QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20K photos
2.55K videos
6 files
8.51K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
CHO‘L HUDUDLARIGA ISHLOV BERISHDA ISROIL TAJRIBASI QO‘LLANILADI
🇺🇿🤝🇮🇱
Rim konferensiyasi doirasidagi uchrashuvlar, muzokaralar davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va Isroil Qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlari vaziri Avi Dixter o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Isroil qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlanishi bo‘yicha dunyoda yetakchi davlatlar safida. Shuni alohida taʼkidlash joizki, mamlakat ekinlarni iqlim sharoitiga moslashtirish, qurg‘oqchilikka yuz tutgan yerlarga ishlov berish, suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha namunaviy tajribaga ega.

Maʼlumki, Orolqum — dunyodagi eng yosh sahro bo‘lib, uning taʼsiri kelajak ekotizimiga ham tahdid soladi. Mana shu taʼsirlarni yumshatish va u yerdagi ekotizmni saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri isroillik mutaxassislarni Orolbo‘yiga taklif qildi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #delegatsiya #konferensiya #iqlim #suv_resurslari #ekotizim #Ozbekiston #Isroil

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO'JALIGIDA ISROIL TAJRIBASINI O‘RGANISH: HAMKORLIKGA YO‘L

💧Xalqaro qishloq xo’jaligi universitetida Jeykob Blausteyn nomidagi Isroil Cho‘l ilmiy-tadqiqot instituti direktori hamda Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Jeykob Blausteyn nomidagi Isroil Cho‘l ilmiy-tadqiqot instituti direktori Noam Vaysbrod va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ikki oliy ta'lim muassasasi o‘rtasidagi potensial hamkorlik uchun asos yaratildi.

Isroil Cho‘l ilmiy-tadqiqot instituti Isroildagi Negev cho‘lining qoq markazida joylashgan. Cho‘l bo'lishiga qaramay, Isroil innovatsion usullar va mohir yechimlar orqali gullab-yashnayotgan qishloq xo‘jaligi sektorini yaratishga muvaffaq bo'lgan. Isroilning suvni qayta ishlash va oqova suvlarni tozalash bo'yicha tajribasi maishiy oqova suvlarning deyarli 70 foizini qishloq xo‘jaligi maqsadlarida qayta ishlatish imkonini berdi.

#xalqaro_hamkorlik #IAU #ilmiy_tadqiqot_instituti #uchrashuv #innovatsiya #suvni_tejash #oqova_suv #qayta_ishlash #biotexnologiya #quyosh_energiyasi #ekotizim

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Yashil energetikaning qishloq xo'jaligi va ekologiyaga ta'siri

Bugun mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi sohasida yashil energiyadan intensiv usulda bog‘lar barpo etish va meva-sabzavot yetishtirish ommalashmoqda. Sababi, bunday usulda mahsulot yetishtirish tejamkor va samarali.

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan unumli foydalanish, tomchilatib sug‘orish va boshqa suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, intensiv bog‘lar barpo qilish, “Ijtimoiy issiqxonalar” joriy qilish orqali aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Ekotizimni boshqarishga asoslanuvchi organik qishloq xo‘jaligi tizimi esa aynan shu muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Bunda agrar tarmoqdagi jarayonlarning ekologiya va inson salomatligiga ta’siri hisobga olinadi.

📝Xususan, zararli pestitsidlar, sintetik o‘g‘itlar, veterinar dori vositalari, genetik modifikatsiyalangan urug‘lar, konservantlarning o‘rniga tuproq unumdorligini saqlaydigan va oshiradigan, zararkunandalar va kasalliklar ko‘payishining oldini olish bugun agrar sohadagi ilg‘or vazifalardan biri hisoblanadi.

#yashil_energetika #ekotizim #organik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM