QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.8K photos
2.63K videos
7 files
9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Biznes_forum #Uzbekiston24 #Samarqand #MEMORANDUM #HAMKORLIK #parrandachilik #chorvachilik #kartoshkachilik

O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma biznes forumi doirasida
o‘zbekistonlik tadbirkorlar va venger kompaniyalari vakillari o‘rtasidagi “B2B” va “G2B” shaklidagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev ham ishtirok etmoqda.

Lavhada Alisher To‘rayev bugungi biznes forumi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi sohasiga qanchalik manfaatli bo‘lgani haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Xususan, chorvachilik va urug‘lik kartoshkachilik yo‘nalishi bo‘yicha Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasida muhim kelishuvlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab o‘tdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Biznes_forum #Memorandum #hamkorlik #parrandachilik #Samarqand

VENGRIYA BILAN HAMKORLIKDA
PARRANDACHILIK KLASTERINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi doirasida o‘z delegatsiyasi bilan Samarqand shahrida bo‘lib turgan Vengriyaning Bonafarm Csoport kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Bonafarm Csoport hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida Toshkent viloyatida tashkil etilishi rejalashtirilgan qiymati 150 mln AQSH dollariga teng investitsion loyiha - parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Anglashuv memorandumi imzolandi hamda “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Avvalroq, joriy yilning oktyabr oyida qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hukumat delegatsiyasi tarkibida Vengriyaga tashrifi doirasida eng yirik tovuq go‘shti ishlab chiqarish korxonalaridan birining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazgandi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda parrandachilik korxonasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvga erishishgan edi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Biznes_Forum #Memorandum #hamkorlik #parrandachilik #Samarqand

QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI HAMDA VENGRIYA QISHLOQ XO‘JALIGI VA TABIIY FANLAR UNIVERSITETI O‘RTASIDA “YO‘L XARITASI” IMZOLANDI

🇺🇿🤝🇭🇺 Bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston-Vengriya biznes forumi doirasida qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti “MATЕ” rektori Chaba Dyurich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti o‘rtasida O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik markazi faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolangani uchrashuvning muhim qismiga aylandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida MATE universiteti o‘zbekistonlik yosh olimlarning 2023/2024-o‘quv yili uchun “Stipendium Hungaricum” stipendiya dasturida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashiga kelishib olindi.
"MATЕ" o‘zbek olimlari uchun ilmiy ishlar bo‘yicha vengriyalik ilmiy rahbarlarni berishi haqida kelishuvga erishildi.

👉Batafsil saytimizda o‘qing.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biznes_Forum #Memorandum #hamkorlik #parrandachilik #Samarqand

TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTINING BIRINCHI SAMMITI DOIRASIDAGI O‘ZBEKISTON-VENGRIYA QO‘SHMA BIZNES FORUMI

Shu kunlarda mamlakatimizning qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammitiga mezbonlik qildi. 10-noyabr kuni ushbu sammit doirasida O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

👉Nufuzli tadbir tafsilotlari saytimizda

*****
#Бизнес_форум #меморандум #сотрудничество #Самарканд

УЗБЕКСКО-ВЕНГЕРСКИЙ СОВМЕСТНЫЙ БИЗНЕС-ФОРУМ В РАМКАХ ПЕРВОГО САММИТА ОРГАНИЗАЦИИ ТЮРКСКИХ ГОСУДАРСТВ

В эти дни в древнем и всегда молодом городе нашей страны – Самарканде прошел первый саммит Организации тюркских государств. 10 ноября 2022 года в рамках данного саммита состоялся узбекско-венгерский совместный бизнес-форум.

👉Подробнее на сайте

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” dasturida “Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash” haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida chorvachilik, parrandachilik va quyonchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida so‘z yuritilgan.

Reportajda tadbirkor yurtdoshlarimiz aholi dasturxonini go‘sht, sut va tuxum mahsulotlari bilan taʼminlashga doir fikr-mulohazalarini bildirganlar.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar #Oziq_ovqat #chorvachilik #parrandachilik #quyonchilik

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
VENGRIYA DELEGATSIYASI A’ZOLARI TOSHKENT VILOYATIDAGI PARRANDACHILIK FABRIKASIGA TASHRIF BUYURDI

🔰Avval xabar berganimizdek, “Bonafarm Group” kompaniyasi ijrochi direktori Attila Chani boshchiligidagi Vengriya delegatsiyasi mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turibdi.

7-fevral kuni delegatsiya aʼzolari asosiy faoliyati parranda goʻshti ishlab chiqarish va sotishdan iborat “Saxovat-broyler” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli parrandachilik fabrikasida boʻldi. 2016-yilda ochilgan ushbu fabrika 55 gektar maydonga ega.

#tashrif #Ozbekiston #Vengriya #parrandachilik
*****
ЧЛЕНЫ ВЕНГЕРСКОЙ ДЕЛЕГАЦИИ ПОСЕТИЛИ ПТИЦЕФАБРИКУ В ТАШОБЛАСТИ

🔰Как мы уже сообщали ранее, в нашей стране с визитом пребывает венгерская делегация во главе с Исполнительным директором группы компаний «Bonofarm Group» Аттилой Чаньи.

7 февраля члены делегации посетили птицефабрику ООО «Saxovat-broyler», основной деятельностью которой является производство и реализация мяса птицы. Она открылась в 2016 году и занимает площадь 55 га.

#визит #Узбекистан #Венгрия #птицефабрика

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
VENGRIYA DELEGATSIYASI PARRANDACHILIK KLASTERINI QURISH UCHUN YER MAYDONINI KO‘ZDAN KECHIRDI

🔰8-fevral kuni Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov Toshkent viloyati hokimligi vakillari bilan birgalikda Vengriyaning “Bonofarm Group” kompaniyasi ijrochi direktori Attila Chani boshchiligidagi delegatsiyaga parrandachilik klasteri qurish uchun uchta yer uchastkasini taqdim etdi.

#tashrif #vazir #delegatsiyaga #Ozbekiston #Vengriya #parrandachilik
*****
ДЕЛЕГАЦИЯ ИЗ ВЕНГРИИ ОСМОТРЕЛА ЗЕМЛИ ПОД СТРОИТЕЛЬСТВО ПТИЦЕВОДЧЕСКОГО КЛАСТЕРА

🔰8 февраля министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Воитов совместно с представителями хокимиата Ташкентской области представили делегации венгерской компании «Bonofarm Group» во главе с исполнительным директором Аттила Чаньи три участка земли под постройку птицеводческого кластера.

#визит #министр #делегация #Узбекистан #Венгрия #птицеводство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PARRANDACHILIK RIVOJIDA INNOVATSION YONDASHUV

🐓Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida joylashgan “FARG‘ONA NASLLI PARRANDA” MChJ tuxum yetishtirishga ixtisoslashgan tadbirkorlik korxonasidir.

Ushbu korxona 2008-yil tashkil topgan bo‘lib, asosan aholiga sifatli tuxum mahsulotlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda jamiyatda tuxum beruvchi 250 ming dona parrandalar parvarish qilinmoqda.

Korxonaning bir kunlik quvvati 200 ming dona sifatli tuxum mahsulotlari ishlab chiqaradi.

#parrandachilik #tuxum #Fargona
*****
ИННОВАЦИОННЫЙ ПОДХОД В РАЗВИТИИ ПТИЦЕВОДСТВА

🐓ООО «ФАРГОНА НАСЛЛИ ПАРРАНДА» в Куштепинском районе Ферганской области специализируется на производстве яиц.

Предприятие было основано в 2008 году и с тех пор зарекомендовало себя в качестве поставщика качественной и востребованной продукции.

Сегодня здесь содержится 250 тысяч кур-несушек. Это позволяет ежедневно производить 200 тысяч яиц.

#птицеводство #яйцо #Фергана

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
PARRANDACHILIKDA VENGRIYA BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI

🇺🇿🤝🇭🇺
Kuni kecha Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriyaning «Master Good» kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Laslo Baranyi bilan
uchrashdi.

Muloqot davomida, shuningdek, parrandachilik yo‘nalishini rivojlantirishda O‘zbekistonning qulay geografik joylashuvi, Markaziy Osiyodagi eng katta aholi, malakali ishchi kuchi, boy tabiiy resurslarga egaligi hamda o‘sib borayotgan iqtisodiy faolligi, hamkorlik aloqalarining yangi bosqichlari uchun katta bozor va samarali biznes muhiti ekanligiga alohida e’tibor qaratildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #parrandachilik #Ozbekiston #Vengriya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMKORLIK YO‘NALISHLARI ANIQLASHTIRIB OLINDI

🤝O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri hamda Vengriyaning “Bonafarm Group” kompaniyasi vakillarining onlayn-uchrashuvi o‘tkazildi.

Vazir Aziz Voitov O‘zbekiston vengriyaliklar bilan keng ko‘lamli hamkorlik uchun ochiq ekanligini, parrandachilik sohasida rejalashtirilayotgan loyiha ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini bildirdi.

Mazkur tashrif davomida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi o‘laroq, bu galgi uchrashuvda yirik investitsion loyihalar uchun O‘zbekistonda yaratilgan soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar, qishloq xo‘jaligi sohasida amal qilib kelayotgan 40 dan ziyod turdagi subsidiyalar va boshqa imkoniyatlar haqida ma'lumot almashildi, parrandachilik klasteri uchun qulay yer tanlash va hamkorlikning boshqa nuqtalari atroflicha muhokama qilindi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #video_konferensiya #qishloq_xojaligi #parrandachilik #klaster

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM