QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘ZBEKISTON-ERON: HAMKORLIKDA SUT MAHSULOTLARI ISHLAB CHIQARILADI

🤝Kuni kecha O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov Eronning “MIMAS DAIRY” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Abbos Salimiyon boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.

Kompaniya vakillari tomonidan Angren EIHda sut mahsulotlarini ishlab chiqarish fabrikasi tashkil etish hamda Ohangaron tumanida chorva uchun ozuqa mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha qiziqish bildirildi va ish boshlash uchun mo‘ljallangan yer maydonlarining holati joyiga borib o‘rganildi.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #delegatsiya #qishloq_xojaligi #sut_mahsulotlari #chorva_ozuqasi #Ozbekiston #Eron

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI ISLOHOTLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va vazirlik ishchi guruhining Buxoro viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni ham ko‘plab fermer xo‘jaliklari faoliyati tanishuvi bilan kechdi.

Navbatdagi manzil Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” MFY hududida joylashgan “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 236 gektar, shundan 105 gektarda paxta, 85 gektar maydonda esa g‘alla yetishtirilmoqda. 2 gektar maydonga poliz mahsulotlari ekilib, 2 gektarda bog‘ barpo etilgan. 12 gektar maydon esa chorva mollarining ozuqasi uchun ekin yetishtirishga mo‘ljallangan. O‘zbekiston Qahramoni Muhammad Ahmedov shu yoshga kirishiga qaramasdan g'ayrati jo'shib, yoshlarga nafaqat o'rnak bo'lmoqda, balki haqiqiy hayot maktabini ham o'tamoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirigining eʼtiboridagi keyingi manzil Jondor tumanidagi “Yakkatut g‘allachilik, urug‘chilik va sholichilik” MChJ klasteri bo‘ldi. Ushbu klasterda 2023-yil hosili uchun soya yetishtirilayotgani va undan kutilayotgan hosil eʼtibordan chetda qolmadi. Yana bir eʼtiborli jihat shundaki, bu klasterda bir kunda 240 tonna bug‘doy saralanib, ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

Buxoro viloyatiga tashrifning keyingi manzili Qorako‘l tumanidagi “Merganteks” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri va unga tegishli Darg‘ali hududidagi “Yangiboy Ochil” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Dastlab, bu yerda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga mo‘ljallangan polietilen plyonkasi va shlang ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Shuningdek, ushbu klaster bilan shartnoma tuzgan fermer xo‘jaliklarining paxta va g‘alla maydonlari ko‘zdan kechirildi. Eʼtiborlisi, 3 ming gektar maydonga ekilgan paxta plyonka ostida tomchilatib sug‘orish asosida yetishtirilmoqda.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #fermer_xojaligi #klaster #galla #paxta #chorva_ozuqasi #chizel #asalarichilik #urugchilik #tomchilatib_sugorish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM