QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
24.4K photos
2.72K videos
7 files
9.53K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Agrar sohada ilm – fanni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markaz (AKIS)ga tashrif buyurdi.

Tashrif jarayonida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy markaz boshqaruvi apparati xodimlari va tizimdagi ilmiy tadqiqot institutlari rahbarlari bevosita va Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan agroxizmatlar markazlari rahbarlari onlayn ishtirok etdi.

🔗 Vazir tugayotgan 2023-yilda atigi 5 nafar talabani grant sohibi bo‘lgani juda past ko‘rsatgich deb baholadi. Endilikda vazirlik tizimidagi 20 ga yaqin ilmiy - tadqiqot institutlaridan 200 nafar yoshni chetda o‘qitish bo‘yicha “yo‘l haritasi” ishlab chiqishga doir topshiriq berdi.

Binobarin, markaz faoliyatini tubdan isloh qilish maqsadida, vazir Ibrohim Abdurahmonov tomonidan markazda tayinlovlar amalga oshirildi.

🗞 Shundan so‘ng vazir tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari va hududiy agroxizmatlar markazlari- “AKIS”larning moddiy texnik ba’zasini yaxshilash, kadrlar masalasi va bino-inshootlar rekonstruksiyasini oxiriga yetkazish ishlariga to‘xtalib o‘tdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Otajonov Shuxrat Ibrayimjonovich
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tegishli buyrug‘iga asosan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi (AKIS) Bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Shuxrat Otajonov fan doktori, professor maqomiga ega.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Bo‘riyev Zabardast Tojibayevich –
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tegishli buyrug‘iga asosan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi (AKIS) Bosh direktorining Ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi (jamoatchilik asosida) lavozimiga tayinlandi.

Zabardast Bo‘riyev fan doktori, professor maqomiga ega.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Mamaraximov Bunyod Ikromovich –
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tegishli buyrug‘iga asosan Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi direktori o'rinbosari (Ilmiy taqdiqotlar majmuasi rahbari) lavozimiga tayinlandi.

Bunyod Mamaraximov
fan doktori, professor maqomiga ega.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TUPROQ VA SUV – YERDAGI HAYOTNING ASOSI

Bugun poytaxtimizdagi Frankfurt mehmonxonasida 5-dekabr— Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan “Tuproq degradatsiyasining oldini olishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etildi.

Respublika ilmiy-amaliy seminarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, tuproqlar muhofazasi, yerlar degradatsiyasi, sho‘rlanish, cho‘llanish kabi masalalar haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda tadbir ishtirokchilarini ushbu sana bilan samimiy qutladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, olimlar, tadqiqotchilar, milliy va xorijiy tuproqshunos mutaxassislar tuproq va suv resurslarini barqaror boshqarish, eroziya hamda tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashning zamonaviy usullari, neytral muvozanatni saqlash, yer degradatsiyasi, shuningdek, boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qildilar.

Seminar davomida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan 5-dekabr- Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan tuproqshunoslikda ko‘p yillik samarali faoliyati davomida soha rivojiga qo‘shgan munosib xizmatlari uchun bir guruh soha xodimlari sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatiga bag‘ishlangan 2 ta videofilm namoyish etildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida o‘zbek va rus tillarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qishni istaganlar uchun qabul joriy yilning 22-dekabr kuniga qadar davom etadi!

🎓 Universitetning quyidagi yo‘nalishlarida o‘z bilim va ko‘nikmalaringizni yanada oshirishingiz mumkin:

➡️ Agroiqtisodiyot;
➡️ Agrologistika;
➡️ Oziq-ovqat xavfsizligi;
➡️ Aqlli qishloq xo‘jaligi.

🤔 Universitet o‘z bitiruvchi talabalariga nimalarni taklif qiladi?

➡️ Britaniya mashxur ta’lim tizimi;
➡️ Nufuzli davlat universiteti diplomi;
➡️ Qulay ta’lim grafiki;
➡️ Chuqurlashtirilgan ingliz tili darslari.

📌 RO‘YXATDAN O‘TING!

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahri Frankfurt mehmonxonasida 5-dekabr—Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan “Tuproq degradatsiyasining oldini olishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari dunyo olimlarini e’tiborini bir nuqtaga jamladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kartoshkachilik sohasi yangi bosqichga olib chiqilmoqda

Joriy yilning 4-5 dekabr kunlari qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, shuningdek, O‘zbekiston-Belarus biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

📌 Unda, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalariga qaratilgan bir qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nizomov Rustam Axrolovich hamda Belarus Milliy Fanlar Akademiyasi Meva-sabzavotchilik va kartoshkachilik ilmiy-amaliy markazi direktori Maxanko Vadim Leonidovich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🥔 Unda agrar sohada kartoshkaning yangi navini yetishtirish, kartoshka seleksiyasini tashkil etish, “in-vitro” usulida kartoshka urug‘chiligining yangi texnologiyalarini tadqiq qilish, xalqaro qo‘shma loyihalar doirasida tadqiqotlar o‘tkazish, soha xodimlari malakasi oshirish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

🤝 Shuningdek, uchrashuv so‘nggida ikki ilmiy muassasa o‘rtasida kartoshkachilik sohasini rivojlantirish va yangi navni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agroinspeksiya tizimi to‘liq raqamlashtiriladi

Davr taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining hayotimizdan chuqur o‘rin egallab borayotgani har bir sohada o‘z so‘zini aytmoqda. Jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida ham raqamlashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishni bugungi davrning o‘zi taqozo etmoqda.

Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida vazirlik huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining qishloq xo‘jaligiga integratsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ham ayni shu masalalar xususida so‘z bordi.

📌 Dastavval yig‘ilishda, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Abrol Vaxabov Inspeksiya tomonidan joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi yilda bajariliji rejalashtirilgan 5 ustuvor yo‘nalish doirasidagi taqdimoti bilan tanishtirib o‘tdi.

🖥 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Inspeksiyani integratsiyasidagi asosiy vositasi sohani raqamlashtirish ekani, bu borada aniq maqsadlarni o‘zida aks ettirgan dastur yoki yo‘l xarita ishlab chiqish zarurligini qayd etdi.

🔗 Yig‘ilish asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Fikrlar tinglandi. Inspeksiyaning sohadagi rolini oshirish yuzasidan bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM