QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.8K subscribers
25.4K photos
2.76K videos
7 files
9.78K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Live

Ayni paytda Poytaxtimizdagi “FrankFort” mehmonxonasida Butunjahon yer kuni munosabati bilan “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning intensiv va innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

📌Unda o‘zgaruvchan iqlim sharoitida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo qishloq xo‘jaligidagi muammolar, ekologik tahdidlarni oldini olish masalalari muhokama qilinmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🔰Xalqaro konferensiyada taʼkidlanganidek, iqlim oʻzgarishining ortib borishi bois yurtimizda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi BMTning Oziq- ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti – FAO bilan hamkorlikda qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

⬛️Global ekologik jamgʻarma (GEF) tomonidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga taʼsirini baholash dasturi” hamda “Oʻzbekistonning qurgʻoqchilikka uchragan ekotizimlarida yaylovlar va oʻrmonlarni barqaror boshqarish” loyihalari shular jumlasidandir.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🇺🇿 Xabar berganimizdek, Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida "Lalmi maydonlarda no‘xat yetishtirishni ko‘paytirishda mineral o‘g‘itlardan foydalanish" mavzusidagi o‘quv-amaliy seminari davom etmoqda.

Ayni damda seminar ishtirokchilariga no‘xat yetishtirishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar va hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash, bu borada xorij tajribasi hamda lalmi va sug‘oriladigan yerlar uchun yaratilgan xo‘raki no‘xat navlari, nav yaratishda birlamchi material sifatidagi kolleksiya namunalari haqida soha mutaxassislari va olimlar tomonidan ma’lumotlar berilmoqda.

ℹ️ No‘xat yetishtiruvchilar va uni eksport qiluvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olish bilan birga tomonlar uchun foydali bo‘lgan takliflarni ham o‘rtaga tashlashmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🗣Xabar berganimizdek, kuni kecha Jizzax viloyatining G'allaorol tumanida lalmi yer maydonlarida no’xat yetishtirishda ilg’or texnologiyalarni qo’llash va mineral o’g’itlardan oqilona foydalanish bo’yicha o‘quv-amaliy seminar bo’lib o’tgan edi.

🇺🇿 Ushbu seminarning davomi o'laroq, ayni daqiqalarda Samarqand viloyati Payariq tumanida ham o'quv-amaliy seminar bo'lib o'tmoqda.

ℹ️Seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas'ul xodimlari, tizim tashkilotlari rahbarlari, Samarqand viloyatidagi tuman hokimlarining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari, no‘xat yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari hamda eksportchi korxonalar rahbarlari – jami 180 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

✍️Dastavval, seminar ishtirokchilari Payariq tumani Ko’lto’sin MFY hududidagi lalmikor "Bekboyev Hasan dalasi" fermer xo‘jaligida no‘xat qator orasiga ishlov berish hamda azotli mineral o‘g‘it bilan oziqlantirish borasida yangi texnologiyalar hamda bilimlarni soha mutaxassislaridan olishdi.

🪧 Shundan so’ng, seminar ishtirokchilariga lalmi sharoitda no’xat yetishtirish holati va hosildorlikni oshirish bo’yicha ilg’or texnologiyalarni qo’llash hamda xorij davlatlari tajribasi to’g’risida ma’lumotlar berilmoqda. Seminar qiziqarli, savol-javob tarzida o’tmoqda.

Aytish kerak, bu kabi seminarlar no’xat yetishtirishda hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🟢Ayni damda Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligi ekinlari navlarini sinash markazi Farg’ona viloyati Beshariq tumani nav sinash uchastkasida ko’rgazmali dala seminari bo’lib o’tmoqda.

“Qishloq xo’jaligi ekinlarining nav va duragaylari sinovini amalga oshirish hamda uning seleksiya va urug’chilik tizimidagi roli” mavzusida o’tkazilayotgan seminarda Qishloq xo’jaligi vazirligi mas’ullari, vazirlik tizim tashkilotlari rahbarlari, viloyat va tuman boshqarma boshliqlari hamda tuman urug’chilik fermer xo’jaligi rahbarlari — umumiy hisobda 181 nafar ishtirokchi qatnashmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🟢Ayni paytda poytaxtimizda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti - FAO tashabbusi bilan chegara hududlarida aholi farovonligini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan loyiha sarhisobiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtmoqda.

▶️Tadbirda taʼkidlanganidek, 2022-yilning iyun oyida boshlangan "Qirgʻiziston va Oʻzbekistonning chegaradosh hududlarida hamkorlik orqali umumiy farovonlik" loyihasi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Qirgʻizistondagi turdosh tashkilotlar hamkorligida amalga oshirildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Avval xabar berganimizdek, FAOning chegara hududlarida amalga oshirilgan loyiha sarhisobiga bagʻishlangan tadbir davom etmoqda.

Unda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegara hududlarida 700 nafardan ortiq kishini birlashtirgan 66 ta oʻz-oʻziga yordam guruhlari tashkil etilgani va ular tomonidan iqlimga mos qishloq xoʻjaligi uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqilgani hamda ikki davlatda aynan agrar sohada ayollar tadbirkorligi va hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan 60 ga yaqin tashabbuslar qoʻllab -quvvatlangani ushbu loyihaning eng katta yutuqlaridan biri sifatida eʼtirof etildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🟢Ayni daqiqalarda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi, mahsulot yetishtirishda zamonaviy, resurs tejamkor va intensiv texnologiyalarni qoʻllashning ilmiy asoslari va istiqbollari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtmoqda.

📌Maqsad sabzavot, poliz va kartoshkachilik sohalarida soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari, sohadagi mavjud muammolar va ularning ilmiy yechimlari boʻyicha takliflar hamda istiqboldagi rejalarni belgilash va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

🟢Ayni paytda sohada amalga oshrilayotgan ishlar natijadorligi bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan vazir Ibrohim Abdurahmonov Yozyovon tumanida joylashgan “Bahrombek” fermer xo‘jaligi dala maydoni bilan tanishdi.

➡️11 gektar maydonni egallagan mazkur hududda bug‘doyning “Davr” navi ekilgan bo‘lib, tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, keyingi 5 kun ichida g‘allani o‘rib olish ishlariga start beriladi va gektaridan 100 sentnergacha hosil olish ko‘zda tutilgan. Yig‘ib olingan hosil mahalliy va xorijiy bozorlarga qayta ishlash orqali un olish maqsadida yo‘naltiriladi.

📌Vazir, tadbirkor bilan bo‘lgan samimiy muloqotda, g‘alla yig‘ib olingandan keyingi jarayonda takroriy ekin ekish, tuproq unumdorligini oshirish hamda viloyat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM