O‘zbekiston Yaponiya kompaniyalarini yangi istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha tenderlarda ishtirok etishga taklif qildi
🇺🇿 🤝🇯🇵 Poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev hamda Yaponiyaning Rossiya va yangi mustaqil davlatlar bilan savdo bo‘yicha ROTOBO assotsiatsiyasi prezidenti Masami Iijima boshchiligida “davlat va biznes” formatida davra suhbati tashkil etildi. Mamlakatimizdagi vazirlik va idoralar hamda ROTOBO assotsiatsiyasiga a’zo yirik kompaniyalar rahbarlarini bir joyga jamlagan ushbu tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi nomidan vazir o‘rinbosarlari Alisher Shukurov va Qahramon Yuldashevlar ishtirok etishdi.
✅ Davra suhbatida joriy qo‘shma loyihalar va O‘zbekiston-Yaponiya savdo-investitsiya hamkorligini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinar ekan, mamlakatimizda tadbirkorlar va investorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida imtiyoz va preferensiyalar amal qilayotgani ta’kidlandi.
📌 Tadbir yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib oldilar. Ishtirokchilar mazkur tadbir O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikning yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirishga hamda o‘zaro hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
#yaponiya #istiqbolli_taklif
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
📌 Tadbir yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib oldilar. Ishtirokchilar mazkur tadbir O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikning yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirishga hamda o‘zaro hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
#yaponiya #istiqbolli_taklif
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM