QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kartoshkachilik #hamkorlik

KARTOSHKA URUG‘CHILIGI BO‘YICHA KOREYA BILAN ILMIY-TADQIQOT ISHLARIDA HAMKORLIK QILINADI

🥔2022-yil 28-sentyabr kuni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazida Janubiy Koreyaning “Withroad Co., Ltd.” kompaniyasi, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Milliy markaz vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlarga Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy faoliyati bo‘yicha maʼlumot berildi, ikki tashkilot faoliyati bo‘yicha suhbatlashildi, shuningdek, kartoshkachilik sohasi bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

👉Batafsil

Obuna bo'ling:
WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kartoshkachilik #Koreya_tajribasi

JANUBIY KOREYA OLIMLARINING KARTOSHKA URUG‘CHILIGI BO‘YICHA ILMIY TADQIQOTLARI O‘RGANILDI

🥔Avvalroq O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi haqida xabar bergan edik. Delegatsiya vakillari ushbu tashrif doirasida yana boshqa qishloq xo‘jaligi obyektlarida ham bo‘lishdi. Xususan, Tog‘li tumanlar qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishildi.

Ushbu institut 1959-yili tashkil etilgan bo‘lib, asosan yangi kartoshka navlarini yaratish, urug‘lik kartoshkani yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ayni kunlarda bu yerda biotexnologik usulda “In vitro” sharoitida kartoshka urug‘ligini ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilyapti.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#kartoshkachilik

O‘ZBEKISTONLIK MUTAXASSISLAR TURKIYADA URUG‘LIK KARTOSHKA YETISHTIRISHNI O‘RGANMOQDA

🥔2022-yil oktyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) o‘zbekistonlik bir guruh mutaxassislar uchun Turkiyaning kartoshka urug‘chiligi tajribasini o‘rganish maqsadida ushbu davlatga o‘quv safarini tashkil etdi.

Mazkur safarda O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, polizchilik va kartoshkachilikni rivojlantirish boshqarmasi vakili ham ishtirok etdi.

👉Batafsil

*****
#картофелеводство

СПЕЦИАЛИСТЫ ИЗ УЗБЕКИСТАНА ИЗУЧАЮТ ПРОИЗВОДСТВО СЕМЕННОГО КАРТОФЕЛЯ В ТУРЦИИ

🥔В
октябре 2022 года Продовольственная и сельскохозяйственная организация Объединённых Наций (ФАО) организовала для группы специалистов из Узбекистана учебный тур в Турцию для изучения опыта страны по производству семенного картофеля.

В туре принял участие и представитель Управления по развитию плодоовощеводства, виноградарства, бахчеводства и картофелеводства Министерства сельского хозяйства РУ.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Biznes_forum #Uzbekiston24 #Samarqand #MEMORANDUM #HAMKORLIK #parrandachilik #chorvachilik #kartoshkachilik

O‘zbekiston-Vengriya qo‘shma biznes forumi doirasida
o‘zbekistonlik tadbirkorlar va venger kompaniyalari vakillari o‘rtasidagi “B2B” va “G2B” shaklidagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher To‘rayev ham ishtirok etmoqda.

Lavhada Alisher To‘rayev bugungi biznes forumi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi sohasiga qanchalik manfaatli bo‘lgani haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Xususan, chorvachilik va urug‘lik kartoshkachilik yo‘nalishi bo‘yicha Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasida muhim kelishuvlar amalga oshirilayotganini taʼkidlab o‘tdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #kartoshkachilik

KARTOSHKA URUG‘CHILIGI BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

🥔O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida “COVID-19 ga javoban kartoshkachilik sohasini qayta tiklash va rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.

Seminarda “O‘zbekistonda urug‘lik kartoshka yetishtirish va sertifikatlashning hozirgi holati va muammolarini aniqlash” masalasi muhokama qilindi.

👉Batafsil saytimizda o‘qing.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kartoshkachilik #texnologiya #sinov

KARTOSHKA HOSILDORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YAPONIYA TEXNOLOGIYASI O‘ZBEKISTONDA SINOVDAN O‘TKAZILADI

🤝O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hamda stansiyalari rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazi xodimlari uchun tanishtiruv o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarni BIOVERSITY\CIAT tadqiqotchisi Mariana Kintero (Kolumbiya) olib bordi.

Tadbir “Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yaxshilash maqsadida qishloq xo‘jaligida ma’lumotlarga asoslangan qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning integratsiyalashgan tizimini (e-kakashi) qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

👉Batafsil

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” dasturida “Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutini olimlarining ilmiy tadqiqot natijasi” mavzusida lavha efirga uzatildi.

Lavhada Toshkent viloyati Toshkent tumanida sarimsoqning yangi “janubiy” navi patentlangani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Fakt_24 #sabzavot #poliz_ekinlari #kartoshkachilik #sarimsoq

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKANING YANGI ULTRA ERTAPISHAR NAVI IXTIRO QILINDI

🥔O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlari mamlakatimiz tuproq iqlim sharoitiga mos kartoshkaning ertapishar “Toshkent ertagisi” navini ixtiro qilishdi.
Yangi nav va respublikada kartoshka yetishtirish bo‘yicha ma’lumotlarni saytimizdan bilib oling.

📺To'liq video

#kartoshkachilik #yangi_nav #ixtiro

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KARTOSHKANI ZARARKUNANDALAR VA KASALLIKLARDAN HIMOYA QILISHNING ILG‘OR USULLARI

🥔Kartoshka ekinlari turli kasalliklar, zararkunandalar va begona o‘tlar tomonidan jiddiy zararlanishi mumkin. Shuning uchun ushbu ekinlarlarni himoya qilishning yaxlit tizimini o‘z vaqtida qo‘llash muhim hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkil etilgan treninglarda buni qay tarzda samarali amalga oshirish mumkinligi muhokama qilindi.

#trening #kartoshkachilik #FAO #oziq_ovqat
*****
ПЕРЕДОВЫЕ МЕТОДЫ ЗАЩИТЫ КАРТОФЕЛЯ ОТ ВРЕДИТЕЛЕЙ И БОЛЕЗНЕЙ

🥔Урожаю картофеля серьезный урон могут нанести вредители, различные болезни и сорные растения. Вот почему важно своевременно применять комплексную систему защиты посевов картофеля. О том, как это делать эффективно, рассказали на тренингах, организованных Продовольственной и сельскохозяйственной организацией Объединённых Наций (ФАО).

#тренинг #картофелеводство #ФАО

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ZAMONAVIY LABORATORIYALAR: AGRAR SOHADAGI YANGI IMKONIYATLAR

🔬O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti 1933-yilda Respublika Sabzavotchilik stansiyasi negizida tashkil etilgan. Ushbu 90 yillik faoliyati davomida institut olimlari tomonidan respublikamizda ekib kelinayotgan 220 dan ortiq sabzavot, poliz va kartoshka navlari yaratildi. Ushbu navlarning 170 dan ortig‘i Davlat Reestriga kiritildi.

#ilmiy_tadqiqit_instituti #sabzavotchilik #kartoshkachilik
*****
СОВРЕМЕННЫЕ ЛАБОРАТОРИИ: НОВЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ В АГРАРНОМ СЕКТОРЕ

🔬Научно-исследовательский институт овощеводства, бахчевых культур и картофелеводства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан был создан в 1933 году на базе Республиканской овощеводческой станции. За эти 90 лет работы учеными Института создано более 220 сортов овощей, бахчевых культур и картофеля, выращиваемых в нашей республике. В Госреестр внесено более 170 таких сортов.

#научно_исследовательский_институт #овощеводство #картофелеводство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM