UzA | Tezkor xabarlar
30.3K subscribers
9.29K photos
1K videos
33 files
1.53K links
Ushbu kanalda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining tezkor xabarlari berib boriladi

Asosiy telegram kanal: @uza_uz

Sayt: www.uza.uz

facebook.com/uzauz

instagram.com/uza.uz

twitter.com/uzauz

•lotin yozuvida: @uzauzlot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OTMlar uchun minimal oʻtish ballari koʻtariladi

Joriy yildan oʻqishga kirish uchun minimal oʻtish bali 2 bosqichda oshiriladi. Minimal oʻtish bali sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun 37.8 ballga, boshqa yoʻnalishlar uchun esa 18.9 ballga oshadi (amalda barcha yoʻnalishlar uchun minimal oʻtish bali — 56,7 ball).

Shuningdek, taʼlim granti asosida tahsil olgan talabalarning oʻqishni tugatgandan soʻng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.


📱Mobil ilova 👉 iOS | Android

O`zbekcha | Ўзбекча | Русская | Илм-фан | Тезкор
Suv xo'jaligi vazirligi barcha manbalar bo'yicha yagona suv balansini yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi.

Bunga doir Prezident Farmoni (PF-74-son, 07.05.2024 y.) qabul qilindi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
#TAYINLOV

Muftiy hazratlariga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Zayniddin domla Eshonqulov – Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bungacha u Samarqand viloyati bosh imom-xatibi edi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
❗️Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgardi

Qoʻshni Qozog‘istonga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani munosabati bilan mamlakatga kirish va chiqishda fuqarolarimizga barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurishlari tavsiya qilinadi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston-Qozog‘iston yoki Rossiya-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tishda nafaqat Qozog‘istonga, balki Rossiya Federatsiyasiga ham kirishda hech qanday to‘siqlar yo‘qligiga oldindan ishonch hosil qilish lozim, chunki Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi ma’muriy va jinoiy ishlar bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq, Qozog‘istonning vakolatli organlari Rossiya Federatsiyasining migratsiya va boshqa qonun hujjatlarining buzilishi yoki to‘lanmagan jarimalar mavjudligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi.

Agar Rossiya Federatsiyasida bo‘lish davrida qayd etilgan qoidabuzarlik yoki to‘lanmagan jarima aniqlansa, Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston fuqarosining Qozog‘istonga kirishi yoki chiqishini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.

Shu munosabat bilan, Qozog‘istonga kirish va chiqish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasining rasmiy veb-sayti “Xizmatlar” bo‘limida (https://сервисы.гувм.мвд.рф.) maxsus onlayn shaklni to‘ldirish orqali Rossiyaga kirish uchun ta’qiq mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish tavsiya etiladi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi majlisidagi nutqi

Nutq matni: https://uza.uz/posts/596808

Kanalga ulanish:
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvada kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley majlisida ishtirok etdi.

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan raisligida o‘tgan uchrashuvda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev hamda faxriy mehmon sifatida MDH bosh kotibi Sergey Lebedev qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dasturlarni amalga oshirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley majlisida davlatimiz rahbari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan quyidagi muhim yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi:

- Yevroosiyo Agroekspressini rivojlantirish, “yashil” va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, qo‘shma agrosanoat klasterlari va logistika markazlarini tashkil etish;

- iqlim o‘zgarishlari oqibatlarini yengib o‘tishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish va yaqindan hamkorlik qilish. Tegishli Ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishlaridan birini O‘zbekistonda o‘tkazish taklif qilindi;

mamlakatlarimizda mehnat migrantlari faoliyati uchun qulay sharoitlarni shakllantirish va ijtimoiy kafolatlar yaratish, shu jumladan raqamli platformalardan foydalanish orqali;

- turizm almashinuvini tubdan oshirishga qaratilgan birgalikdagi turizm dasturlari va mahsulotlarini ishlab chiqish.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Oʻzbekiston yetakchisi “Shimol-Janub” transport yo‘lagini Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari bozorlariga chiqadigan qilib rivojlantirish bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidladi.

Shu ma’noda, aprel oyi oxirida Termiz shahrida o‘tgan “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha transport idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi samarali yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yigʻilishida ishtirok etdi

Kanalga ulanish:
@uzauz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk Gʻalabaga beqiyos hissa qoʻshgan, shu yorugʻ kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlarni yod etamiz, ularning xotirasi, pok ruhlari oldida taʼzim qilamiz. Urushda, mehnat frontida ishtirok etgan moʻtabar faxriylarimiz oldida cheksiz qarzdormiz.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy boʻlinmalarining piyoda yurishlari tashkil etildi

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaga hissa qoʻshgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatish, yurt himoyachilarining Vatanga sadoqatini namoyish etish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarda faxr va iftixor tuygʻularini oshirish maqsadida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrining asosiy koʻchalarida Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etildi.

Kanalga ulanish:
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvaga amaliy tashrifi doirasida G‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi.

Moskvaning Qizil maydonida G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi. Uni Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Gvineya-Bisau, Laos va Kuba yetakchilari ham kuzatdi.

Tadbirdan so‘ng prezidentlar Aleksandr bog‘idagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gulchambar qo‘yishdi va bir daqiqalik sukut bilan askarlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Shu bilan Rossiyaga amaliy tashrif yakunlandi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Kanalga ulanish:
@uzauz