UzA | Tezkor xabarlar
31.5K subscribers
7.62K photos
707 videos
31 files
1.34K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
Shavkat Mirziyoyev Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy klinik gospitalidagi urush faxriylarini ziyorat qildi

Gospitalda Uskan ota Xadjimanov Boyovut tumanidan, Fayzulla ota Nurmatov Oqqo‘rg‘on tumanidan, Anarboy ota Jalilov Parkent tumanidan, Muhiddin ota Dusanbayev O‘rtachirchiq tumanidan kelib davolanmoqda.

Ular hayotidan rozi ekani, davlatimizning va odamlarning hurmatidan xursand ekanini aytishdi.

Gospital jami 700 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari, soha faxriylari bepul davolanadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta'limda islohot

Davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha:

davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasini qisqartirib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy
ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi.

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#YANGILIK

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o'zgardi

O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball);

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi

Bunda:

ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2-kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi;

ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi;

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sirtqi ta’lim shakli uchun kvotalarni kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Sirtqi ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan ta’lim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikat talabi quyidagicha o‘zgartiriladi:

ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi;

(Sertifikat talabi xorijiy tillar yo‘nalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 darajada saqlanadi)

Kanalga ulanish:
🏫@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkaziladi.

Bunda:
— abiturientlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga, bali oliygohga yetmagan taqdirda, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi;

oliygohlarga qabul jarayoni 2 bosqichda:
1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
2-bosqich oliygoh – test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash orqali amalga oshiriladi.

Amalda abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda mos 5 tagacha oliygohni (yo‘nalishni) tanlaydi va ushbu oliygohlar (yo‘nalishlar) bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
Photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari urush faxriylari bilan samimiy muloqot qildi

Kanalga ulanish:
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga bayram tabrigi

Tabrik matni: https://uza.uz/posts/596634

Kanalga ulanish:
@uzauz
Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 10-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 695,00 so‘m (+ 11,01)
1 RUB 138,12 so‘m (– 1,12)
1 EUR 13 648,39 so‘m (+ 0,42)

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga keldi

“Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kanalga ulanish:
@uzauz