UzA | Tezkor xabarlar
25K subscribers
15.4K photos
1.74K videos
74 files
2.55K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
Mas’ullarga banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish topshirildi

Prezidentimiz kimda-kim “Birinchi chorak ko‘rsatkichi yaxshi bo‘ldi, yil yakunigacha ham shunday davom etadi”, deb xotirjamlikka berilsa, xato qilishini qayd etdi.

“Takror aytyapman: global ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, yetakchilik uchun kurash avj olayotgan hozirgi sharoitda dunyo oldingidek “sokin” bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda barcha rahbarlar o‘zi odatlanib qolgan ish uslubi, yondashuvi, kerak bo‘lsa, dunyoqarashini mutlaqo o‘zgartirishi zarur”,

– dedi Prezidentimiz.

Bu yil banklar orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga 140 trillion so‘m berilmoqda. Masalan, kichik biznesga berilgan har 1 milliard so‘m kredit hisobiga Shirin shahrida 20 ta, Uchquduqda 17 ta, Xonobod va So‘xda 14 tadan, Tomdi tumanida 13 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

Biroq Uchko‘prik, Piskent, Bo‘stonliq, Karmana, Qo‘rg‘ontepa tumanlarida 1 milliard so‘mlik kreditga o‘rtacha 3 ta ish o‘rni to‘g‘ri kelmoqda.

Agar hamma tuman banklari kreditlarni eng samarali loyihalarga yo‘naltirganida, qo‘shimcha 36 ming yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lardi, norasmiy ishlayotgan yana 60 ming odamning daromadi “soya”dan chiqardi.

Shuning uchun loyiha tanlashda, kredit resurslarini ishlatishda sun’iy intellekt kerak. Lekin viloyat, tuman bankirlarini sun’iy intellektga o‘qitib, kredit resursini tumanga eng katta samara beradigan loyihalarga yo‘naltirishni o‘rgatish ishlari sustligi tanqid qilindi.

Soha mas’ullariga tuman bankirlarini sun’iy intellektga o‘qitishni boshlash, banklarda “Sun’iy intellekt maslahatchisi” platformasini ishga tushirish topshirildi. Bu platforma tadbirkorlarga kredit olish uchun loyihaning parametri, risklari, bozordagi talabni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib, tayyor yechimlarni berishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Davlatimiz rahbari energiya samaradorlik masalalariga alohida to‘xtaldi.

Elektr yo‘qotishi 20 foizdan ko‘p bo‘lgan 44 ta tuman elektr tarmoqlari korxonalaridagi ahvol tanqid qilindi. Ularning xulosa qilmagan rahbarlarini bugunoq ishdan olish, o‘rniga yosh kadrlarni qo‘yib, yo‘qotishlarni 2 karra kamaytirish bo‘yicha KPI belgilab berish zarurligi qayd etildi.

Bugungi kunda texnika oliygohlarida energetika yo‘nalishida 10 mingdan ziyod 3- va 4-kurs talabalari ta’lim olmoqda. Ularni texnika xavfsizligiga o‘qitib, dual ta’lim asosida tumanga tushirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Marhamat, ustozlari shogirdini tumanga olib borsin, ishni o‘rgatsin, yo‘qotishni kamaytirish bo‘yicha yaxshi yechimlar taklif qilsa, tejalgan mablag‘ni ustoz va talabaga bonus qilib beraylik,

– dedi Prezidentimiz.

Umuman, tarmoq rahbarlari va hokimlar bu yil 5 milliard kilovatt elektr va 3,5 milliard kub metr gazni tejashi shartligi qayd etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
💼💼💼

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan, Baxodir Djaxongirovich Sheraliyev Bosh prokuratura Departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Sheraliyev Departamentining Yuqorichirchiq tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEOSELEKTORDAN...

"...Nurafshon shahar hokimi
byurokratiya sababli ikki yildan beri qurilishni boshlay olmagan tadbirkorga yordam berish o‘rniga qayerdan bu ma’lumot Prezident darajasigacha yetib borganini qidirish bilan ovora".

Kanalga ulanish:
@uzauz
Hokimlarning bir haftada bu yil qanday nostandart o‘zgarish qilishini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazishi belgilandi

Birinchi chorakda O‘zbekistonga 3 millionga yaqin xorijiy sayyoh keldi, turizm eksporti 1 milliard 103 million dollarni tashkil qildi.

Bunday yuqori natijalarga “turistik relokatsiya” ham katta ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi. Chunki millionlab turistlar tinch, xavfsiz va sinalgan yo‘nalishlarni qidirmoqda.

Shuncha tarixiy obidalarimiz bor bo‘lgan, dunyoda o‘xshashi yo‘q turistik maskanlar barpo etilayotgan paytda soha mutasaddilari, hokimlar har bir sayyoh uchun kurashishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Hozirdan har bir tumanning turistik jozibadorligini oshirish bo‘yicha kompleks takliflar to‘plamini tayyorlash topshirildi.

Umuman, bugungi sharoitda barcha rahbarlar xatarlarni 2-3 xil ssenariy bo‘yicha oldindan baholab, asosiy rejalariga qo‘shimcha zaxira rejalarini ham tayyorlab qo‘yishi shartligi qayd etildi.

Viloyat, tuman hokimlari ishni mutlaqo yangicha tashkil qilishi: uch kunda yoniga “aql markazi”, oliygoh professorlari, startapchi yoshlarni olib, mehnat unumdorligi, tannarx, energiya samaradorlik, ish o‘rni, aholi daromadi bo‘yicha yangi yechimlar ustida qattiq izlanadi, bir haftada bu yil qanday nostandart o‘zgarish qilishini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazishi belgilandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#VIDEOSELEKTORDAN

Prezident tegishli viloyat hokimlariga topshiriq berdi, ya'ni Nurafshon shahar, G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyo‘l, Chinoz tumanlari hokimlari "aravasini torta olmayotgan bo‘lsa", bugunning o‘zida lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni
topshirdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
“Qancha harakat qilib, iqtisodiyotni o‘stirmaylik, agar inflyatsiya ham oshib boraversa, aholi va tadbirkorlar hayotida ijobiy o‘zgarish sezilmaydi. Chunki tovar, ish va xizmatlar narxining oshishi ko‘paygan daromadni qadrsizlantiradi”,

– dedi Prezidentimiz.

Yil boshidan dunyoda neft narxi 40 foizga oshdi. Ro‘y berayotgan ziddiyatlar oqibatida qulay logistika koridorlarini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu mahalliy mahsulotlarning eksportida ham, asosiy iste’mol tovarlarining importida ham tashish xarajatlarini 25-30 foizga oshirmoqda.

Inflyatsiya importi ichki narx-navoga 1 foizgacha qo‘shimcha bosimni yuzaga keltirmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, tashqi bosimni bahona qilib, inflyatsiya bo‘yicha ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

"Barcha rahbarlar katta harflar bilan yozib olsin: inflyatsiyaga ta’sir qiladigan iste’mol savatidagi mahsulot va xizmatlarning 70 foizi o‘zimizniki”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Mutasaddilar va hokimlarga joriy yilda inflyatsiyani 6,5 foiz darajasida saqlab qolish uchun mahalliy mahsulotlar taklifini ko‘paytirib, narxini arzonlashtirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Viloyat hokimlariga bu yil kamida 5 tadan yirik sanoatlashgan meva-sabzavot plantatsiyasini namunali qilib tashkil etish topshirildi

Logistikadagi uzilishlar oqibatida birinchi chorakda qoramol importi 2 karra kamaydi. Bunga tezkor yechim topilib, samolyotda tashiladigan har bir naslli qoramol uchun 4 million so‘mgacha, go‘sht importida transport xarajatining yarmini qoplash yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlarimiz uchun muqobil transport koridorlarini ham ko‘paytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu orqali ikkinchi chorakda 45 ming tonna, yil yakunigacha jami 130 ming tonna go‘sht importini ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Mutasaddilarga qayerda to‘siq bo‘lsa, qayerda yuk to‘xtab qolsa, tadbirkorlar masala ko‘tarishini kutmasdan, onlayn monitoring orqali operativ yechim qilib berish topshirildi.

Hududlarda 478 ming gektarda ozuqa ekinlarini ekish rejalashtirilgan. Lekin Namanganda ozuqa yerining 74 foiziga haligacha ekin ekilmagani, chorvada imkoniyat katta bo‘lgan Zarbdor, Qiziltepa va Pop tumanlarida silos ekish boshlanmagani, Amudaryo, G‘ijduvon, Xonqa va Bag‘dodda ham ishlar qoniqarsiz ekani ko‘rsatib o‘tildi. Viloyat hokimlariga qoloqliklarni bartaraf etish topshirildi.

Yana 100 ming gektar ekin yerini yangi tizim asosida auksionga chiqarish belgilangan. Har bir kun g‘animatligi, bu yerlarni tez-tez auksionga chiqarib, ekin ekish zarurligi qayd etildi.

Sanoat plantatsiyasi tashkil qiladigan tadbirkorlarga katta imtiyoz va moliyaviy resurslar berilmoqda. Viloyat hokimlariga bu yil kamida 5 tadan yirik sanoatlashgan meva-sabzavot plantatsiyasini namunali qilib tashkil etish topshirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#VIDEOSELEKTORDAN

Viloyat va tuman hokimlari rejalarini OAV orqali jamoatchilikka yetkazishi belgilandi

Viloyat, tuman hokimlari ishni mutlaqo yangicha tashkil qilishi: uch kunda yoniga “aql markazi”, oliygoh professorlari, startapchi yoshlarni olib, mehnat unumdorligi, tannarx, energiya samaradorlik, ish o‘rni, aholi daromadi bo‘yicha yangi yechimlar ustida qattiq izlanadi, bir haftada bu yil qanday nostandart o‘zgarish qilishini ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikka yetkazishi belgilandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Kartoshkaga bo‘lgan talabni qoplash uchun bu yilga reja qilingan 180 ming gektardan 118 ming gektariga urug‘lik ekildi.

Lekin Qashqadaryoda bor-yo‘g‘i 41 foiz, Surxondaryoda 44 foiz maydonda kartoshka ekilgan. Mart oyining o‘zida kartoshka Surxondaryoda 12,4 foizga, Qashqadaryoda 9 foizga qimmatlashgani ko‘rsatib o‘tildi.

Kartoshkachilikka ixtisoslashgan Xo‘jaobod, Andijon, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Toshloq, Farg‘ona tumanlarida ham ishlar qoniqarsiz deb baholandi.

Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan viloyat hokimlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari va tuman hokimlarining mas’uliyati hamda javobgarligini oshirish topshirildi.

“Takror aytaman: mablag‘ bor, resurs bor. Go‘sht va kartoshkadan hech qanday masala bo‘lmasligi kerak”,

– dedi Prezidentimiz.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Yig‘ilishda sanoat va eksport masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur, Sergeli tumanlari sanoat rejasiga chiqa olmagani tanqid qilindi.

Ushbu 13 ta tuman hokimiga rejaga qancha yetmaganiga qarab, intizomiy jazo chorasini ko‘rish topshirildi.

Ichki bozorda mis taklifi ko‘paytirilgan bo‘lsa-da, qayta ishlash oyiga 6 ming tonnadan oshmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda birinchi chorakda elektrotexnika sohasida sanoat o‘sishi prognozdagi 11,2 foiz o‘rniga 7,8 foizga, eksport rejasi bor-yo‘g‘i 57 foizga bajarildi.

Elektrotexnika eksporti uchun 100 million dollar resurs berib, aylanma mablag‘ga garovsiz kredit ajratish imkoniyati yaratildi. Lekin birorta bank ushbu shartlarda kredit ajratmaganiga e’tiroz bildirildi.

Mutasaddilarga ishlab chiqarishi, eksporti kamaygan har bir korxonaga borib, eksportini moliyalashtirish, investitsiya loyihasi bo‘yicha qanday masalasi bo‘lsa, joyida hal qilish topshirildi.

Umuman, ikkinchi chorak yakuni bilan sohada ishlab chiqarishni 25 trillion so‘mga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Ko‘p davlatlar mahsuloti raqobatdosh bo‘lishi uchun sanoat va servisda “Kayzen”, “lean priduction” kabi resurs samaradorligi va mehnat unumdorligini oshiradigan progressiv usullarni qo‘llamoqda.

Mamlakatimizdagi 50 ga yaqin tadbirkorlar buni chet elda ko‘rib kelib, korxonasida joriy qilishni boshladi.

“Lekin, bu kam. To‘qimachilik, qurilish materiali, elektrotexnika, mebel kabi drayver sohalardagi uyushmalar nega buni ommalashtirishni o‘ylamaydi? Tadbirkorga tushuntirib, “diagnostika” xarajatining bir qismi qoplab berilsa, unumdorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratsa bo‘ladi-ku!”

– dedi Prezidentimiz.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga bu yil 100 ta korxonada samaradorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or dasturlarni joriy qilish, bunga 30 million dollar grant jalb qilish topshirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
So‘nggi olti oyda 908 ta tadbirkor 3 milliard 600 million dollarlik shartnoma tuzib, hamkorlarda vaziyat o‘zgargani uchun hali eksportni boshlay olmagani qayd etildi. Ayrim hokimlar ularga yordam berish o‘rniga vaziyatni o‘z holiga tashlab qo‘ygani tanqid qilindi.

Oqibatda birinchi chorakda eksport Norin, Kasbi, Sherobod, Yozyovon va Denovda 2 karradan ziyod kamaygan. Shahrisabz, Uchquduq, Parkent, Toshkent tumanlari, Jizzax, Navoiy, Namangan, Angren, Bekobod va Nurafshon shaharlarida esa 70 foizga ham yetmagan.

Ushbu tuman hokimlari birinchi yarim yillikda o‘sishni ta’minlamasa, xulosa qattiq bo‘lishi qayd etildi.

Umuman, hozirgi sharoitda eksportchilarni yangi bozor topish, aylanma mablag‘, sertifikat, logistika kabi masalalarini kompleks hal qilish bo‘yicha yagona yondashuv bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Bu borada natijaga yo‘naltirilgan yaxlit tizim qilish yuzasidan taklif kiritish topshirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Qaysi hokim “Investorim, loyiham bor, sanoat zonasi uchun yer kerak” desa, infratuzilmasi bilan hal qilib berilmoqda. Lekin budjet hisobidan yo‘l, elektr, suv olib borilgan 226 ta sanoat zonasidagi 213 gektarda loyiha boshlanmagani tanqid qilindi.

Shu bilan birga, 27 ta sanoat zonasida loyihalar joylashtirilgani bilan infratuzilma bormagan.

Hokimlarga auksionda yer sotuvidan tushgan puldan tadbirkorlik infratuzilmasiga sarflashga ruxsat berilgan. Mutasaddilarga ushbu mablag‘lar hisobidan birinchi navbatda kommunikatsiya olib boriladigan sanoat zonalari ro‘yxatini shakllantirish va ishni boshlash topshirildi.

Viloyat hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari oldiga infratuzilma borgan sanoat zonalaridagi bo‘sh yerlarga joylashadigan loyihalar portfelini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
“Ko‘kdala tajribasi” asosida 19 ta tuman-shaharda davlat idoralarini yagona ma’muriy markazga ko‘chirish boshlanmoqda

Tumanlardagi markaziy ko‘cha, aholi gavjum joylarning katta qismida davlat idoralari joylashgan.

“Ko‘kdala tajribasi” asosida 19 ta tuman-shaharda davlat idoralarini yagona ma’muriy markazga ko‘chirish boshlanmoqda. Lekin qolgan hokimlar o‘zi tashabbus ko‘rsatib, idoralarni bitta binoga olib kelib, elektr, gaz, suv va ta’mirlashga ketadigan xarajatini tejash, tayyor infratuzilmasi bor joylarni tadbirkorlarga taklif qilishni o‘ylamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Vaholanki, shuning o‘zidan davlat idoralarida yiliga 1 milliard 800 million kilovatt-soat elektr va 340 million kub metr gaz tejaladi.

Bu ishlarni barcha tumanlarda tashkil qilish orqali biznes uchun 5 million kvadrat metr joy ochish bo‘yicha besh yillik dastur tayyorlash topshirildi. Joriy yil 26 ta tumanda davlat idoralarini bir joyga ko‘chirish boshlanishi shartligi qayd etildi.

Yangi ma’muriy markazlar qurishda har bir xodimga to‘g‘ri keladigan maydon o‘rtacha 15 kvadrat metrdan oshmasligini ta’minlash topshirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
O‘tgan yili yashirin iqtisodiyot bo‘yicha alohida farmon imzolanib, bu masalaga qattiq kirishildi.

Lekin birinchi chorakda kuzatilmaydigan iqtisodiyot Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazmda 40 foizdan, Andijon, Farg‘ona, Buxoroda 30 foizdan yuqori bo‘ldi.

Buxoro viloyatidagi holat tahlil qilinganda, o‘tgan yili faoliyatini go‘yoki to‘xtatgan 900 dan ziyod korxona yanvar-fevral oylarida 1 million 300 ming kilovatt-soat elektr, 480 ming kub metr gaz ishlatgani aniqlandi. Shuningdek, 12,5 mingta transport vositasida yuklar norasmiy tashilgani oqibatida 40 milliard so‘m soliq tushumi boy berilgan. Birinchi chorakning o‘zida uy-joy narxini kamaytirib ko‘rsatish oqibatida 1 trillion 800 milliard so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan.

Viloyat prokurorlari, ichki ishlar va soliq boshqarmalariga xufiyona iqtisodiyot bilan kurashishda ishni qanday tashkil qilish bo‘yicha aniq metodologiya qilib berildi. Endi barcha hududlarda ishni shu tartibda tumanbay tashkil qilish topshirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
“Takror aytaman, har bir yangi loyiha, har bir dollar sarmoya faqat va faqat qo‘shilgan qiymat, yuqori daromadli ish o‘rni va eksportni ko‘paytirishga xizmat qilishi kerak. Oddiy qilib aytganda, hamma rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shart,

– dedi Prezidentimiz.

Investitsiya loyihalarini ishga tushirilganidan keyin monitoring qilish platformasi yaratilgan. Soliq, bojxona, bandlik, kadastr, kommunal idoralar axborot bazasiga integratsiya qilingan ushbu platforma korxonalar faoliyatini 39 ta ko‘rsatkich bo‘yicha tahlil qilib bermoqda.

Masalan, oxirgi uch yilda ishga tushgan 688 ta korxonadan 210 tasi quvvatidan to‘liq foydalanmayotgani aniqlangan. Oqibatda 33 trillion so‘mlik ishlab chiqarish boy berilgan, 23 ming ish o‘rni bo‘sh turibdi.

Bu hokimlarning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatiga berilgan haqiqiy baho ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga 210 ta korxona kesimida “yo‘l xaritasi”ni tuzib, muammolar yechimi bo‘yicha aniq muddat va mas’ullarni belgilash topshirildi.

Hokimlarning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari ushbu korxonalarga borib, ular bilan yaqindan ishlaydi, qaysi korxonada nima ish qilganini platformaga kiritadi. Birinchi yarim yillik yakuni bilan mazkur korxonalarni “oyoqqa turg‘azmasa”, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Joriy yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilish maqsad qilingan.

“Qachonki rahbarlar birinchi qadamdan boshlab, to‘g‘ri loyiha tanlasa va shunga mos salohiyatli investor topsa, shunda investitsiyada sifat bo‘ladi,

– dedi Prezidentimiz.

Iqtisodiyotga katta samara beradigan loyiha, texnologik yechim bo‘yicha eng to‘g‘ri variantlarni tanlashda, loyihani qaysi hududda joylashtirish, qaysi investor bilan ishlash afzalligini aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish muhim.

Mutasaddilarga sun’iy intellekt yordamida mavjud quvvatlar, ichki va tashqi bozordagi talabni o‘rganib, qayerda, qanday loyiha qilish bo‘yicha yechim beradigan platformani ishga tushirish topshirildi.

Investor va konsalting kompaniyalariga ushbu platformadan “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanish uchun sharoit yaratiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Kecha Prezidentimiz Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan situatsion-tahlil markazida “Aqlli tuman” platformasi qanday tashkil qilingani bilan tanishdi.

Bugun barcha viloyat hokimlari mazkur tumanga o‘zi borib, yangi tizim qanday ishlayotgani, mahallalar qiyofasi, qurilishlar qanday ketayotganini kelib ko‘rdi.

Endi bir haftada viloyat prokurorlari, ichki ishlar, xavfsizlik va soliq idoralari rahbarlari uchun Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasini ommalashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

Viloyat hokimlariga ikki oyda ushbu tajriba asosida viloyat markazlari va yirik shaharlarda xuddi shunday situatsion-tahlil markazlarini ishga tushirish topshirildi.

Yig‘ilishda vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning hisobotlari tinglandi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OAV vakillari o’rtasida mini-futbol turniri tashkil etiladi

O’zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorligida Ommaviy axborot vositalari vakillari o’rtasida mini-futbol turniri tashkil etiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz