QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
24.4K photos
2.72K videos
7 files
9.53K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Xalqaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Kuni kecha Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov Turkiya va Ozarbayjon Agro TV bosh direktori Dogan Basharan bilan uchrashdi.

📌 Uchrashuv davomida, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, tarmoqqa raqamlashtirish jarayonini joriy etish, tizimda natijadorlikni oshirish maqsadida agrar sohadagi hamkorlik O‘zbekiston va Turkiya uchun ustuvor yo‘nalish hisoblanishi, bu borada ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

🔗 Shuningdek, 2024-yil fevral oyida Toshkentda kamida 10 mamlakatdan biznes va qishloq xo‘jaligi korxonalari vakillari ishtirokida forum o‘tkazish, bunda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, shuningdek, klasterlar, fermerlar va qishloq xo‘jaligi ishbilarmonlarining qo‘llab-quvvatlovi masalalari muhokama qilindi,

Azimjon Nazarov o‘z navbatida, loyihalar taqdimoti bilan tanishar ekan, ulardagi agrotarmoq rivoji uchun naf keltirgani va yoki asoslantirilgan foydali jihatlarini soʻradi. Dogan Basharan bu jarayon uzluksiz tarzda boʻlishi, har bir taqdimot oʻz ichiga aniq hisob-kitoblarni olgani va manfaatli ekanini qayd etdi.

Qolaversa, Agro TV bosh direktori Dogan Basharan O‘zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasi rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlab, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining doimiy sherikchilik aloqalarini o‘rnatishdagi qo‘llab-quvvatloviga umid bildirdi hamda Agro TV tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik loyihalari uchun sarmoya kiritilishini biildirdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Urug‘lik don tayyorlash sexlari tomonidan 251 ming 600 tonna yoki 97,4 foiz urug‘lik don tayyorlangan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "O‘zagroinspeksiya" axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva ma’lum qildi.

Qishloq xo‘jaligi sohalaridagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya qilinishi va ijrosi yuzasidan Inspeksiya hodimlari tomonidan joriy yilda 61 289 ta monitoringlar o‘tkazilib, tashkilot va korxonalarga 51 mingta ogohnomalar kiritildi. 8 ming 596 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, 18 ming 890 ta tekshirishlar o‘tkazilgan bo‘lsa, shundan 1 ming 506 tasi tadirkorlik subyektarida Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida amalga oshirilgan.

Tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Inspeksiya vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 7 ming 541 ta holatda ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Shu bilan birga, 1 ming 961 ta taqdimnomalar tegishli tashkilot va idoralarga kiritilib, 471 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

#uruglik_don #ozagroinspeksiya #brifing

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BALIQ YETISHTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI O‘RGANILMOQDA

Joriy yilning 21-22-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAO doirasida “Barqaror baliqchilik uchun salohiyatni rivojlantirish va Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Turkiyada akvakulturani boshqarish – FISHCap” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda O‘zbekiston tomonidan “Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti” hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi xodimlari, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston dengiz mahsulotlari yetishtirish va rejalashtirish bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari, baliqchilik xo‘jaliklari, akvakultura tadqiqotchilari ishtirok etdi.

Ushbu xalqaro tadbirdan ko‘zlangan maqsad ishtirokchilar uchun suv havzalari akvakulturasi haqida amaliy tushunchalar berish, baliq yetishtirishning har xil turlarini ko‘rsatish (masalan hovuz, qafas, chuchuk suv, sho‘r suv va dengizlarda), baliqlarni sun’iy ko‘paytirish, ularning naslini (DNK) aniqlashdan iborat bo‘ldi.

Seminardan so‘ng “Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti” hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi xodimlari "O‘rta yer dengizi baliqchilik ilmiy ishlab chiqarish va o‘quv instituti" faoliyati bilan tanishishdi.

Qayd etilishicha, ushbu institutda 15 xil turdagi baliqlar yetishtiriladi. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bu yerda Yevropa laqqasi, osyotr, tilapiya, sazan hamda akvarium baliqlarini ko‘paytirish usullari bo‘yicha Turkiya tajribasi bilan tanishishdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sholining qurg'oqchilik va sho'rga chidamli 300 dan ortiq nav namunalari keltirildi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi G‘allachilik va dukkakli don ekinlari bo‘limi boshlig‘i Abdulla Mansurov boshchiligidagi delegatsiya 28-30-noyabr kunlari Filippin davlatidagi Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida xizmat safarida bo‘lishdi hamda institut direktori Ajay Kohli va olimlar bilan uchrashuv hamda muzokaralar o'tkazishdi.

Uchrashuv davomida ikki tomon Global iqlim o‘zgarishi, havo haroratining yildan-yilga isib borishi, suv zaxiralarining kamayib borishini hisobga olgan holda sholining yangi navlarini yaratish va ularga mos zamonaviy yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma hamkorlik tadqiqotlarni bajarish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Delegatsiya tomonidan Xalqaro sholichilik ilmiy-tadqiqot institutidan mahalliy sharoitlarga moslashtirish va tanlab olish maqsadida sholining qurg'oqchilikka va sho'rga chidamli 300 dan ortiq nav va namunalari olib kelindi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o'rtasida kadrlar malakasini oshirish, yangi, zamonaviy seleksiya usullarini o‘rganish va qator masalalar yuzasidan o‘zaro Anglashuv Memorandumi imzolandi.

#sholichilik #Filippin_tajribasi

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM