QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.7K photos
2.57K videos
7 files
8.71K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BERLINDAGI “MADE IN UZBEKISTAN” STENDI MEHMONLARNI KUTIB OLADI

🔰Bugun Berlindagi Yashil haftalik-2023” doirasidagi ko‘rgazmada «Made in Uzbekistan» stendining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unga Germaniya Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi federal vaziri Jem O‘zdemir ham tashrif buyurdi.

👉Batafsil

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #korgazma #Ozbekiston #Germaniya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
O‘ZBEKISTON DUNYODAGI ENG KATTA QISHLOQ XO‘JALIK KO‘RGAZMASIDA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK ETMOQDA

🔰240 kvadrat metr maydonga ega O‘zbekiston stendida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatimiz viloyatlari va Toshkent shahridan 60 dan ortiq tadbirkorlarning milliy mahsulotlari namoyish etilmoqda. Jumladan: 227 turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari – barra va quritilgan meva-sabzavotlar, qayta ishlangan sut va goʻsht, salqin ichimliklar, qandolat, un mahsulotlari va boshqalar.

Oʻzbekiston delegatsiyasi Niderlandiya, Kanada, Gruziya, Polsha, Moʻgʻuliston, Latviya, Germaniya va Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirlari bilan qizgʻin uchrashuvlar oʻtkazdi. Shu bilan birga, Jahon banki, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan yuqori darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi.

👉Batafsil

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #Uzbekistan #Germaniya #Niderlandiya #Kanada #Gruziya #Polsha #Latviya #Qozogiston

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Green week 2023” Germaniya, Berlin. Birinchi kun. Koʻrgazmaning yorqin muhiti.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #Uzbekistan #Germaniya
*****
“Green week 2023” Германия, Берлин. День первый. Яркие моменты дня

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #Узбекистан #Германия

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Germaniya poytaxti Berlin shahrida “Green week 2023” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Gruziya Qishloq xo‘jaligi va tabiat muhofazasi vaziri Otar Shamugiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🟢Gruziya bilan mavjud logistika imkoniyatlarini kengaytirish;

🟢Uzumchilik sohasini yanada rivojlantirish;

🟢Enologiya (vinochilik) sohasi bo‘yicha malakali mutahassislar tayyorlash;

🟢Agroturizm.

Muloqot chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda davom ettirish hamda munosabatlarni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Gruziya
*****
В рамках «Green week 2023» в Берлине состоялась встреча Азиза Воитова, министра сельского хозяйства Узбекистана с Отаром Шамугией, министром сельского хозяйства и охраны природы Грузии.

🤝На встрече обсуждались следующие темы:

🟢Расширение существующих логистических возможностей с Грузией;

🟢Дальнейшее развитие сектора виноградарства;

🟢Подготовка квалифицированных специалистов в области энологии (виноделие);

🟢Агротуризм.

В ходе диалога стороны выразили обоюдную заинтересованность в продолжении двустороннего сотрудничества на новом этапе развития отношений.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Грузия

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Germaniyaning poytaxti Berlin shahrida «Green week-2023» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Latviya Qishloq xo‘jaligi vaziri Didzis Shmits bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🟠oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;

🟠O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligining eksport salohiyatini oshirish;

🟠organik dehqonchilikni yo’lga qo‘yish;

🟠Toshkent davlat agrar universiteti va Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti o‘rtasidagi Memorandum doirasida sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, O‘zbekistonda bioiqtisodiyotni rivojlantirish.

Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakat - Latviya tomoni o‘z navbatida O‘zbekiston bilan Qishloq xo‘jaligining turli sohalarida yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini qayd etdi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Latviya
*****
🤝В столице Германии городе Берлине в рамках «Green week 2023» состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова со своим коллегой из Латвии Дидзисом Шмитсом.

На встрече обсуждались следующие темы:

🟠Обеспечение безопасности пищевых продуктов;

🟠Повышение экспортного потенциала сельского хозяйства в Республике Узбекистан;

🟠Внедрение органического земледелия;

🟠Выращивание качественной сельскохозяйственной продукции, развитие биоэкономики в Узбекистане в рамках Меморандума между Ташкентским государственным аграрным университетом и латвийским университетом естественных наук и технологий.

Латвийская сторона, в свою очередь, выразила заинтересованность в тесном сотрудничестве с Узбекистаном в различных сферах сельского хозяйства.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Латвия

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Germaniyaning Berlin shahrida “Green week 2023” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Vengriya qishloq xo‘jaligi vaziri Ishtvan Nad o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🔴Fan va taʼlim sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

🔴Oziq-ovqat xavfsizligi tizimini rivojlantirish;

🔴Qo'shma naslchilikni yaratishga qaratilgan genetik markaz tashkil etishda hamkorlik.

Vengriya O‘zbekiston bilan ko‘p tomonlama muvaffaqiyatli hamkorlikka ega. O‘z navbatida, mazkur munosabatlarning davomi sifatida, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu fikrlar tomonlar ta'kidi va muloqot asosi bo‘ldi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Vengriya
*****
🤝В Берлине, Германия, в рамках «Green week 2023» состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова и министра сельского хозяйства Венгрии Иштвана Надя.

На встрече обсуждались следующие темы:

🔴Налаживание сотрудничества в области науки и образования;

🔴Развитие системы безопасности пищевых продуктов;

🔴Сотрудничество в создании генетического центра, направленного на создание совместного разведения.

Венгрия имеет успешное сотрудничество с Узбекистаном во многих форматах. В свою очередь, как продолжение этих отношений, сотрудничество в области сельского хозяйства приобретает особое значение. Эти мнения были подчеркнуты сторонами и стали основой диалога.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Венгрия

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni paytda Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Green week - 2023” yirik xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi agrar sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

🤝Shulardan Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) bosh iqtisodchisi Maksimo Torero Kulyen bilan bo‘lib o‘tdi va unda qishloq xo‘jaligining barqarorligini oshirish bo‘yicha iqtisodiy-siyosiy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, FAO vakolatxonasi Toshkentda 2014-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi hamkorlikda umumiy qiymati 55 million dollar bo‘lgan 55 ta loyiha ishga tushirildi. O‘zbekistonda FAOning 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan yangi Davlat miqyosidagi dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

“Biz FAOning yerdan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qoʻshimcha qiymat zanjirini rivojlantirish, fermer xoʻjaliklari bilimini oshirish, standartlashtirish va gender tengligi kabi sohalarda koʻrsatayotgan yordamini yuksak qadrlaymiz,dedi Aziz Voitov.

Muzokaralar davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

🟢O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va davlat tomonidan tarmoq boshqaruvining institutsional arxitekturasini takomillashtirish.

🟢Kreditlash, lizing, sug‘urta, qishloq xojaligi subsidiyalari kabi yangi moliyaviy vositalarni o‘rganish.

🟢Iqlim ozgarishining kuchli ta’siri va Yashil iqlim jamg‘armasi va Global ekologik fond bilan ishlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish tufayli O‘zbekiston uchun iqlim fondlari grant resurslarini safarbar qilish.

Qayd etilishicha, 2023-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida FAO bilan hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Global miqyosidagi konferensiya bo‘lib o‘tadi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #FAO

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤝Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Green week - 2023” yirik xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi (IFAD) vitse-prezidenti Donal Braun bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 2011-yil 19-fevralda O‘zbekiston IFAD ga rasman a‘zo bo‘lib, u mamlakatning bog‘dorchilik va sut mahsulotlari sohasiga kreditlar ajratgan birinchi xalqaro moliya instituti bo‘lgan.

“IFAD bizning uzoq yillik va ishonchli strategik hamkorimiz bo‘lib, biz ular bilan “Yashil haftalik”da uchrashuv o‘tkazmasligimiz mumkin emasdi. Bundan tashqari, dekabr oyida IFADning 2023-2027- yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonda yangi strategik imkoniyatlar dasturi qabul qilindi. O‘ylaymanki, yaqin kelajakda biz IFADning talab va qoidalariga to‘liq mos keladigan variantlarni taqdim eta olamiz”,dedi Aziz Voitov.

Muzokaralar davomida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildilar:

🟠Yangi COSOPning birinchi loyihasiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha mavjud jarayonlarni nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki hududlarda – Samarqand va Toshkent viloyatlarida ham kengaytirish;

🟠O‘zbekistonda IFAD vakolatxonasini ochish bo‘yicha shartnoma imzolangach, tegishli ofis maydoni tanlash jarayoni boshlandi. O‘zbekiston tomoni IFAD bilan eng maqbul joyni tanlashda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv do‘stona ruhda o‘tdi. Tomonlar kelgusida umumiy loyihalar doirasida yaqin hamkorliklar qilishga kelishib oldilar.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #IFAD

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Berlin shahrida «Green week 2023» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Polsha Bosh vaziri o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi va qishloq taraqqiyoti vaziri Xenrik Kovalchik o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🔴yem-xashak ekinlarini yetishtirish;

🔴intensiv mevali bog‘dorchilikni rivojlantirish;

🔴ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlik;

🔴asalarichilik sohasida hamkorlik;

🔴o‘simlik urug‘larini sinovdan o‘tkazish.

Uchrashuv yakunida, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Polsha Respublikasi qishloq xo‘jaligi va qishloq taraqqiyoti vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim (anglashuv memorandumi) imzolandi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Polsha #memorandum
*****
🤝В Берлине, Германия, в рамках «Green week 2023» состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова с Заместителем Премьер-министра, министром сельского хозяйства и развития сельских районов Польши Хенриком Ковальчиком

На встрече обсуждались следующие темы:

🔴Выращивание кормовых культур.

🔴Развитие интенсивного фруктового садоводства.

🔴Взаимодействие по линии образования.

🔴Сотрудничество в сфере пчеловодства.

🔴Испытание и сертификация семян сельхозкультур.

Итогом встречи стало подписание Соглашения (Меморандум о взаимопонимании) о сотрудничестве в области сельского хозяйства между Министерством сельского хозяйства Республики Узбекистан и Министерством сельского хозяйства и развития сельских районов Республики Польша

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Польша #меморандум

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov "Green week 2023"doirasida Germaniyaning Berlin shahrida Niderlandiya qishloq xo‘jaligi, tabiat va oziq-ovqat sifati vaziri Pete Adema bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🟠Ikki davlat biznes va fan yo‘jnalishidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

🟠Issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish;

🟠Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish;

🟠COVID-19 pandemiyasi davrida to‘xtatilgan biznes missiyalarini tiklash.

Tomonlar hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibini muhokama qildilar. Umumiy tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga qaror qilindi. Ishchi guruh kelishuvlarni kuzatib boradi va tashkiliy masalalarni hal qiladi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Niderlandiya
*****
🤝В Берлине, Германия, в рамках «Green week 2023» состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова с Министром сельского хозяйства, природы и качества продовольствия Нидерландов Питом Адемой.

На встрече обсуждались следующие темы:

🟠Налаживание сотрудничества в сфере бизнеса,
науки и государства двух стран;

🟠Развитие тепличного хозяйства;

🟠Внедрение водосберегающих технологий;

🟠Возобновление бизнес-миссий, приостановленных на время пандемии COVID-19.

Стороны обсудили обширную повестку сотрудничества. Было решено создать совместную рабочую группу по реализации общих инициатив. Рабочая группа будет вести мониторинг договорённостей и решать организационные вопросы.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Нидерланды

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Germaniyaning poytaxti Berlin shahrida "Green week 2023" doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Bavariya oziq-ovqat, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligi Davlat kotibi Hubert Bittlmayer bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🟢2021-yilda ishga tushirilgan qishloq xo‘jaligida fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiyalashga qaratilgan ACIS dasturini Bavariya davlat qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot markazi tajribasi asosida tadbiq etish va Respublikaning barcha hududlarida ACIS markazlarini tashkil etish rejalari;

🟢Bavariya bilan hamkorlikda innovatsion texnologiyalarni joriy etish;

🟢сhorvachilik bo‘yicha O‘zbekistonga yirik va mayda qoramollarning yuqori mahsuldor zotlarini yetkazish.

Bavariya vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda tomonlar hamkorlikning imkoniyat va salohiyat uyg‘unligida o‘zaro amaliy yo‘nalishlariga e’tibor qaratdilar.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Bavariya
*****
🤝В Берлине (Германия), в рамках «Green week 2023» состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова с госсекретарем Министерства продовольствия, сельского и лесного хозяйства Баварии Хубертом Биттльмайером.

На встрече обсуждались следующие темы:

🟢Налаживание сотрудничества и обмен опытом с Баварским государственным исследовательским центром сельского хозяйства;

🟢Инновационный элемент аграрного развития;

🟢Совместная работа с Баварской федеральной ассоциацией животноводства по вопросам поставок эмбрионов и семенного материала высокопродуктивных пород крупного и мелкого рогатого скота в Узбекистан.

В ходе встречи с представителями Баварии стороны обратили внимание на взаимные практические направления сотрудничества.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Бавария

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Germaniyaning poytaxti Berlin shahrida «Green week 2023» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Mo‘g‘uliston Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vaziri Bolorchuluun Khayangaa bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🟢qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishish va bayonnomani kelishish;

🟢Ikki davlat o‘rtasida go‘sht va qandolat mahsulotlari, yong‘oq, shokolad, pechenye, vino, tamaki kabi mahsulotlarni o‘zaro yetkazib beradigan kompaniyalar ro‘yxatini tuzish va ular bilan shartnomalar imzolash.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Moguliston
*****
🤝В рамках «Green week 2023» в столице Германии Берлине состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова и министра продовольствия, сельского хозяйства и легкой промышленности Монголии Болорчулуун Кхаянгаа.

На встрече обсуждались следующие темы:

🟢Достижение соглашений о реализации совместных проектов в области сельского хозяйства и согласование протокола;

🟢Составление списка компаний, осуществляющих взаимные поставки мяса и кондитерских изделий, орехов, шоколада, печенья, вина, сигарет между двумя странами и заключение с ними договоров.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Монголия

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Germaniyaning Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Green week 2023» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Vaxid Kirishchi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🟠“TAGEM” qishloq xo‘jaligi ilmiy-siyosiy tadqiqotlari bosh boshqarmasi bilan hamkorlikni rivojlantirish;

🟠Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasida sugʻurtalashni joriy etish uchun Turkiyaning “Tarsim” tizimini oʻrganish;

🟠Hamkorlikni faollashtirish va Turkiyaning muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) bilan parrandachilik, asalarichilik, shuningdek, yem-xashak urug‘lari ishlab chiqarish bo‘yicha oilaviy kooperativlarni tashkil etish loyihalarini amalga oshirish;

🟠O‘zbekistonda pista yetishtirishni rivojlantirish.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Turkiya
*****
🤝В Берлине (Германия), в рамках «Green week 2023» состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова и министром сельского и лесного хозяйства Турции Вахидом Киришчи.

На встрече обсуждались следующие темы:

🟠Развитие сотрудничества с Главным управлением сельскохозяйственных научных и политических исследований "Tagem";

🟠Изучение турецкой системы "Tarsim" для внедрения страхования в сельском хозяйстве в Узбекистане;

🟠Активизация сотрудничества и реализация проектов с турецким Координационным агентством (TIKA) по созданию семейных кооперативов по птицеводству, пчеловодству, а также производству кормовых семян;

🟠Развитие производства фисташек в Узбекистане.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Турция

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝Germaniya poytaxti Berlin shahrida «Green week 2023» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Fransiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Mark Feno o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:
🟢uzumchilik sohasini yanada rivojlantirish;

🟢O‘zbekistonda agrologistik markaz tashkil etish;

🟢“INRAE”, “CIRAD” va “IDELE” kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda bog‘dorchilik, uzumchilik, chorvachilik va veterinariya sohalarini rivojlantirish.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Fransiya
*****
🤝В рамках «Green week 2023» в столице Германии Берлине состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова и министра сельского хозяйства Франции Марка Фено.

На встрече обсуждались следующие темы:
🟢дальнейшее развитие виноградарства;

🟢Создание агрологистического центра в Узбекистане;

🟢Развитие садоводства, виноградарства, животноводства и ветеринарии в Узбекистане в сотрудничестве с компаниями ”INRAE“, “CIRAD” и “IDELE”.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Франция

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰“Made in Uzbekistan” stendimiz Berlindagi “Green week-2023” xalqaro ko‘rgazmasida o‘z ishini davom ettirmoqda. 240 kvadrat metr maydonga ega O‘zbekiston stendida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatimiz viloyatlari va Toshkent shahridan 60 dan ortiq tadbirkorlarning milliy mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Jumladan: 227 turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariyangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, shuningdek, qayta ishlangan sut va goʻsht mahsulotlari, yogʻ va yogʻ mahsulotlari, salqin ichimliklar, qandolat mahsulotlari, un va un mahsulotlari, margarin mahsulotlari va boshqalar.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #Uzbekistan #Germaniya #Made_in_Uzbekistan
*****
🔰Наш стенд «Made in Uzbekistan» продолжает свою работу на международной выставке «Green week 2023». На стенде Узбекистана площадью 240 квадратных метров представлены национальные продукты от более чем 60 предпринимателей из Республики Каракалпакстан, регионов страны и города Ташкента.

Среди них: 227 видов сельскохозяйственной и продовольственной продукции – свежие и обработанные фрукты и овощи, а также переработанные молочные и мясные изделия, масложировая продукция, безалкогольные напитки, кондитерские изделия, мука и мучные изделия, маргариновые продукты и многое другое.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #Узбекистан #Германия #Made_in_Uzbekistan

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
🤝Germaniyaning Berlin shahrida o‘tkazilayotgan "Green week 2023" doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Kanada Qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari vaziri o‘rinbosari Mishel Kuper bilan uchrashdi.

Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:

🔴O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish tizimini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish;

🔴Don mahsulotlari ishlab chiqarish va ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish;

🔴Investitsiyalar va texnologiyalar;

🔴Chorvachilik va genetik muhandislikni rivojlantirish.

Tomonlar hamkorlikning keng ko‘lamli kun tartibini muhokama qildilar. Umumiy tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga qaror qilindi. Ishchi guruh kelishuvlarni kuzatib boradi va tashkiliy masalalarni hal qiladi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Kanada
*****
🤝В Берлине, Германия, в рамках «Green week 2023» состоялась встреча министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиза Воитова с заместителем министра сельского хозяйства и агропродовольствия Канады Мишель Купер.

На встрече обсуждались следующие темы:

🔴Развития и диверсификации системы финансирования аграрного сектора в Узбекистане.

🔴Производство зерновой продукции и установление сотрудничества между профильными НИИ.

🔴Инвестиции и технологии.

🔴Развитие животноводства и генная инженерия.

Стороны обсудили обширную повестку сотрудничества. Было решено создать совместную рабочую группу по реализации общих инициатив. Рабочая группа будет вести мониторинг договорённостей и решать организационные вопросы.

#Международная_Зеленая_неделя #министр #выставка #сотрудничество #Узбекистан #Канада

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLARINING BERLIN KONFERENSIYASI

🗣71 nafar Qishloq xo‘jaligi vazirlari o‘ndan ortiq xalqaro tashkilot vakillari bilan birga 15-Berlin konferensiyasida butun dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga doir masalalarni muhokama qilish uchun yig‘ildi.

Anjumanda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etishdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov rasmiy nutq so‘zladi.

Taʼkidlash joiz, O‘zbekiston milliy va global oziq-ovqat transformatsiyasi jarayoniga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ushbu ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning muhim vazifasi aholi turmush darajasini oshirishdan iboratdir.

Bugungi kunda, mamlakatimiz tomonidan imtiyozli kreditlash dasturlari orqali jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qishloq aholisi, xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka rag‘batlantirish, ularning turmush tarzini yaxshilash qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatimiz uchun uchta muhim jihatni qayd etdi: deregulyatsiya, inklyuzivlik, ekologik barqarorlik va hosildorlikning o‘sishini rag‘batlantirish;
oziq-ovqat transformatsiyasi hamda 2023-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tkaziladigan yuqori darajadagi oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Global konferensiyaga ilmiy yondashish.

“Mamlakatda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”, shuningdek, oziq-ovqat sanoatini barqaror rivojlantirishga qaratilgan bir qator davlat dasturlari qabul qilingan.

Bu borada suv resurslari, energetika, oziq-ovqat va ekologiya o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydigan
Yashil iqtisodiyot”ga o‘tishimiz ham muhim ahamiyatga ega”,dedi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z nutqida.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Germaniya #Berlin #konferensiya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “No comment”dasturida “Berlinda xalqaro yashil haftalik: O‘zbekiston agrosanoati uchun yangi imkoniyatlar” sarlavhasi ostida qisqa lavhalar efirga uzatildi.

#repost #Ozbekiston_24 #Germaniya #Berlin #xalqaro_yashil_haftalik

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“GREEN WEEK 2023” O‘ZBEKISTON ISHTIROKI NATIJALARI

🔰Berlinda 84-Xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi – “Green week 2023” nihoyasiga yetmoqda. Ko'rgazma davomida butun dunyodan 1 700 dan ortiq eksponentlar dunyo miqyosida shuhrat qozongan eng xilma-xil mahsulotlarning 100 mingga yaqin turini namoyish etishga muvaffaq bo'ldi.

Ushbu ko'rgazma doirasida oziq-ovqat bilan bog'liq 300 dan ortiq turli forumlar, seminarlar, kongresslar va uchrashuvlar tashkil etildi va o'tkazildi.

👉Batafsil

#Xalqaro_yashil_haftalik #Uzbekistan #Germaniya #Berlin

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YURTIMIZ MEVA-SABZAVOTLARI GERMANIYALIK YOSHLARGA MANZUR BO‘LDI

Berlinda ochilgan 84-xalqaro «Green week 2023» ko‘rgazmasi ham nihoyasiga yetay deb qoldi. Yashil haftalikning navbatdagi kunida Germaniya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi federal vaziri Jem O‘zdemir ikkinchi bor O‘zbekiston stendiga tashrif buyurdi.

U bu safar germaniyalik bir guruh yoshlar bilan birgalikda ko‘rgazmada namoyish etilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan tanishdi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari yurtimizda meva-sabzavot mahsulotlari va poliz ekinlarini yetishtirish, pishib yetilgan meva va sabzavotlarni navlarga ajratish va kalibrlash hamda ularni qayta ishlash, sublimatsiya va quritish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Shuningdek, ekologik tozaligi e’tirof etilgan ushbu mahsulotlar dunyoning 70 dan ortiq davlatlariga eksport qilinayotgani, jumladan, Germaniyaga yurtimizdan qanday qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berilayotgani haqida ham ma’lumotlar berildi.

O‘z o‘rnida vazir Jem O‘zdemir qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining inson salomatligidagi ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, bu mahsulotlar yurtimizda tabiiy sharoitda, organik usulda yetishtirilishini e’tirof etdi. Shu bilan birga u ko‘rgazma ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bilan bo‘lgan uchrashuvda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarni olganini, vazirlik rahbariyati tomonidan olib borilayotgan ishlar yuksak e’tirofga sazovorligini aytib o‘tdi.

Namoyish etilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tatib ko‘rgan germaniyalik yoshlar ko‘rgazmada turli davlatlar orasida, aynan, O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlar va poliz ekinlari manzur bo‘lganini e’tirof etishdi. Shuningdek, vazir Jem O‘zdemir boshchiligidagi germaniyalik yoshlar, o‘zbek milliy taomlari va shirinliklar bilan ham mehmon qilindi.

#Xalqaro_yashil_haftalik #vazir #tashrif #hamkorlik #Uzbekistan #Germaniya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM