QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga ko‘ra, Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari va hukumat vakillari kutib olishdi. Ikki davlat yetakchilari shohsupaga ko‘tarilgach, mamlakatlar madhiyalari yangradi.

Samarqand shahridagi Kongress markazida davlat rahbarlari va rasmiy delegatsiyalarning hamkorlikdagi muzokalari bo‘lib o‘tdi.

#xalqaro_hamkorlik #Prezident #muzokaralar #delegatsiya #Ozbekiston #Qatar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
🖋Oliy darajadagi muzokalar yakunlangach, ikki mamlakat rahbarlari huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarga tegishli bo‘lgan ikki tomonlama 15 ta hujjatni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan ushbu hujjatlar tarkibidan “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi hamda “O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi memorandumlar ham o‘rin olgan.

#xalqaro_hamkorlik #Prezident #muzokaralar #delegatsiya #memorandum #Ozbekiston #Qatar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
SAMARQAND KONFERENSIYASI: QATAR VAZIRI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
🇺🇿🤝🇧🇭
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Samarqandda o‘tayotgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida xorijiy hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, Qatar munitsipalitet va atrof-muhit vaziri Abdulla bin Abdulaziz bin Turki as-Subayya bilan uchrashuvda tomonlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Aziz Voitov O‘zbekiston va arab mamlakatlari o‘rtasida agrar sohadagi hamkorliklar qadimdan mustahkam bo‘lib kelgani, bunda O‘zbekiston-Qatar munosabatlari alohida o‘rin tutishini bildirdi.
*****
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ В САМАРКАНДЕ: ВСТРЕЧА С МИНИСТРОМ ГОСУДАРСТВА КАТАР
🇺🇿
🤝🇧🇭
Министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Воитов провел двусторонние встречи со своими зарубежными коллегами в рамках международной конференции по продовольственной безопасности в Самарканде.

В частности, на встрече с министром муниципалитетов и окружающей среды Катара Абдуллой бен Абдулазизом бин Турки аль-Субайей, сторонами были обсуждены вопросы укрепления сотрудничества. Азиз Воитов отметил, что сотрудничество между Узбекистаном и арабскими странами в аграрной сфере было крепким с давних времен, и узбекско-катарские отношения занимают в них особое место.

#Xalqaro_konferensiya #vazir #xalqaro_hamkorlik #oziq_ovqat_xavfsizligi #forum #Uzbekistan #Qatar #Международная_конференция #министр #международное_сотрудничество #продовольственная_безопасность #форум #Узбекистан #Катар

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қатарга давлат ташрифи доирасида “ЭКСПО Доҳа – 2023” бутунжаҳон кўргазмасининг очилиш маросимида иштирок этди.

В рамках программы государственного визита в Катар Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии открытия Всемирной выставки «ЭКСПО Доха – 2023».

#Mirziyoyev #tashrif #Qatar #EXPO

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇶🇦 “EKSPO Doha – 2023” butunjahon ko‘rgazmasida O‘zbekiston pavilyoni ish boshladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Qatarga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida, kun tartibidan o‘rin olgan «EKSPO Doha - 2023» mintaqada o‘tkazilayotgan ilk global “yashil” ko‘rgazma ochilishida ishtirok etganligidan xabardorsiz. Bugun ishtirokchi davlatlar milliy ko‘rgazma-pavilyonlarining rasmiy ochilish marosimi boshlandi. O‘zbekiston birinchilar qatorida “yashil”likni targ‘ib qilishga start berdi.

O'zbekiston delegatsiyasi Arab dunyosida yangicha talqinni ta'minlovchi mazkur ko‘rgazmaga juda puxta tayyorgarlik ko‘rgan.

Mikroko‘katlar, chorva uchun yashillikdan iborat ozuqa bazasi, bir yilda bir necha marotaba hosil berishi mumkin bo‘lgan gibrid navlar, bog‘dorchilik va meva-sabzavotchilikdagi so‘nggi seleksiya navlari – barchasi ilk marotaba bu kabi nufuzli tadbirda namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan jami 5 tonnadan iborat 112 turdagi eksportbop va sarhil mahsulotlar olib kelingani yuqoridagi fikrimiz dalilidir.

Bunda, barcha turdagi poliz ekinlari, dukkakli, quritilgan va ho‘l mevalar, sabzavotlar, ko‘katlar, keng turdagi  sanoat mahsulotlari namoyishiga alohida o‘rin berildi.

Shu bilan birga, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan paxtachilik, g'allachilik, urug‘chilik, “Invitro” kabi yangi ishlanmalar ham namoyish qilinmoqda.

Mehmonlar tomonidan, birinchi kundanoq, O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum, nok, poliz ekinlariga va quritilgan mevalarga   juda katta qiziqish bildirilmoqda.

Ko‘rgazma 2024-yilning 28-mart sanasiga qadar davom etadi.

#ekspo_doha #Qatar #korgazma

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADA O‘ZBEKISTON VA QATAR HAMKORLIGI

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qaxramon Yuldashev Qatar davlatining “Hassad Food” kompaniyasi ijrochi direktori Muhammad Ali al-G‘iysaniy bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining istiqbolli yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbatda Qatar O‘zbekiston uchun strategik va muhim hamkorlardan biri hisoblanishi, shuningdek, ikki davlat rahbarlarining yaqin do‘stona aloqalari so‘nggi yillarda o‘z samarasini berayotgani ta'kidlab o‘tildi.

Xususan, 2023-yil iyun oyida Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy janoblarining O‘zbekistonga tashrifi hamda O‘zbekiston Prezidentining joriy yil oktyabr oyida Qatar davlatiga amalga oshirgan oliy darajadagi tashrifi yaqqol misol bo‘lishi aytib o‘tildi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qatar davlatiga tashrifi doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari va “Hassad Food Qatar” kompaniyasi vakillari o‘rtasida chorva uchun ozuqa mahsulotlarini O‘zbekistonda yetishtirishni tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishilgani alohida qayd etildi.

#qatar #uchrashuv #hamkorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM