QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
24.4K photos
2.72K videos
7 files
9.54K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish borasida takliflar eshitildi

Qishloq xo'jaligi vaziri o'rinbosari Alisher Shukurov Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat direksiyasi rahbari Frauke Jungbluth bilan uchrashdi.

O'zaro suhbat davomida dunyo miqyosida global masalaga aylangan oziq-ovqat xavfsizligi, bu borada O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sifatini oshirish borasida fikrlar almashildi. Shuningdek, ushbu yo'nalishdagi ishlarni jadallashtirish uchun sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, agrar soha subyektlarini iqtisodiy jihatdan qo'llab-quvvatlash yuzasidan ham takliflar o'rtaga tashlandi.

Uchrashuvda Jahon bankining qishloq xo‘jaligi sohasiga mamlakat darajasidagi strategik ishtiroki, agrar sektor strategiyasini amalga oshirish, Jahon bankining joriy yildagi dasturlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qishloq xo'jaligidagi istiqbolli yo'nalishlarini rivojlantirish borasida kelgusida qilinadigan ishlar yuzasida fikr almashdi.

#uchrashuv #global_mavzu

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM