsatib o‘tilgan.

Nomzod bo‘lish uchun pedagoglarga malaka toifasi bo‘yicha talab belgilanmagan.

Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozimligi haqida👉 Batafsil: https://t.me/uztdi/6464

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
⚡️ Ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan talabgorlarni ro‘yxatga olish 10-aprel kuni boshlanadi

🔰 Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendum bo‘lib o‘tishi belgilangan.

📆 Shu sababli 30-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari 14-may kuniga ko‘chirildi.

👨🏻‍💻 Bunda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatga olinadi.

🖥 Shuningdek, 21-may kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish ham 10-apreldan 24-aprelga qadar amalga oshiriladi.

Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali ro‘yxatga olinadi va ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 24-aprel (to‘lov qilish — 25-aprel) kuni hisoblanadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Ota-onalar diqqatiga!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan my.maktab.uz platformasida yana bir davlat xizmati joriy etildi!

📚 Endilikda ota-onalar yurtimizning istalgan hududlarida joylashgan umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan farzandlarini Toshkent shahar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyat markazlaridagi maktablarga onlayn tarzda o'tkazish bo'yicha ariza berishlari mumkin.

☎️ Batafsil maʼlumotlarni ushbu video yo'riqnoma orqali yoki +99871 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
🗓 5-aprel – Xalqaro vijdon kuni

Ushbu kunni nishonlash tashabbusi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2019-yilda o‘tkazilgan Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida Bahrayn Qirolligi Bosh vaziri Shayx Xalifa ibn Salmon tomonidan ilgari surilgan.

2020-yildan boshlab, bu kun xalqaro miqyosda keng nishonlanadi.

Unga ko‘ra, tinchlik faqat zo‘ravonlik va mojarolarning yo‘qligi emas, u adolat, taraqqiyot va yaxshi boshqaruv tamoyillarini o‘z ichiga olgan uzluksiz evolyutsiya holatidir.

Vijdon esa buni odamlarga tushunishga yordam beradi. Shuningdek, u adolat tuyg‘usini yaratishi va xalqlar o‘rtasida yaxshiroq aloqalarni o‘rnatishga yordam beradi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, abituriyent OTM bakalavriatiga kirishda chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri boʻyicha test sinovi topshiradi.

❗️Shuningdek, abituriyent oʻqigan chet tilidan qatʼi nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi ham mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
⚡️ May-iyun oylarida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari may-iyun oylari davomida har oyda bir marotaba tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha aprel oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 8-9-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa talabgorlar soni ko‘p bo‘lgani uchun 13-14-, 17-21-, 25-29-aprel va 1-5-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

📍 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (12-may kuni) e’lon qilinadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
OTB hisoboti: O‘zbekistonda ko‘proq umumta’lim maktablari va sifatli ta’lim zarur

Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) “Osiyo taraqqiyoti istiqbollari” nomli yangi hisoboti e’lon qilindi.

Hisobotda qayd etilishicha, aholi soni yiliga 2 foizga o‘sayotgan O‘zbekistonda ko‘proq umumta’lim maktablari va sifatli ta’lim zarur.

O‘rta taʼlim, jumladan, kasb-hunar maktablari 2022-yilda taʼlimga davlat xarajatlarining qariyb 72,3 foizini o‘zlashtirgan.

Maktabga qabul qilishni yana 1,2 million o‘quvchiga oshirish uchun hukumat taxminan 1 961 maktab qurishi yoki ikki smenali darslarga ruxsat berish uchun o‘quv kunini qisqartirishi kerak.

OTB o‘rta ta’lim sifati tashvishga solarli darajada ekanini va O‘zbekiston o‘rta maktab taʼlimi sifatini qiyosiy baholash uchun hali ham Xalqaro talabalarni baholash dasturini o‘tkazishi kerakligini qayd etgan.

Hisobotda O‘zbekiston iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish uchun ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali ishchi kuchiga ehtiyoj borligi ta’kidlangan.

👉Batafsil

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi