Ta'lim nazorati
112K subscribers
3.86K photos
911 videos
364 files
5.52K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Navbatdagi fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslariga start berilmoqda

🗓 11-aprel soat 14:00 dan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutining "Uzluksiz kasbiy ta'lim" platformasida 2023-yil uchun navbatdagi 3 ta fan bo'yicha malaka oshirish kurslari boshlanadi:

➡️ Umumiy o'rta ta'lim maktablari amaliyotchi psixologlari
➡️ Yordamchi maktab va maktab internatlari texnologiya fani
➡️ Yordamchi maktab va maktab internatlari tabiiyot va geografiya fani

📄 Qolgan fanlar bo'yicha malaka oshirish kurslari ham qisqa fursatda bosqichma-bosqich asosda faollashtiriladi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Huquqni muhofaza qilish akademiyasining bakalavriatiga qabul

🔰 2023-yil 6-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 143-son qarori qabul qilindi.

📌 Mazkur qarorda Akademiyaning “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga nomzodlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Shu sababli Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” bo‘limi ochilib, talabgorlarni ro‘yxatga olish imkoniyati yaratildi.

🖥 Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 3-may kuniga qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi.

🔗 Qabul bo‘yicha to‘liq ma’lumot bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/pdfs/6425532.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/uztdi
Yoshlarni ishga qabul qilish tizimi tubdan qayta koʻrib chiqiladi

Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yigʻilish boshlandi.

Oʻtgan yili 11 ta davlat oliygohining 11 mingdan ziyod bitiruvchilaridan 6,5 ming nafari ishga joylashmagan. Yoki grantda oʻqigan 3 ming talaba ham ishga kirmagan. Professional taʼlimda ham, oʻtgan yili kollej va texnikumlarni 143 ming nafar yoshlar bitirgan boʻlsa, shundan 30 ming nafari ish topa olmagan.

Shu munosabat bilan bundan buyon har bir vazir tarmogʻidagi kasblarga malaka talabini oʻzi belgilashi, bunda 70 foiz kasblarga oʻrta maxsus, 30 foiziga oliy maʼlumot talab etiladigan tizim boʻlishi taʼkidlandi.

Shuningdek, vazirliklar oliygoh va kollej-texnikumlarga buyurtma berish bilan birga ularning oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.

Har bir vazir va viloyat hokimi yil boshida oʻzining Yoshlar bandligi dasturlarini ishlab chiqib, aholiga eʼlon qilishi va yil yakunida natijalari boʻyicha jamoatchilikka hisobot berishi belgilandi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/uztdi
Talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan stajirovka tizimi joriy qilinadi

Prezident raisligidagi yig‘ilishda 1-iyundan boshlab “yoshlar daftari”ga kirgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan stajirovka tizimini joriy qilish topshirildi.

Yoshlar oʻrtasida IT, reklama, kino, arxitektura, dizayn, marketing, hunarmandchilik, rassomchilik kabi yoʻnalishlarga qiziqish ortib borayotganini hisobga olib, viloyat hokimlariga yil yakunigacha bittadan “Kreativ park” tashkil etish topshirildi. Ularda IT park rezidentlariga berilgan imtiyoz va yengilliklar qoʻllanadi.

Bu maqsadlar uchun “Yangi Oʻzbekiston yoshlari tashabbuslari” jamgʻarmasi va elektron platformasi tashkil qilinadi. Jamgʻarmaga 100 million dollar yoʻnaltiriladi. Bu mablagʻlar iqtidorli yoshlarning eng yaxshi gʻoya, startap va loyihalariga qulay va yengil shartlarda, zarur boʻlsa, foizsiz va garovsiz ajratiladi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/uztdi
Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari boʻyicha oʻz klublarini tashkil etadi

Prezident matbuot kotibi
xabariga ko‘ra Toshkent shahrida Anhor va Boʻzsuv, Nukusdagi Doʻstlik, Urganchdagi Shovot, Fargʻonadagi Margʻilonsoy kanallari boʻyida yoshlar ijod koʻchalari tashkil etiladigan boʻldi. Bu yerda rassomlar, haykaltaroshlar, adiblar, sozandalar va ularning muxlislari uchun sharoit yaratiladi.

Har bir oliygohda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari boʻlishi kerakligi taʼkidlandi. Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari boʻyicha oʻz klublarini tashkil etadi. Bu klublar Talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar oʻtkazib boradi.

Qoʻshimcha 300 ming yoshlarning xususiy markazlarda til oʻrganish xarajatlariga 100 milliard soʻm subsidiya ajratiladi.

Yurtimizdagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga oʻtkazilib, har yili 100 ming nafar yoshlar qamrab oladi.

Tuman markazidan uzoqdagi mahallalarda sport, madaniyat va sanʼat yoʻnalishlarida toʻgarak ochgan murabbiylarga zarur jihoz uchun 15 million soʻmgacha subsidiya beriladi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/uztdi
#Bilasizmi

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalari kirishda davlat granti asosidagi qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;

toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari;

ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

☑️ Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/uztdi
Bog’chaga qabul qilishda pedagoglarning bolalari uchun ustunlik mavjudmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son Qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq pedagoglarning bolalari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli navbatga qo'yish huquqiga ega. 

Buning uchun pedagog ota-onalar o‘z bolalarini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joylashtirishda yo‘llanmalar olish uchun ustunlik huquqini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini ko‘rsatgan holda davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib murojaat qiladilar.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/uztdi
#kun_tarixi

🗓 12-aprel Xalqaro kosmonavtlar kuni

Insoniyat tarixida ilk bor 1961-yil 12-aprelda Yuriy Gagarin kosmosga parvoz qilgan.

🚀 1962-yildan boshlab bu sana kosmonavtlar kuni sifatida keng nishonlanadigan bo‘lgan.

Ammo bu taklifni Gagarin emas, uning dublyori, ikkinchi kosmonavt German Titov bergan.

➡️ Yuriy Gagarin kosmosga qadami yetgan birinchi odam bo‘lib tarixda qolgan bo‘lsa, Valentina Tereshkova tarixdagi birinchi ayol kosmanavt sifatida qolgan.

U – dunyoning birinchi ayol fazogiri, dunyoning birinchi kosmonavtlar juftligi hamda Sovet armiyasining birinchi ayol generali bo‘lgan.

▶️ Bundan tashqari, fazoni o‘zlashtirish borasida yana bir o‘ta muhim loyiha bo‘lgan AQShning Space Shuttle shatllar parvozi loyihasi ham aynan 12-aprel sanasidan boshlangan.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
1309 ta ro‘yxat.pdf
1.3 MB
⚡️Har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplab qoʻshimcha tarzda gʻolib deb topilgan 1309 ta loyihalar roʻyxati e‘lon qilindi

Prezidenti qarori (PQ-117, 10.04.2023)ga koʻra, 2023-yil 1-mavsum doirasida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha ravishda 1,3 trln soʻm mablagʻ ajratilishi belgilandi.

Natijada, qoʻshimcha ravishda 1 182 ta mahalla boʻyicha 4,3 mln nafar fuqaro ovoz bergan loyihalarni amalga oshirilishiga erishiladi.

Bundan tashqari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda manfatdor vazirlik va idoralar “Ochiq byudjet” axborot portaliga kelib tushgan va har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan loyihalar tahlillari asosida jihozlash bilan bogʻliq loyihalarda koʻzda tutilgan tovar (xizmat)larni xarid qilish xarajatlarini 2024-yil uchun byudjet soʻrovida koʻzda tutish boʻyicha ishlarni tashkil etish vazifasi topshirildi.

Natijada, 164 ta maktab, 30 ta bogʻcha va 32 ta tibbiyot muassasalarida taʼmirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/uztdi
⚡️Har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplab qoʻshimcha tarzda gʻolib deb topilgan ta‘lim muassasalari ro‘yxati

2023-yil 1-mavsum doirasida oʻtkazilgan tashabbusli byudjetda 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 1 309 ta loyiha uchun 1,3 trln soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi.

Bu haqda Prezidentning tegishli qarori (PQ-117, 10.04.2023)da ma’lum qilindi.

🏅Gʻolib tashabbuslarning yangilangan roʻyxati:

➡️ Umumtaʼlim maktablari
➡️ Maktabgacha taʼlim muassasalari
➡️ Oliy taʼlim muassasalari
➡️ Musiqa va maktabdan tashqari ta‘lim
➡️ Sport muassasalari

Saytda hududni tanlab filtrlash orqali oʻzingiz izlayotgan muassasani osonroq topa olasiz.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ro‘yxatdan chiqarilgan chet tili sertifikatlari vazirning yangi buyrug‘i qabul qilingunga qadar olingan bo‘lsa, inobatga olinadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 23-martdagi 65-son buyrugʻiga qadar olingan, 2022-yil 30-iyundagi 220-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan roʻyxatda koʻrsatilgan, amal qilish muddati tugamagan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlar 2023/2024-oʻquv yili qabulida oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari tanlovlarida ham inobatga olinadi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan quyidagi sertifikatlar magistraturaga kirish imtihonlarida topshirish mumkin boʻlgan hujjatlar roʻyxatidan chiqarilgan edi:

➡️ turk tilini bilish boʻyicha TÖMER

➡️ italyan tilini bilish boʻyicha Accademia Italiana di Lingua (AIL)

➡️ Cambridge Assessment English Linguaskill

Ushbu sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarilguniga qadar (2023-yil 23-martgacha) olganlar amal qilish muddati tugamagan bo‘lsa, 2023/2024-oʻquv yili qabulida magistraturaga hujjat topshirishlari mumkin.

👉
Magistratura va doktoranturaga hujjat topshiruvchilar uchun chet tilini bilish sertifikatlarining yangilangan roʻyxati

Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yilidan magistratura va doktorantura uchun B2 va C1 sertifikatlari talab qilinadi.

Kanalga ulanish:👇
https://t.me/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6479 та мактаб ва 4 031 та боғчалардаги иситиш тизимлари модернизация қилинади

“Ижтимоий соҳа объектларининг иситиш тизимларини давлат-хусусий шериклик асосида модернизация қилиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–118-сон, 10.04.2023 й.) қабул қилинди.

🔰 Қарорга кўра:

☑️ 2023 йилда республика бўйича 6479 та мактаб ва 4031 та мактабгача таълим ташкилотларининг иссиқлик таъминоти тизимларини хусусий сектор иштирокида модернизация қилиш ишлари бошланади.

Хусусий шериклар томонидан:

иссиқлик ҳароратини лозим даражада таъминлаш;

иситиш учун меъёр бўйича талаб этиладиган кўмир ва электр энергияси харажатларини камида 20 фоизга ва иссиқлик энергияси йўқотишларини 30 фоизга камайтириш;

Ўзбекистонда камида 1 йил синовдан муваффақиятли ўтган ва хизмат қилиш кафолати камида 15 йилни ташкил қиладиган қозонларни ўрнатиш;

ўрнатиладиган иситиш қозонларининг сифатини кафолатлаш ва муддатидан олдин яроқсиз ҳолатга келган иситиш қозонларини ўз маблағлари ҳисобидан янгилаш;

Объектларни иситиш билан боғлиқ барча масалаларни ўз зиммасига олиш каби вазифа ва мажбуриятлар бажарилиши таъминланади.

Каналга уланиш:👇
https://t.me/uztdi
⚡️Talabalarga ikkinchi kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.

Unga ko‘ra mazkur qaror qabul qilinsa:

➡️ oliy ta’lim muassasalari talabalarini ikkinchi kursdan (ayrim ta’lim yo‘nalishlarida ikkinchi kursdan keyingi kurslardan) boshlab oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlashiga ruxsat etiladi;

➡️ haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyoti va haq to‘lanadigan stajirovka o‘tayotgan talabalarni ishga qabul qilishda sertifikat talab qilinmaydi;

➡️ talabalarni sertifikat asosida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga faqat oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan davrida ruxsat etiladi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ikki oy muddatda:

a) quyidagilarni nazarda tutuvchi talabalarga mutaxassisligi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi sertifikat berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifalari yuklanadi:

sertifikat beriladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati;

sertifikatni ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qaysi kursdan boshlab berilishi;

sertifikatni berishda inobatga olinadigan holatlar.

➡️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qish davrida mutaxassisligi bo‘yicha ishlashini inobatga olib, 2024 yilga qadar Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatorini hamda malaka darajalariga erishish sxemasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish choralarini ko‘rishi taklif etilmoqda.

👉Кириллда ўқиш

Muhokamada ishtirok etish: http://regulation.gov.uz/oz/d/78449

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Talaba bo'lish imkoniyatlarini oshiruvchi platforma ishga tushirildi!

MenTalaba.uz platformasi maktab o'quvchilariga birgina saytning o'zida O'zbekistondagi o'nlab oliygohlarga hujjat topshirish va bir vaqting o'zida o'nlab oliygohlarga muddatidan oldin talaba bo'lishlari mumkin.

Buning uchun:
1️⃣ MenTalaba.uz saytidan ro'yxatdan o'tasiz
2️⃣ Shaxsiy profilni to'ldirasiz
3️⃣ Tahsil olmoqchi bo'lgan oliygohlarga ariza topshirasiz

👉 MenTalaba.uz - platformasidan hoziroq ro'yxatdan o'ting va muddatidan avval o'nlab oliygohlar talabasi bo'ling!

Yangiliklardan boxabar bo'lish va sovg'alar yutib olish uchun telegram sahifamizga obuna bo’ling.

👇👇👇
https://t.me/mentalaba_uz
Nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun oʻqituvchilarga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi

Adliya vazirligidan 2013-yil 5-martda 2435-son bilan ro‘yxatdan oʻtgan Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi” Nizomga koʻra:

maktab oʻqituvchilariga – maktabdan oʻqitilayotgan oʻquvchining yashash joyigacha kamida 1,5 kilometr masofa boʻlganda uyda oʻqitilayotgan bir nafar oʻquvchi uchun eng kam oylik ish haqi(EKOIH)ning 100 foizi miqdorida amalga oshiriladi.

Bir nafar uyda oʻqitilayotganga biriktirilgan bir nechta oʻqituvchilarga kompensatsiya ularning har oyda amalda oʻtkazadigan oʻquv soatlari ulushidan kelib chiqqan holda uyda oʻqitilayotganlarning oʻquv rejasidagi oʻquv soatlarining umumiy miqdoriga mutanosib ravishda belgilanadi.

Bunda, har bir maktab oʻqituvchisi uchun kompensatsiyaning umumiy miqdori EKOIHning 100 foizidan oshmasligi lozim.

Kompensatsiyani toʻlash oʻtgan oy uchun oyning ikkinchi yarmi oylik ish haqini toʻlash bilan bir vaqtda, alohida toʻlov qaydnomasi boʻyicha amalga oshiriladi.

Maktab oʻqituvchilari taʼtilda, shuningdek vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz boʻlgan davr uchun kompensatsiya toʻlanmaydi.

Ushbu kompensatsiya (EKOIH 100 %) maktab oʻqituvchilarining daromadi sifatida qaralmaydi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, yagona ijtimoiy toʻlov va fuqarolar sugʻurta badallari solinmaydi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
#qonunchilik

⚡️ Jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar taʼlim-tarbiya tashkilotlarida ishlashi taqiqlandi

Kuni kecha Prezident tomonidan xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga oid muhim Qonun imzolandi.

▶️ Qonunga ko‘ra, jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar taʼlim-tarbiya tashkilotlarida ishlashi taqiqlandi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining ayrim moddalariga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi: 👇

👉 Jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek, jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan

128-moddaga ko‘ra:

Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish – sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan,

129-moddaga ko‘ra:

Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish – uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti ochish tartibi qanday hamda ular amal qilishi lozim bo‘lgan asosiy talablar va shartlar nimalardan iborat?

Bugungi kunda nodavlat umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tartibga solinadi.

Batafsil: https://telegra.ph/NODAVLAT-TALIM-TASHKILOTLARINI-OCHISH-TARTIBI-YENGILLASHDI-04-14

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Professional taʼlim tashkilotlarining bir qator sohalar bo‘yicha oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya berish tartibi joriy etiladi

“2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–51-son, 13.04.2023-y.) qabul qilindi

🔰Farmonga koʻra,2023-yil 1-maydan quyidagi oʻzgartirishlar kiritiladi:

🔹professional taʼlim tashkilotlarining muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalaridagi maxsus fanlar boʻyicha dars berayotgan yoki oʻquv amaliyotini oʻtkazayotgan oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlim ustalariga imtiyozli shartlarda subsidiya xabarnomalarini berish tartibi joriy etiladi;

🔹uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun olinadigan ipoteka kreditlari boʻyicha berilgan subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning amal qilish muddati 4 oy etib belgilanadi;

🔹2023-yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishga doir arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2023-yil 1-maydan 2023-yil 1-dekabrgacha qabul qilinadi;

🗓 Farmonga koʻra, 2023-yilda:

🔸 kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun respublika boʻyicha jami 44 690 ta ipoteka kreditlari ajratiladi.

Mazkur kreditlarning kamida 30 foizi xotin-qizlarga ajratilishi belgilangan.

🔸ipoteka kreditlari boʻyicha 30 ming nafar shaxsga subsidiyalar ajratiladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
#kun_tarixi

🍀 Bugun, 15-aprel "Ekologik bilimlar kuni"

Har yili 15-aprel dunyoning koʻplab mamlakatlarida "Ekologik bilimlar kuni" sifatida nishonlanadi. Aynan shu kuni 1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan atrof muhit muammolari muhokamasiga bagʻishlangan konferensiyasida dunyoning barcha mamlakatlarida insoniyatning hayot tarzi va barqaror rivojlanishi strategiyasini amalga oshirishda ekologik taʼlimning ulkan ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlangan edi.

🌎 Bugungi bayramning asosiy maqsadi ekologik bilimlarni targʼib qilish va aholining ekologik madaniyatini shakllantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holati va atrof-muhit holati toʼgʼrisida jamoatchilikni xabardor qilish, shuningdek, ekologik fikrlaydigan fuqaroni oʼqitish va tarbiyalashdan iborat.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
⚡️Maktab direktorlarini lavozimga tayinlash tizimi oʻzgartirilishi kutilmoqda

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova vazirlikning “Vazirga murojaat” rukni ostida eʼlon qilingan videomurojaatda maʼlum qildi.

💬Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktab direktorlarini lavozimga tayinlash va umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy va bilimli rahbar kadrlar bilan taʼminlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan joriy yil davomida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktorlarini lavozimga lavozimdan ozod etish jarayonini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan tanlov asosida tashkil etish boʻyicha tegishli huquqiy hujjat loyihasi tayyorlanmoqda
”, – deyiladi bayonotda.

📌 Ma’lumot uchun Prezidentining tegishli Farmoni (11.05.2022 yil, PF-134-son) bilan maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik sertifikatini olishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat qilayotgan tarbiyachilarning sohaga doir ilmiy yoki ijodiy faoliyati uchun qo‘shimcha ustamalar belgilanganmi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli qarori bilan ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi belgilangan.

Unga ko‘ra, maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalashga oid har bir ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan ilmiy-metodik qo‘llanma, ilmiy-tahliliy uslub (yondashuv)lar uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha;

ta’lim va tarbiya sohasida tegishli tashkilot bilan bog‘liq ilmiy maqola (monografiya) nashr qilganligi uchun:

jurnalning darajasi va muhimligidan kelib chiqqan holda milliy ilmiy jurnallardagi nashr uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha;

xalqaro jurnallarda e’lon qilingan har bir maqola (monografiya) uchun mualliflarga lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha har oylik qo‘shimcha haq to‘lanishi belgilanishi ko‘zda tutilgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi