QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.7K photos
2.63K videos
7 files
8.99K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
HAMKORLIKDA MEVA-SABZAVOTLARNI QAYTA ISHLASH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI

🇺🇿🤝🇦🇫 Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi delegatsiyasining yurtimizga tashrifi haqida xabar bergan edik.

Tashrif davomida Afg‘oniston delegatsiyasi Samarqandda bo‘lishdi. Ular dastlab, Samarqand viloyatidagi “Samarqand konserva” MChJ faoliyati bilan tanishishdi. Bu tadbirkorlik obyekti meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlovchi korxona hisoblanadi. Korxona Italiyaning “FIKO” va Shveysariyaning “Bucher” kompaniyalari texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, quvvati 2 mln tonna shartli bankada konserva ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Shuningdek mehmonlar korxonaning yog‘-moy ishlab chiqarish majmuasidagi ish jarayoni bilan ham tanishishdi.
Shundan so‘ng, delegatsiya vakillarining navbatdagi manzili Samarqand viloyatidagi “Agromir” MChJ qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va meva-sabzavotlarni qayta ishlaydigan korxona bo‘ldi.

Tanishuv jarayonida delegatsiya vakillari meva sharbatlari degustatsiyasida ham ishtirok etdi.

Delegatsiya vakillarida ushbu ishlab chiqarish korxonalari faoliyati katta qiziqish uyg‘otdi va kelgusida ushbu korxonalar bilan hamkorlikda ishlash va bu sohada tajriba almashish fikrini o‘rtaga tashlashdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Yaponiya kompaniyalarini yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha tenderlarda ishtirok etishga taklif qildi

🇺🇿🤝🇯🇵 Poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev hamda Yaponiyaning Rossiya va yangi mustaqil davlatlar bilan savdo bo‘yicha ROTOBO assotsiatsiyasi prezidenti Masami Iijima boshchiligida “davlat va biznes” formatida davra suhbati tashkil etildi. Mamlakatimizdagi vazirlik va idoralar hamda ROTOBO assotsiatsiyasiga a’zo yirik kompaniyalar rahbarlarini bir joyga jamlagan ushbu tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi nomidan vazir o‘rinbosarlari Alisher Shukurov va Qahramon Yuldashevlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida joriy qo‘shma loyihalar va O‘zbekiston-Yaponiya savdo-investitsiya hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinar ekan, mamlakatimizda tadbirkorlar va investorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida imtiyoz va preferensiyalar amal qilayotgani ta’kidlandi.

📌 Tadbir yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib oldilar. Ishtirokchilar mazkur tadbir O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikning yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirishga hamda o‘zaro hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

#yaponiya #istiqbolli_taklif

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Akademik E.T.Shayxov tavalludining 96 yilligiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Toshkent davlat agrar universitetida akademik Erkin Turdievich Shayxov tavalludining 96 yilligiga bag‘ishlangan “Ta’lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash” (Uch avlod uchrashuvi) mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

Mazkur anjumanda E.T.Shayxovning zamondoshlari, farzandlari, nabiralari, yaqinlari, Toshkent davlat agrar universitetining professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

Anjumanni Toshkent davlat agrar universitetining birinchi prorektori Soxib Islamov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Tadbirda soʻzga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshligʻi Akmal Shamsiyev va boshqalar oʻz soʻzlarida akademik Erkin Turdievich Shayxovni xotirlab, uning soha rivojiga qoʻshgan hissasiga toʻxtalib oʻtishdi.

Tadbir davomida akademik Erkin Turdievich Shayxov xotirasiga bag‘ishlangan videolavha taqdimoti boʻlib oʻtdi. Ushbu videolavha anjuman qatnashchilarida katka taassurot qoldirdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM