QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.7K photos
2.63K videos
7 files
8.99K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"O‘zbekiston 24" telekanali "Maxsus reportaj" dasturi orqali "Qishloq xo‘jaligida innovatsion loyihalar" mavzusida ko'rsatuv efirga uzatildi.

Unda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy - tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar hamda xalqaro hamkorlik borasida so'z yuritilgan.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook
📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Agrar diyor — o‘zgarishlar davri” ruknida biz qishloq xo‘jaligi sohasidagi so‘nggi tendensiyalar haqida so‘z yuritamiz. Dastur qahramonlari — bu agrobiznes xatarga ega ekanligi haqidagi da’voni muvaffaqiyatli inkor qilayotgan fermerlar, olimlar va biznesmenlardir.
____________

В рубрике "Агрокрай - время перемен" мы рассказываем о последних тенденциях в сфере сельского хозяйства. Герои программы - это фермеры, учёные, предприниматели. Люди, чья жизнь связана с работой на земле.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi yangi bosqichga qadam qo‘ymoqda

🇺🇿🤝🇦🇿O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari hamda qabul qilingan "Yo‘l xarita"si ijrosi bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Akmaljon Qosimov boshchiligida Ozarbayjonning bir qator yirik holding kompaniyalari — «Agrarko» (J.Kazimov), «Azerose» (B. Xerachiyev), “Azersun” (M. Gozel), "Agro Food Investments LLS" (V. Navruzov), “Azer Shakar” hamda Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rinbosari E.Zeynalov bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda anor, danaksiz uzum yetishtirish, funduk plantatsiyasini barpo qilish, gul (atirgul, lavanda va bosh.) yetishtirish va efir moyini ishlab chiqarish va olingan hosilni qayta ishlash loyihasini amalga oshirish, 2 ming tonna quritilgan mahsulotlarni (o‘rik, mayiz va boshqalar) import qilish masalasida kelishib olindi.

Shuningdek, Ozarbayjondan choy mahsulotini eksport qilish orqali O‘zbekistonda choyni birlamchi qayta ishlash, qadoqlash hamda choy yetishtirish bo‘yicha pilot loyihalarni amalga oshirish belgilandi.

🟥 Shu bilan birga, O‘zbekistonda lalmi maydonlarni tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari asosida o‘zlashtirish va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish masalasini o‘rganib chiqish muhokama qilindi.

🔗 Bundan tashqari ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy izlanishlarni olib borish, paxta urug‘chiligi ta’minoti va pillachilik yo‘nalishlarida O‘zbekiston tomonidan amaliy yordam ko‘rsatish masalalari kelishib olindi.

🟢 Uchrashuv so‘ngida 2024-yil mart oyida Ozarbayjon-O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi Ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish borasida kelishuvga erishildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
™️™️™️™️™️™️™️™️

Anorning foydali xususiyatlari borligini bilarmidingiz?


🌳Anorda ham koʻpchilik mevalardagi kabi koʻplab vitaminlar: C, K, B6, B9 hamda 15 ta aminokislota mavjud.

📌Kaliy, mis, fosfor, magniy, yod va temir kabi minerallarga boy anorning sharbatini 2 oy davomida ovqatdan 30 daqiqa oldin kuniga 3 mahal 0,5 stakandan ichish qon aylanishini yaxshilash bilan bir qatorda gemoglobinni oshirishga yordam beradi.

🍎Poʻstlogʻi qaynatib ichilsa, asab tizimini tinchlantiradi va uyquni yaxshilaydi, qon bosimini meʻyorida ushlab turadi, shuningdek, tomoq ogʻrig'ida ham anor po'stlog'ini qaynatib ichish og'riqni kamaytiradi va infeksiyalarni oʻldiradi.

🔗Qolaversa, anor urugʻlari organizmda gormonal muvozanatni tiklashga xizmat qiladi.

🟢🟢🟢

Вы знаете о полезных свойствах граната?

🌳Гранат содержит множество витаминов, таких как C, K, B6, B9, а также 15 аминокислот.

📌Пить гранатовый сок, обогащенный такими минералами, как калий, медь, фосфор, магний, йод и железом, за 30 минут до еды 3 раза в день в течение 2 месяцев помогает улучшить кровообращение, укрепить иммунную систему и повысить уровень гемоглобина.

🍎Если пить отвар граната, он успокаивает нервную систему, улучшает сон, снижает давление, и даже может помочь при болях в горле и уничтожить инфекции.

🔗Кроме того, семена граната способствуют гормональному балансу в организме.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston va Italiya: iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashuvchi agroittifoq tuziladi

🇺🇿🤝🇮🇹 O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi hamda Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari va iqtisodiy tahlili kengashi (CREA) ko‘magida qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga moslashtirishga qaratilgan seminar tashkil etildi.

🌩 Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligini strategik rivojlantirish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) vakillaridan iborat bir guruh ekspertlar ishtirok etdi.

🟥Unda mamlakatning qishloq xo‘jaligi siyosati haqida ma'lumot berilib, iqlim o‘zgarishining oqibatlari va ularga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar ijrosi muhokama qilindi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi ekinlarini tuproq va iqlim sharoitiga mos ravishda ekish, yerdan oqilona foydalanish amaliyotini joriy etish masalalari o‘rtaga tashlandi.

Seminarda italiyalik mutaxassislar qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarga ham qiziqish bildirdi.

Tadbir so‘ngida qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalari doirasida yaqin hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.

📌 Ma’lumot uchun, 5 ming 335 gektar maydonga ega CREAning 12 ta tadqiqot markazi mavjud bo‘lib, 2500 dan ortiq olimlar va 66 ta tajriba fermalari faoliyat olib boradi. Tashkilot ilmiy tajribalar o‘tkazish bilan bir qatorda, xalqaro va milliy miqyosda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Urug‘chilik sanoati rivojlantirishga qaratilgan muzokaralar davom etmoqda

🇺🇿🤝🇹🇷 Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug`chilikni rivojlantirish markazining bir guruh xodimlaridan iborat delegatsiya xalqaro forumda ishtirok etish uchun Turkiya Respublikasi Adana shahrida bo’lib turibdi.

Forum doirasida urug‘chilik sohasida 20 yillik tajribaga ega bo'lgan "Atlas Tuhum Ziraat LTD Sti" kompaniyasining boy tajribasi, ishlab chiqarish, marketing va raqamlashtirish tizimlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, urug‘lik chigit tayyorlash sexi va laboratoriyasiga tashrif buyurildi hamda kompaniya a’zolari bilan muzokaralar olib borildi

🟢🟢🟢🟢

Продолжаются обсуждения по развитию семеноводства

🇺🇿🤝🇹🇷 Делегация, состоящая из сотрудников Центра развития семеноводства при Министерстве сельского хозяйства, принимает участие в международном форуме в городе Адана, Республика Турция.

В рамках форума обсуждается опыт "Atlas Tuhum Ziraat LTD Sti" - компании с 20-летним опытом в области семеноводства, включая производство, маркетинг и цифровые системы.

Также проведены визиты в цех и лабораторию по производству семян, где были проведены переговоры с представителями компании.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil to‘lov” platformasi joriy qilinadi

“Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–199-son, 23.11.2023-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda:

Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Bunda aholi tashabbusi bilan “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda qiymati 250 mln so‘mdan oshmagan tashabbus bildiriladi.

“Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkaziladi.

Farmonga muvofiq, avtomobil, temir yo‘l, daryo va kanallar yoqalari, davlat organlari va tashkilotlari yer uchastkalarining foydalanilmayotgan qismida (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) “yashil bog‘lar” ushbu yerlarning egalari, foydalanuvchilari hamda tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasida 10 yilgacha tegishli shartlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan ikki tomonlama shartnoma asosida barpo etiladi.

Yer uchastkalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “yashil bog‘” barpo etish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM