YURTIMIZ MEVA-SABZAVOTLARI GERMANIYALIK YOSHLARGA MANZUR BO‘LDI
Berlinda ochilgan 84-xalqaro «Green week 2023» ko‘rgazmasi ham nihoyasiga yetay deb qoldi. “Yashil haftalik”ning navbatdagi kunida Germaniya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi federal vaziri Jem O‘zdemir ikkinchi bor O‘zbekiston stendiga tashrif buyurdi.
U bu safar germaniyalik bir guruh yoshlar bilan birgalikda ko‘rgazmada namoyish etilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan tanishdi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari yurtimizda meva-sabzavot mahsulotlari va poliz ekinlarini yetishtirish, pishib yetilgan meva va sabzavotlarni navlarga ajratish va kalibrlash hamda ularni qayta ishlash, sublimatsiya va quritish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Shuningdek, ekologik tozaligi e’tirof etilgan ushbu mahsulotlar dunyoning 70 dan ortiq davlatlariga eksport qilinayotgani, jumladan, Germaniyaga yurtimizdan qanday qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berilayotgani haqida ham ma’lumotlar berildi.
O‘z o‘rnida vazir Jem O‘zdemir qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining inson salomatligidagi ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, bu mahsulotlar yurtimizda tabiiy sharoitda, organik usulda yetishtirilishini e’tirof etdi. Shu bilan birga u ko‘rgazma ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bilan bo‘lgan uchrashuvda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni olganini, vazirlik rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ishlar yuksak e’tirofga sazovorligini aytib o‘tdi.
Namoyish etilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tatib ko‘rgan germaniyalik yoshlar ko‘rgazmada turli davlatlar orasida, aynan, O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar va poliz ekinlari manzur bo‘lganini e’tirof etishdi. Shuningdek, vazir Jem O‘zdemir boshchiligidagi germaniyalik yoshlar, o‘zbek milliy taomlari va shirinliklar bilan ham mehmon qilindi.
#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Germaniya
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM

O‘ZBEKISTON-GERMANIYA: IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI FAOL RIVOJLANTIRISH
🤝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Berlinga (Germaniya) tashrifi arafasida 2-may kuni ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, 250 dan ortiq sanoat birlashmalari, yirik kompaniya, xolding va sanoat korxonalari hamda banklar rahbarlari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
#xalqaro_hamkorlik #biznes_forum #qishloq_xojaligi #eksport #oziq_ovqat #Ozbekiston #Germaniya
*****
УЗБЕКИСТАН–ГЕРМАНИЯ: АКТИВНОЕ РАЗВИТИЕ ДВУСТОРОННЕГО СОТРУДНИЧЕСТВА
🤝 2 мая, накануне визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Берлин (Германия), состоялся бизнес-форум, в котором приняли участие свыше 250 руководителей крупных компаний, холдингов и промышленных предприятий, банков, министерств, ведомств и отраслевых объединений двух стран.
#международное_сотрудничество #бизнес_форум #сельское_хозяйство #Узбекистан #Германия
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram
#xalqaro_hamkorlik #biznes_forum #qishloq_xojaligi #eksport #oziq_ovqat #Ozbekiston #Germaniya
*****
УЗБЕКИСТАН–ГЕРМАНИЯ: АКТИВНОЕ РАЗВИТИЕ ДВУСТОРОННЕГО СОТРУДНИЧЕСТВА
#международное_сотрудничество #бизнес_форум #сельское_хозяйство #Узбекистан #Германия
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA GERMANIYA O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI MOLIYALASH VA TA'LIM BO‘YICHA KELISHUVLARGA ERISHILDI
🤝 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Germaniyaning “Deutsche Sparkassenstiftung für internationale Kooperation e.V.” fondi o‘rtasida Anglashuv memorandumi tuzildi.
Memorandumda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha belgilab olindi:
🟠 qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini qo‘llab-quvvatlash;
🟠 O‘zbekistonning muayyan banklaridagi mavjud aylanma kredit fondlardan foydalanishni kengaytirish;
🟠 yosh fermerlarni tadbirkorlikka o‘rgatishda biznes simulyatsiyalaridan foydalanish.
Shuningdek, hujjatda “Risk radari” va “Yashil moliyaviy kompas” kabi moliya sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni O‘zbekiston agrar sohasida joriy etish masalalari ham o‘z aksini topgan.
#xalqaro_hamkorlik #memorandum #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Ozbekiston #Germaniya
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram
Memorandumda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha belgilab olindi:
Shuningdek, hujjatda “Risk radari” va “Yashil moliyaviy kompas” kabi moliya sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni O‘zbekiston agrar sohasida joriy etish masalalari ham o‘z aksini topgan.
#xalqaro_hamkorlik #memorandum #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Ozbekiston #Germaniya
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyada tashrif bilan bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Davlatimiz rahbari bugun – 3-may kuni ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Germaniya tomonidan tadbirda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi, Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi, Germaniya energetika agentligi, o‘ttizga yaqin eng yirik kompaniya va banklar rahbarlari qatnashdi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, kuni kecha o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va texnologik sheriklikni kengaytirish bo‘yicha 9 milliard yevrolik yangi savdo, moliya va investitsiya bitimlari imzolandi. “Yashil” energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, metallurgiya, suv ta'minoti, qishloq xo‘jaligi, kimyo, tog‘-kon, avtomobil, to‘qimachilik, elektrotexnika sanoati va boshqa yo‘nalishlardagi katta loyihalar shular jumlasidan.
Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston jahon iqtisodiyotidagi keng ko‘lamli va jiddiy tebranishlar sharoitida Germaniya biznesi uchun samarali va ishonchli makon bo‘lishga tayyorligini ta'kidladi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasiga muvofiq, xususiy mulk daxlsizligi kafolatlari kuchaytirildi, davlat halol raqobat va sud tizimi mustaqilligi uchun sharoit yaratishiga oid qoidalar aniq mustahkamlab qo‘yildi.
👉Batafsil
#Prezident #safar #hamkorlik #Ozbekiston #Germaniya

O‘ZBEKISTONLIK MUTAXASSISLAR GERMANIYA QISHLOQ XO‘JALIGI MASHINASOZLIGI BILAN TANISHDILAR
🔰Bir guruh o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari Germaniyada bo‘lib, DEULA-Nienburg qishloq xo‘jaligi injeneriyasi o‘quv markazi (Deutsche Lehranstalt für Agrartechnik) tashkil etgan o‘quv seminarida qatnashdilar.
Ushbu o‘quv safari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etildi.
O‘quv seminari davomida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti (QXMITI) laboratoriya rahbarlari A.Abdurahmonov, Sh.Ravshanov, B.Artikbaev hamda doktorantlar P.Uteniyazov va M.Ergashev qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida Germaniyaning yirik zavodlari erishgan yutuqlar, ularning ish faoliyatlari bilan tanishdilar, mashinasozlik rivojlanishining istiqbollari haqida ma'lumotga ega bo‘ldilar hamda nemis hamkasblar bilan tajriba almashdilar.
#xalqaro_hamkorlik #safar #delegatsiya #qishloq_xojaligi #Ozbekiston #Germaniya