Ta'lim nazorati
108K subscribers
3.95K photos
965 videos
404 files
5.82K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#qonunchilik

⚡️ Jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar taʼlim-tarbiya tashkilotlarida ishlashi taqiqlandi

Kuni kecha Prezident tomonidan xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga oid muhim Qonun imzolandi.

▶️ Qonunga ko‘ra, jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslar taʼlim-tarbiya tashkilotlarida ishlashi taqiqlandi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining ayrim moddalariga ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi: 👇

👉 Jabrlanuvchini tarbiyalash, oʻqitish va (yoki) unga gʻamxoʻrlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek, jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan taʼlim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan

128-moddaga ko‘ra:

Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish – sakkiz yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan,

129-moddaga ko‘ra:

Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish – uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.me/uztdi
#qonunchilik_yangiliklari

⚡️ Xotin-qizlar kollej va texnikumlarda bir qator sohalar bo‘yicha davlat granti asosida taʼlim oladilar

Hukumatning “Kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 516-son (29.09.2023-y) qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladilar.

Xotin-qizlarni davlat granti asosida o‘qitish xarajatlari:

2023-yilda respublika byudjetidan byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan vazirlik va idoralarga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi:

2024-yilidan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutiladi.

Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladilar.

2023/2024-yilidan boshlab kollej va texnikumlar direktorlari davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlar uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilik_yangiliklari

⚡️Ota-onalarning har qanday yoshdagi farzandlari kontrakti uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-891-son, 28.12.2023-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Endilikda:

Ota-onalar har qanday yoshdagi farzandlarining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qishi uchun to‘lagan pullari daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Ilgari faqat 26 yoshgacha bo‘lgan farzandlar uchun to‘langan pullardan daromad solig‘i olinmagan.

Ushbu Qonun 2024-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM