QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
22K photos
2.65K videos
7 files
9.05K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Qishloq xo‘jaligida oqava suvlardan foydalanish

💧Suv – tiriklik manbai. Undan oqilona foydalanish esa zamon talabi. Biroq, ichimlik suvlarining ekinlarni sug‘orish maqsadida ishlatilishi ham iste’molga yaroqli suvlarni kamayib ketishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

🇩🇪Germaniyaning Aaxen shahrida joylashgan "Intewa" kompaniyasining kuniga 300 dan 50 000 litrgacha oqava suvni tozalaydigan "Aqualoop" tizimi bu kabi muammolarga yechim bo‘lishi tabiiy.

🤔 To‘g‘ridan-to‘g‘ri filtrlash jarayoni deb ataladigan mazkur jarayon membranalarni tozalashning operatsion xarajatlarini oshiradi. Parchalanish jarayonida ishtirok etadigan bakteriyalar tizimning pastki qismida joylashgan quvurli diffuzor orqali fan yordamida kislorod oladi. Bioreaktor shuningdek, kichik tozalash inshootlaridan oqava suvlarni toza suv saqlash idishiga filtrlash uchun ultira-filtratsiyadan foydalanadigan membrana stansiyalarini ham o‘z ichiga oladi.

Yangi usulda suvni tozalash xarajat sarfini kamaytiradi, bakteriyalardan tozalashda eski uslubdan voz kechilib filtrlash jarayoning o‘zida muammo yechiladi. Qarabsizki, kichik texnikaning o‘ziyoq murakkab jarayonni soddalashtiradi va u qayta ishlagan suvdan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish mumkin bo‘ladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🟢Ayni damda Toshkent davlat agrar universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Hayotimiz guli, oftobi — ayol” deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tmoqda.

🟢Mazkur tadbirni Qishloq xo‘jaligi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so’zi bilan ochib berar ekan, barcha xotin-qizlarimizni bayram bilan tabriklab, samimiy muborakbod etdi.

🟡Bayram tadbiri ko’tarinki ruhda hamda bir qator badiiy chiqishlar bilan davom etmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI pinned «Diqqat viktorina!

🍇 Bu uzum:
»
Eng ko‘p uzum respublikamizning qaysi hududda yetishtirilganligini bilasizmi?

🍇 2023-yilda respublikamizda 1,7 mln tonnadan ko’proq uzum yetishtirilgan.

📊Uzum yetishtirish 2022-yil mos davriga nisbatan 1,3% ga kamaygan.

Jumladan:

Qoraqalpog‘iston R. – 11,6 ming tonna;

Andijon viloyati – 82,2 ming tonna;

Buxoro viloyati – 221,4 ming tonna;

Jizzax viloyati – 29,8 ming tonna;

Qashqadaryo viloyati – 110,0 ming tonna;

Navoiy viloyati – 85,6 ming tonna;

Namangan viloyati – 151,7 ming tonna;

Samarqand viloyati – 639,2 ming tonna;

Surxondaryo viloyati – 74,5 ming tonna;

Sirdaryo viloyati – 14,8 ming tonna;

Toshkent viloyati – 87,8 ming tonna;

Farg‘ona viloyati – 179,1 ming tonna;

Xorazm viloyati – 49,9 ming tonna.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bahorgi pilla mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

📄 Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi vakillari Samarqand viloyatidagi pillachilik korxonalarining bahorgi pilla yetishtirish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

🏦 Xususan, Jomboy tumanidagi “Jomboy silk”, Oqdaryo tumanidagi “Oqdaryo ipagi”, Payariqdagi “Payariq ipagi” hamda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kumush tola” korxonalari faoliyati o‘rganildi.

🗂 Xususan, eksport prognoz ko‘rsatkichlari, bahorgi pilla mavsumi uchun amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Qo‘mita raisi tomonidan pillachilik korxonalariga barcha ko‘rsatkichlarni bajarish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

🐛Shuningdek, uchrashuvlarda Vyetnam va Xitoy tajribasi asosida sanoat usulida ipak qurti boqish, pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatlarini oshirish borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM