QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20K photos
2.55K videos
6 files
8.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar belgilandi

Joriy yil 3-dekabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev raisligida qishoq xo‘jaligiga investitsiyalar jalb qilishni yanada kengaytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik huzuridagi tashkilotlar vakillari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasidan mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Unda, 2023-yil uchun belgilangan investitsiya ko‘rsatkichlari, erishilgan natijalar, loyihalarning ijrosi, yil yakunigacha kutilayotgan ko‘rsatkich va 2024-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlarining Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 2023-yil yanvar-noyabr oylarida amalga oshirilgan XMI va investitsiya loyihalari yuzasidan hisobotlari tinglandi.

Bosh vazir o‘rinbosari J.Xodjaev o‘z navbatida, sohaga yangi investitsiyalarni jalb etish hamda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlar algoritmini ko‘rsatib, xorijiy kreditlardan samarali foydalanish va investitsiya dasturidagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirsh bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
5-dekabr — Butunjahon tuproq kuni

Tuproq insoniyatga berilgan eng bebaho va qadrli neʼmatdir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarishning asosi tuproqqa bog‘liq. 

Dunyo bo‘yicha tuproqlar unumdorligini saqlash, ularni degradatsiya jaryonlaridan muhofaza qilish, uning resurslaridan barqaror foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida, 2002-yilda Xalqaro tuproqshunoslik jamiyati tomonidan “Butunjahon tuproq kuni”ni nishonlash tavsiya etildi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasi 2013-yil iyun oyida Butunjahon tuproq kunini bir ovozdan maʼqulladi va BMT Bosh Assambleyasining 68-Kongressida uni rasman qabul qilinishni so‘radi. 2013-yil dekabr oyida BMT Bosh Assambleyasi 2014-yil 5-dekabrni birinchi rasmiy Butunjahon tuproq kuni
sifatida belgilashni qo‘llab-quvvatladi.

****

Почва – это самый ценный и почитаемый дар, предоставленный человечеству. Основа производства сельского хозяйства и сельскохозяйственной продукции связана с именно почвой.

Для сохранения общемировой плодородности почв, их защиты от процессов деградации и рационального использования их ресурсов в 2002 году Международным обществом почвоведения было предложено отмечать «Всемирный день почвы». На июньской конференции 2013 года Продовольственная и сельскохозяйственная организация ООН (ФАО) единогласно одобрила Всемирный день почвы, и на 68-м собрании Генеральной Ассамблеи ООН было предложено официально его принять. В декабре 2013 года Генеральная Ассамблея ООН поддержала установление 5 декабря 2014 года в качестве первого официального Всемирного дня почвы.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda

Har yili 5-dekabrda tuproq salomatligi va tuproq resurslarini barqaror boshqarishning muhimligiga e’tiborni jalb qilish maqsadida Butunjahon tuproq kuni nishonlanadi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Frankfurt mehmonxonasida Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan “Tuproq degradatsiyasining oldini olishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilgan.

Respublika ilmiy-amaliy seminarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

U o‘z so‘zida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, tuproqlar muhofazasi, yerlar degradatsiyasi, sho‘rlanish, cho‘llanish kabi masalalar haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda tadbir ishtirokchilarini ushbu sana bilan samimiy qutladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, olimlar, tadqiqotchilar, milliy va xorijiy tuproqshunos mutaxassislar tuproq va suv resurslarini barqaror boshqarish, eroziya hamda tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashning zamonaviy usullari, neytral muvozanatni saqlash, yer degradatsiyasi, shuningdek, boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qilmoqdalar.

#tuproq_kuni #seminar

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yomg‘irlatib sug‘orish – tejamkorlik asosi

Mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish mexanizmlarini tubdan isloh qilish, ulardan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Mana shunday ishlardan biri "Xorazm Pilla Xolding" pillachilik klasteri tomonidan amalga oshirildi. Xususan, klaster tomonidan Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 4.7 gektar tutzorga tut ko'chatlarini hamda mavsumiy ekiladigan oraliq ekinlarni sug'orish maqsadida yomg'irlatib sug'orish inshooti o'rnatildi.

Loyiha qiymati har bir gektar uchun 25 million so'mni, umumiy qiymati esa, 117,5 million so'mni tashkil etib, mazkur loyiha korxonaning o'z mablag'lari evaziga amalga oshirilgan.

#yomgirlatib #sugorish #tejamkorlik

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM