QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.7K subscribers
23.9K photos
2.71K videos
7 files
9.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Bug‘doy ekini va uning tuproqqa talabi

🌾Bug‘doy qo‘ng‘irboshlilar oilasiga (Ro aseaye), (Triticum L) mansub o‘simlik hisoblanadi. Bug‘doy turlari biologik xususiyati bilan 4 genetik guruhga bo‘lingan, guruhlar xromosomalar soni bilan farq qilinadi. Bug‘doy turlari xo‘jalik xususiyati bo‘yicha 2 guruhga bo‘lingan – haqiqiy va yovvoyi bug‘doylar.

🧬Bug‘doy tuproqqa bo‘lgan talabi juda yuqori ekindir. Bug‘doy serhosil bo‘lishi uchun u ekiladigan tuproq unumdor, ko‘p miqdorda oziq unsurlarga ega bo‘lishi kerak. Tuproq reaksiyasi pH 6-7,5 bo‘lishi lozim. Sho‘r, botqoqlangan va nordon tuproqlardan tashqari barcha tuproqlarda yaxshi o‘sadi.

🟢Bug‘doy oziqa elementlariga juda talabchan. Hosildorlik qancha yuqori bo‘lsa, oziq moddalar shunchalik ko‘p talab qilinadi. Bug‘doy ekiladigan asosiy zonalarda 1 s don va shunga mos ravishda somon hosili uchun 2,5-3,5 kg azot, 0,9-1,2 kg fosfor, 2-3 kg kaliy sarf qilinadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston-Xitoy: o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lida yana bir qadam

🇺🇿🤝🇨🇳Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Xitoyning Shinjon sanoat qurilish korpusi komissari o‘rinbosari Lyu Sinszyan bilan uchrashdi

🟢Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilgani, xususan agrar sohada har ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning yangi davri boshlangani e’tirof etilar ekan, erishilgan kelishuvlar, yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik munosabatlari bilan kifoyalanib qolmasdan uni yanada rivojlantirish masalasi o'rtaga tashlandi.

🗣Vazir o‘z navbatida, ikki davlatning hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotganini e’tirof etar ekan, bu yil ilk bor Xitoydan sifatli g‘o‘za urug‘lari keltirilib, ayni paytda ularni mamlakatimizning iqlim sharoitiga to‘g‘ri keluvchi hududlarga ekish uchun yer maydonlari tayyorlanayotganini qayd etdi.

Shuningdek, uchrashuvda butun dunyoda global muammoga aylanib ulgurgan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida kelgusidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish zarurligi, qolaversa, ikki mamlakat hamkorligida ishlab chiqarilgan mahsulotni uchinchi bir davlatga eksport qilish masalasi muhokama qilindi.

📌Uchrashuv asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlash yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_nafasi
#Fotoetyud

Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…

#Photoby_A_Bay

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM