QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#asalarichilik
🐝 O‘zbekistonda asalarichilik mahsulotlarini sertifikatlashtirish laboratoriyasi va o‘quv xonasi tashkil etiladi. Laboratoriya uchun zarur bo‘ladigan asbob-uskuna va jihozlar esa, Koreyadan keltiriladi. Ushbu loyiha 3-5 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 2,5-3 mllion dollar miqdorida mablag‘ ajratish rejalashtirilgan.

🍯 Loyiha Toshkent davlat agrar universiteti va Koreya Republikasining Andong Milliy universiteti o‘rtasida amalga oshirilmoqda.
👉Batafsil
---------------
#пчеловодство
🐝 В Узбекистане будут созданы лаборатория и учебный кабинет по сертификации продукции пчеловодства. Оборудование и расходные материалы, необходимые для лаборатории, будут завезены из Кореи. На проект сроком на 3-5 лет планируется выделить 2,5-3 миллиона долларов.

🍯 Этот проект реализуется между Ташкентским государственным аграрным университетом и Андонгским национальным университетом Республики Корея.
👉Подробнее

WWW/FACEBOOK/YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#asalari #asalarichilik #7_xazina

ASALARI – YETTI XAZINANING BIRI

🐝Asalari bebaho neʼmat — asal haqidagi ushbu filmimiz sizda unutilmas taassurotlar qoldiradi.

🍯Bu dunyoning betakror moʻjizalari, xazinalari bisyor. Garchi azaldan tanish bo‘lsa-da, hanuzgacha insoniyat tomonidan bironta yangi zoti yaratilmagan va faqatgina Yaratganning tuhfasi deya qaralayotgan asalari tabiatning yetti xazinasidan biridir. Xazinalar esa doimo odamzodga foydali va bardavom bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Zahmatkash asalarilarning mehnati hosili bo‘lgan asal, inson salomatligi uchun koni foyda bo‘lsa, tabiatdagi daraxtlarning gullashi va kutilgan hosilni berishi uchun beminnat dastyor vazifasini o‘taydi. Balki, shuning uchun ham asal va asalarichilikka bo‘lgan mehr, ehtiyoj insonlarda ortsa ortmoqdaki, aslo susaygani yo‘q.

👉Batafsil

🇷🇺Rus tilidagi havola

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA TURKIYA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA HAMKORLIK

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mehmonlar hozirgi davrda iqlim o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi sug‘urtasiga bo‘lgan talabni oshirayotganligini taʼkidlab, Turkiyada amalda bo‘lgan “O‘simliklar sug‘urtasi”, “Suv manbalari”, “Chorvachilik” va “Asalarichilikka” oid sug‘urtalar to‘g‘risida maʼlumotlarni taqdim etishdi.

#xalqaro_hamkorlik #Ozbekiston #Turkiya #qishloq_xojaligi #ormon_xojaligi #chorvachilik #asalarichilik #sugurta
*****

СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И ТУРЦИИ ПО НАПРАВЛЕНИЯМ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

🤝В Министерстве сельского хозяйства РУ прошла встреча с представителями Министерства сельского и лесного хозяйства Турции.

На мероприятии гости подчеркнули, что изменение климата увеличивает спрос на «сельскохозяйственное страхование» и представили информацию о «страховании урожая»,«водных ресурсов», «животноводства» и «пчеловодства» в Турции.

#международное_сотрудничество #Узбекистан #Турция #сельское_хозяйство #лесное_хозяйство #животноводство #пчеловодство #страхование

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#asalari #asalarichilik #7_xazina

ASALARI – YETTI XAZINANING BIRI

🐝Asalari bebaho neʼmat — asal haqidagi ushbu filmimiz sizda unutilmas taassurotlar qoldiradi.

🍯Bu dunyoning betakror moʻjizalari, xazinalari bisyor. Garchi azaldan tanish bo‘lsa-da, hanuzgacha insoniyat tomonidan bironta yangi zoti yaratilmagan va faqatgina Yaratganning tuhfasi deya qaralayotgan asalari tabiatning yetti xazinasidan biridir. Xazinalar esa doimo odamzodga foydali va bardavom bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Zahmatkash asalarilarning mehnati hosili bo‘lgan asal, inson salomatligi uchun koni foyda bo‘lsa, tabiatdagi daraxtlarning gullashi va kutilgan hosilni berishi uchun beminnat dastyor vazifasini o‘taydi. Balki, shuning uchun ham asal va asalarichilikka bo‘lgan mehr, ehtiyoj insonlarda ortsa ortmoqdaki, aslo susaygani yo‘q.

👉Batafsil

🇷🇺Rus tilidagi havola

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DO‘STLIKDAGI ZAMONAVIY SUTNI QAYTA ISHLASH KORXONASI

🔰Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi rivojida asosiy tayanch hisoblanadi. Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi “Jasurbek Xolmuhammedov” fermer xo‘jaligi bunga yaqqol misoldir. Mazkur xo‘jalik naslli chorva mollarini ko‘paytirish, chorva ozuqa ekinlarini yetishtirish, sutni qayta ishlash, asalarichilik yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi sanaladi.

👉Batafsil

#fermer_xojaligi #chorvachilik #sut_mahsulotlari #asalarichilik
*****
СОВРЕМЕННОЕ ПРЕДПРИЯТИЕ ПО ПЕРЕРАБОТКЕ МОЛОКА В ДУСТЛИКСКОМ РАЙОНЕ

🔰Фермы играют определяющую роль в развитии сельскохозяйственного сектора. Ферма “Жасурбек Холмухаммедов”, расположенная в Дустликском районе Джизакской области, яркое тому подтверждение. Это многопрофильное хозяйство, где разводят племенной скот, выращивают кормовые культуры, перерабатывают молоко и занимаются пчеловодством.

👉Подробнее

#фермерское_хозяйство #животноводство #молочные_продукты #пчеловодство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ASALARICHILIKNING BUGUNGI HOLATI VA ISTIQBOLI MUHOKAMA ETILDI

🔰Qishloq xo‘jaligi vazirining Farg‘ona vodiysiga ishchi tashrifi doirasida asalarichilik korxonalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sohadagi ishlarning borishi va rivojlanish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Aziz Voitov Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi Asalarichilik markaziga tashrif buyurib, dastlab markaz faoliyati bilan tanishdi. Shu yerda asalarichilik xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashdi.

Bugungi kunda respublikada faoliyat yuritayotgan asalarichilik subyektlari soni 21 mingtani tashkil etadi. Ular tomonidan 200 ming donadan ortiq asalari paketlari Qozog‘iston va Qirg‘izistonga eksport qilindi. Joriy yilda asalarichilikda 9 mlrd so‘mlik 26 ta loyihalar ishga tushirildi. Joriy yilning o‘tgan davrida respublikada asalari oilalari soni 130 ming donaga ko‘payib, 1 mln 180 mingtani tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112 foizga oshdi.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #asalarichilik #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Infografika.png
3.1 MB
20-MAY — BUTUNJAHON ASALARILAR KUNI

🐝Asalarilar sayyoramizning biologik xilma-xilligini saqlashda katta rol o‘ynaydi. Ularning o‘simliklarni changlatishdagi mashaqqatli mehnati tufayli har xil turdagi gullar meva berib, ko‘paya oladi. Asalarilarga bag‘ishlab har yili 20-mayda nishonlanadigan Butunjahon asalarilar kuni xalqaro bayram sifatida nishonlanishi ajablanarli emas.

Butunjahon asalarilar kuni 2018-yildan beri Sloveniya hukumati va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti – FAOning saʼy-harakatlari tufayli, Apimondia koʻmagida nishonlab kelinmoqda. Bayram BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan tashkil etilgan.

Ushbu sana zamonaviy asalarichilikning kashshofi Anton Yansha aynan mana shu kunda tug‘ilganligi sabab tanlangan. U qadimiy an'anaga ega asalarichilik muhim qishloq xo'jaligi faoliyati bo'lgan Sloveniyada, asalarichilar oilasidan chiqqan.

Bayramdan maqsad odamlarning e'tiborini changlatuvchilarning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi ahamiyatiga qaratish va asalarichilikning ahamiyatini ko‘rsatishshdir. Asalarilar kunida bu hasharotlarning sayyora ekotizimidagi o‘rni haqida aholining xabardorligini oshirish maqsadida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

Asalarilar hasharotlar orasida ijtimoiy uyushganlikning eng yuqori darajasiga ega. Ular katta oilalarda yashaydilar, oilaning har bir a’zosi qat’iy belgilangan vazifalarni bajaradi. Asalarilar oilasidagi barcha a’zolarning muvofiqlashtirilgan mehnati tufayli uyada nasl yetishtirish va odamlar foydalanadigan qimmatbaho mahsulot – asal to‘plash uchun maqbul sharoitlar yaratilgan.

Hozirgi kunda asalarichilik qishloq xoʻjaligining rivojlangan tarmogʻi hisoblanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda asalarilar asal, mum, propolis, ari zahari va boshqa foydali moddalarni ishlab chiqarish uchun odamlar tomonidan faol ravishda o‘zlashtiriladi va ko‘paytiriladi.

#asalarichilik #asal #ari #20_may

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI ISLOHOTLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va vazirlik ishchi guruhining Buxoro viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni ham ko‘plab fermer xo‘jaliklari faoliyati tanishuvi bilan kechdi.

Navbatdagi manzil Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” MFY hududida joylashgan “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 236 gektar, shundan 105 gektarda paxta, 85 gektar maydonda esa g‘alla yetishtirilmoqda. 2 gektar maydonga poliz mahsulotlari ekilib, 2 gektarda bog‘ barpo etilgan. 12 gektar maydon esa chorva mollarining ozuqasi uchun ekin yetishtirishga mo‘ljallangan. O‘zbekiston Qahramoni Muhammad Ahmedov shu yoshga kirishiga qaramasdan g'ayrati jo'shib, yoshlarga nafaqat o'rnak bo'lmoqda, balki haqiqiy hayot maktabini ham o'tamoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirigining eʼtiboridagi keyingi manzil Jondor tumanidagi “Yakkatut g‘allachilik, urug‘chilik va sholichilik” MChJ klasteri bo‘ldi. Ushbu klasterda 2023-yil hosili uchun soya yetishtirilayotgani va undan kutilayotgan hosil eʼtibordan chetda qolmadi. Yana bir eʼtiborli jihat shundaki, bu klasterda bir kunda 240 tonna bug‘doy saralanib, ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

Buxoro viloyatiga tashrifning keyingi manzili Qorako‘l tumanidagi “Merganteks” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri va unga tegishli Darg‘ali hududidagi “Yangiboy Ochil” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Dastlab, bu yerda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga mo‘ljallangan polietilen plyonkasi va shlang ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Shuningdek, ushbu klaster bilan shartnoma tuzgan fermer xo‘jaliklarining paxta va g‘alla maydonlari ko‘zdan kechirildi. Eʼtiborlisi, 3 ming gektar maydonga ekilgan paxta plyonka ostida tomchilatib sug‘orish asosida yetishtirilmoqda.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #fermer_xojaligi #klaster #galla #paxta #chorva_ozuqasi #chizel #asalarichilik #urugchilik #tomchilatib_sugorish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O‘zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan bo‘lgan asalarichilik to‘g‘risida lavha efirga uzatildi.

🔸Unda sohani innovatsion usulda jadal rivojlantirish, tadbirkorlar va ishbilarmonlarga qo‘shimcha imtiyozlar yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar hamda ularning ijrosini taʼminlashga oid amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hikoya qilingan.

🔸 Shuningdek, lavhadan Samarqand viloyati Narpay tumanida faoliyat olib borayotgan fermer xo‘jaliklari va asalarichilar o‘rtasidagi hamkorlikning samarasi o‘laroq, g‘o‘za parvarishidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida ham bilib olishingiz mumkin.

#asalarichilik #uzbekiston24
🐝 Asalarichilik – ehtiyojmandlar daromadini oshirish manbai

Farg‘ona viloyatida asalarichilik rivojlanib bormoqda. Ming dardga davo, mo‘may daromad manbai bo‘lmish asal yetishtirish, turlarini ko‘paytirish ishlari samarali bo‘lmoqda.

🔸 Bugungi kunda viloyatda asalarichilik subyektlari soni 2000 tadan ortgan. Viloyat asalarichilik xo‘jaliklarining umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 ming tonnani tashkil qiladi.

Jumladan, Bag‘dod tumanida ham ko‘plab oilalar asalarichilik bilan shug‘ullanib, yaxshi daromadga ega bo‘lmoqda. Tumanda ehtiyojmand oilalarga asalari uyalari berilib, tadbirkorlikka jalb qilish yaxshi samara bermoqda.

✔️ Xususan, ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlik ulushini qisqartirish maqsadida asalarichilik kooperatsiyasi tashkil etildi. Mazkur kooperatsiya orqali 20 ta oilada ish bilan band bo‘lmagan a'zolarning bandligi ta'minlandi va xonadonlarda kasanachilik asosida yetishtirilgan asal mahsulotini “Bag‘dod zamin asali” mas'uliyati cheklangan jamiyati kelishilgan narxda xarid qilib oladi.

#asalarichilik #asal #daromad

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM